Mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad


II BOB. BOBUR GA`ZALLARIDA RADIF VA HOJIB


Download 110.43 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi110.43 Kb.
#1587018
1   2   3   4

II BOB. BOBUR GA`ZALLARIDA RADIF VA HOJIB




GʻAZALLAR


«Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim…»
Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ordim, Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayoqingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim. Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol, Men archi dahr bog‘idin xazon yaprog‘idek bordim. Xazondek qon yoshim, sorig‘ yuzumdin el tanaffurda, Bahar rangi, bihamdillah, ulusdin o‘zni qutqordim. Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi, Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.
«Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azali Bobur she’riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyat-da go‘zal va ta’sirchan shaklda namoyon bo‘lgan. She’rda tanosub san’ati ning juda go‘zal va yorqin namunasi mujassamlashgan.Dastlabki baytda kuz manzarasining o‘ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog‘i kuzning o‘ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she’riyatimizda shodlik, visol ko‘pincha bahor bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Shunga ko‘ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog‘lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg‘ardim» deydi. Uning sarg‘ayishi xazon yaprog‘iga o‘xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg‘u bilan ko‘rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog‘liq manzaralar. Yorning ko‘rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U – gul yuz. Yorning mana shunday holatoni yana bir marta alohida ta’kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi.
Bu yerda asosiy urg‘u yorni tavsiflashga emas, balki oshiqning o‘z ruhiyatini ifodalashga qaratilgani uchun ham lirik qahramon o‘z tashqi qiyofasiga e’tiborni tortadi – o‘z «chehrayi zardi – sarig‘ yuzi»ni eslatadi. Bu e’tibor maxsus murojaat orqali (ko‘rub rahm aylagil) yana-da kuchaytiriladi. E’tibor berilsa, bu yerdagi ruhiy holat ifodasida sariq rang bilan bog‘liq tasvirlarning yetakchilik qilayotganini sezish mumkin. Xazon sarg‘ardim – chehrayi zardim silsilasi shu vazifani bajaradi. Ularga zid tarzda esa «gul yuz» hamda lolarux ifodalari tanlangan. Umumiy tarzda birinchi baytni o‘z yoridan ayrilgan lirik qahramonning hijron azoblaridan shikoyati hamda bunga yor e’tiborini qaratishga urinish tarzida baholash mumkin.
Dastlabki misrada gul yorning yuziga tavsif tarzida keltirilgan edi. Keyingi misrada u to‘g‘ridan to‘g‘ri yorning o‘zini ifodalaydi. Yor (gul) sarvga o‘xshaydi. Bu yerda yorning tik va baland qomati e’tiborga olingan. Odatda, mumtoz adabiyotimizda yorning yosh, tik va go‘zal qomati sarvga nisbat beriladi. Biroq ulardan farqli tarzda shoir sarvning «sarkash»ligiga, ya’ni uning itoatsizligi, o‘jarligiga urg‘u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritmoqda.Bu bejiz emas. Lirik qahramon «xazon yaprog‘i»ni yana bir marta eslatyapti. Endi u «bargi xazon» ko‘rinishida kel-moqda. Birinchi baytda xazonning rangi alohida e’tiborda edi. Bu baytda uning harakati, shitirlashi (ehtimolki, «shi-virlashi»), daraxtning tepasidagi emas, balki pastga, yerga tushgan holati nazarda tutilgan. Shoir xazonning shitirlashi (shivirlashi) va oshiqning yolvorishida ichki bir uyg‘unlikni ko‘radi.
Xazon yaprog‘i uchinchi baytda ham yana bir marta ishlatiladi. Xazon yaprog‘ini bog‘da shamol uchirib tashqariga olib ketadi. Shoirning nazarida umr bog‘ga o‘xshaydi (dahr bog‘i). Xazonning daraxt va bog‘lardan uzilib chetga chiqishi bilan insonning olam uyidan (dahr bog‘idan) ketishi o‘rtasida ham yaqinlik bor. Bu yerda ma’shuqaga bildirilayotgan tilak ham e’tiborli. Har qanday holda ham u go‘zal va xushnud bo‘lishi kerak («Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol»).Navbatdagi baytda oldingi mantiqiy izchillik yana davom etadi. Oshiq yana o‘z uzvlarini xazonga o‘xshatishdan charchamaydi. Endi unga qon yoshim va sorig‘ yuzim ifodalari qo‘shiladi.Siz kuz paytidagi daraxt barglarini, ayniqsa, yerda yotgan xazonlarni ko‘rganmisiz? Ulardagi sariq va qizil ranglar jilvasiga e’tibor berganmisiz? Bobur ayni mana shu holatlarni nazarda tutgan holda ko‘z yoshini ham, o‘z yuzini ham xazonga o‘xshatmoqda.
Endi «elning nafrati»ga e’tibor beraylik. Nega shunaqa? El nimadan norozi? Bu yerda kuz manzarasi fonidagi qahramon holatiga e’tibor berish joiz ko‘rinadi. Yuqoridagiday holat egasining go‘zal ko‘rinmasligi tabiiy hol. «Tanasi boshqa dard bilmas» deganlaridek, bunday ruhiy holatdan begona ko‘ngilning insonni tushunmasligi ham tushunarli holatdir. Keyingi baytdagi mazmunda mana shunday «ko‘ngilni tushunmaydigan ulusdan o‘zni qutqarish» ohangi mujassam bo‘lsa ne ajab?! Baytlarning navbatdagisida xazon, barg tushunchalari kitob sahifasi – varaq shaklida tilga olingan. Lirik qahramon o‘z taqdiridan (ne toledur manga) hayron. Uning baxt yulduzi (axtari baxtim) topilmaydi. Vaholanki, u umri davomida shuni (falak avrog‘ini)gina izlab kelmoqda, daftarning har bir varag‘ini (bu umrning har bir lahzalariga tegishli) astoydil va muntazam (har nechakim) qidirmoqda.

Download 110.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling