Mundarija kirish I bob. Zahiriddin muhammad


Download 110.43 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi110.43 Kb.
#1587018
1   2   3   4

«Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim…»Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim. Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim, Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim. Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay, Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim. Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul, Nechaki borib eshigiga bor topmadim.Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men Istab jahonni muncha qilib yor topmadim G‘azalning dastlabki bayti – matla’sida oshiq ko‘ngilning dil iztiroblari aks etgan. Unda jon va ko‘ngil timsollari orqali inson ruhiyatidagi nozik tebranishlar o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Baytning har ikki misrasida bir-biriga uyg‘un bo‘lgan hodisalar tilga olingan. Oshiq vafodor yorni izlaydi, istaydi, biroq bu harakatlar samarasiz. Ko‘ngil eng aziz, eng muqaddas sirlar bilan o‘rtoqlasha oladigan mahramni, do‘stni izlaydi, unga talpinadi, biroq uni topa olmaydi. E’tibor berilsa, bu yerdagi gaplarning sintaktik tuzilishida ham o‘xshashliklar bor:to‘ldiruvchi aniqlovchi to‘ldiruvchi kesim Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim, to‘ldiruvchianiqlovchito‘ldiruvchikesimKoʻnglimdino‘zgamahrami.Gap bo‘laklarining bunday holdagi bir xil takrori ritmda o‘ziga xos mayin va bosiq bir to‘lqinni yuzaga keltirgan. Dastlab chiqish kelishigidagi ot, so‘ng o‘zlik olmoshi, undan keyini izofali birikma, nihoyat fe’lning har ikki misrada bir xil tartibda kelishining o‘zi ham ohangdorlikni, musiqiylikni, oxir-oqibat ko‘ngillarga huzur beradigan ta’sirchanlikni hosil qilmoqda.Adabiyotshunoslikda bu hodisa ritmik-sintaktik parallelizm nomi bilan yuritiladi.Jon va ko‘ngil bilan bog‘liq tavsif keyingi baytda ham davom etadi. Endi jon «dilafgor», ko‘ngil esa «giriftor» dilzida tasvirlanadi. «Dilafgor»ning ma’nosi «dili xasta, dili vayron, dili haddan tashqari musibat chekkan» demakdir. «Giriftor» esa biror narsaga duch kelgan, yo‘liqqan, asir-u mubtalo bo‘lgan, band bo‘lgan ma’nosiga ega. Demak, oshiqning joni kabi qiynalgan, azob chekkan o‘zga jon yo‘q, aniqrog‘i, oshiq ayni shunday jon (egasi)ni ko‘rmagan. Oshiqning ko‘ngli ham bu borada yagona, boshqa birorta ko‘ngil uniki kabi giriftor emas.


Oshiq uchun ma’shuqaning borlig‘i to‘laligicha sehrli va jozibador. Bu o‘rinda ma’shuqaning ko‘zlari tavsif manbayi bo‘lgan. Ko‘zning sifati «usruk». Uning ma’nosi «mast»dir. So‘zning ko‘chma ma’noda ekanligi aniq. Ko‘zning mastligi uning go‘zalligiga ishora. Bu ko‘zning harakatlariga, harakatchanligiga berilgan shoirona baho, xolos. Tabiiyki, bunday go‘zal ko‘zga ko‘ngil mubtalo bo‘ladi.Keyingi baytda «bu telbani» ifodasi bor. Bir qarashda u so‘zlovchi – lirik qahramonni nazarda tutayotganday bo‘ladi. Matnda shu ma’no ham bor. Ayni chog‘da bu ifodaning «ko‘ngil» bilan ham aloqadorligini sezish qiyin emas. Mast ko‘zga mubtalo bo‘lgan ko‘ngilning telba bo‘lishi mantiqan to‘g‘ridir. Shunga ko‘ra, «hushyor topmadim» ifodasi ham ikki ma’noda tovlanadi. Uning bir ma’nosi lirik qahramonning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa bir ma’nosi oʻz bilan chambarchas aloqadordir.
Oshiq ma’shuqadan ayrilib yashashni o‘z odatiga aylantirgan («xo‘y etmisham»), biroq bu odat ixtiyoriy emas, balki majburiydir, buning uchun ixtiyor oshiqning o‘zida emas. Ayni shu fikrni tasdiqlash uchun misrada ikkita so‘z xizmat qilyapti. Ulardan biri misra boshida («nochor»), ikkinchisi misra oxirida («netay») turibdi. Ammo oshiqning o‘zi tomonidan ixtiyoriy tarzda tanlangan bir harakati ham mavjud. Bu oshiqning o‘z ko‘ngil qo‘yganiga o‘zini nomunosib deb bilishidir («o‘zumni sazovor topmadim»). Mumtoz adabiyotimizdagi oshiq uchun xos bo‘lgan kamtarlik va kamsuqumlik bu yerda ham to‘laligicha namoyon bo‘lgan. Ammo u boshqalarni takrorlamagan holda, yangicha ohor bilan ko‘rsatib berilgan.Navbatdagi baytda so‘z o‘yinlari yanada kuchliroq va avjliroq darajada qo‘llangan. Bu yerda «bor» so‘zining ma’no tovlanishlari kishining zavqini uyg‘otadi.
Dastlabki «bore» «yana bir marta» ma’nosini anglatadi. Uning yonidagi «boray»ni izohlash shart emas, u harakat ma’nosini bildirib kelmoqda.Keyingi misradagi «borib» ham ravishdosh shaklidagi fe’ldir. Shu misradagi «bor»ning ma’nosi esa bitta emas. Dastlab uning «bor, mavjud» ma’nosi xotirga keladi. Shunday bayt ma’nosi «eshigiga borib uning bor-yo‘qligini, uyda mavjud yoki mavjud emasligini bilmadim» tarzida izohlanadi.Birinchi misradagi ma’no ham bu yerda takrorlanmoqda. Unga ko‘ra, «eshigiga borib yana bir bor (marta) topmadim» mazmuni oydinlashadi. «Bor»ning «yuk» ma’nosi ham bor. Unda bu so‘z ko‘chma ma’noda «natija» mazmunini anglatadi. Nihoyat, mazkur so‘zning «ruxsat», «ijozat» ma’nosiga ham egaligini eslash joiz. Shunda keyingi misrani «eshigiga necha marta borgan bo‘lsam ham, (kirish uchun) ijozat ololmadim» tarzida izohlash o‘rinlidir.
Oxirgi bayt – maqta butun g‘azal uchun yakun va xulosa vazifasini ado etmoqda. Lirik qahramon o‘zini yolg‘iz va yakka sezadi. Bu holatga ko‘nikish zarurligiga o‘zo‘zicha undov ham mavjud. Bu undovni asoslash uchun dalil ham bor: lirik qahramon butun jahonni izlab ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘ziga munosib yorni topgani yo‘q.Bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko‘ringan bu g‘azal mazmuniga teranroq nazar tashlanadigan bo‘lsa, uning mag‘iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish qiyin kechmaydi. Oshiqning o‘z yoridan shikoyati bahonasida lirik qahramonning o‘z zamoni va zamondoshlariga bo‘lgan munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg‘onadi. Bu she’rning tabiati, she’r tabiatidan shoirona foydalana olishning samarasidir.

Qofiyadan keyin takrorlanadigan so‘z yoki so‘zlar birligi radif deyiladi.


Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
Bayti bilan boshlanuvchi she’rida «jononimni», «davronimni» kabi so‘zlar qofiyadosh bo‘lsa(mutlaq qofiya), ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» radifdir.
Radif bir necha so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin. Uvaysiyning:

Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi,


Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi, - baytida «afg‘on», «so‘zon» qofiyasidan (muqayyad qofiya) keyingi uch sòz radif hisoblanadi.
Radif (arab. — ketma-ket keluvchi) — Sharq xalqlari, shu jumladan, oʻzbek sheʼriyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, ibora.Radif bir soʻz (qisqa radif) yoki bir necha soʻz (yoyiq radif.)dan iborat boʻlishi mumkin. Bir soʻzli radif koʻproq uchraydi. Sheʼr texnikasi taqozosiga koʻra, radif takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. Gʻazalda radif matlaʼdan maqtaʼgacha qofiyadosh suzlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Baʼzan radif qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi.Radif qofiya bilan boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uygʻunligini taʼminlashga xizmat qiladi, sheʼrga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. Sheʼrning tarjimasida ham radif saqlanib qoladi.

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,


Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,


Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,


Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,


Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,


Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men


Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

Yuqoridagi ģazal Bobur qalamiga mansub bòlib,ushbu ģazalda "topmadim"sòzi radif hisoblanadi.


Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,


Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli,


Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,


Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning,


Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.
Ushbu Boburning ģazalida qaro,balo,mango,dilkusho sòzlari qofiya bòlsa,unga boģlanib kelgan soching sòzi radif hisoblanadi.

XULOSA


Mamlakatimiz istiqlolni qo‘lga kiritgan dastlabki davrdanoq milliy ma’naviyatimiz, milliy o‘zligimizni anglashga keng imkoniyat ochildi. Biz endi o‘tmish tariximizni xolis o‘rganish ota-boblarimizning ulug‘ ishlaridan fahrlanish hissini tuyushni zaruriy vazifamiz etib belgiladik. Adabiy va tarixiy asarlarimizni chukurroq va xolis o‘rganishga kirishdik.
Tarix zarvaraqlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, bir asrda insoniyat solnomasida alohida iz qoldirgan, keyingi avlodlarga o‘zining jamiyatdagi mavqei, yaratgan ilmiy, badiiy merosi bilan ibrat namunasi bo‘la oladigan shaxslar yashab o‘tganini anglaymiz. XV-XVI asr o‘zbek xalqi, adabiyoti, ma’naviyati tarixida Zahiriddin Muhammad Boburni ana shunday shaxs silsilasiga kiritish mumkin.
Bobur va boburiylar bunyod etgan bog‘laru me’moriy obidalar Afg‘oniston va Hindiston qiyofasidagi nurli nuqtalardir. Xuddi shunday gapni ular qoldirgan ma’naviy xazina haqida ham aytish mumkin.
Zahiriddin Bobur umrining o‘zi avlodlarga ibrat namunasidir. U 47 yil yashagan bo‘lsa ham barakali ijod etib, o‘zgalarning yuz yil yashab ham ulgurmaydigan ishlarini ado etdi. Bobur o‘z davrining tarixchisi, etnografi, o‘lkashunosi, biolog, geograf, dinshunos olimi sifatida, shariat ahkomlarini mukammal bilgan va bu borada risola yozgan, arab alifbosining murakkab, o‘rganilishi og‘ir bo‘lganligi bois yangi “Xatti Boburiy” alifbosini yaratgan, davlatchilikda vaqt me’yorlarini qayta ishlab chiqqan, pochta tizimiga qulay tarzda tartib bergan va yana qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshirgan, borgan yerida obodonchilik, bog‘-rog‘ barpo etgan, Movarounnahr tamaddunini Sharqda tarqatgan buyuk shaxsdir.
Bobur nafakat uzbek adabiyotining balki jaxon adabiyotining ulug nomoyandalaridan biridir. U ulmas asarlari bilan juda kup xalklarga manzur bulib, ularning mumtoz san’atkorlari katoridan urin oldi va badiiy adabiyot tarakkiyotiga samarali ta’sir etdi.
Bobur merosining jaxon adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin egallashi, asarlarining bu bu qadar muvaffaqiyat qozonishi,avvalo asarlarining ahamiyatli va afzalliklariga ega, mukammal va qulay, sodda «til» da yaratilganligi bulsa,yana bir jixati Boburning xarakter xususiyatlarida insoniy fazilatlarning mujassamlmgi, uning sevishga, xurmat kilishga munosib betakror sifatlaridir.
Bobur xarakteriga xos hususiyatlarni tarixchi olim Tarixi Rashidiy» asarining muallifi Mirzo Muxammad Xaydar, Boburni: «son-sanoqsiz yaxshi fazilatlarga ega edi, dovyuraklik va valomatlikda hammaning orasida
ajralib turardi», -deb tasvirlagan. Darhaqiqat, Bobur ijodini mutolaa qilgan kishi Boburning mardligi, ishonuvchanligi, keng qalbli, beg‘ubor tabiatli, samimiy xislatlarga boy, Nuru ta’biri bilan aytganda, «dilbar shaxs...» ligining guvohi bo‘ladi.
Vatan sog‘inchi, yurt tuprog‘ini sog‘inib, hijron, dard tuyib yashagani va butun xayoti davomida bu og‘ir «dard» yukini kutarib yashash kismatini aylanganini xis qilish qiyin emas. Shuningdek, tarixning qo‘xna qatlamlariga sigib ketgan manbalar, xozirda tukilib, yuk xolga kelgan tarixiy obidalarning o‘rni yoki qadimiy nomlari, qiyofalarini bugun
«Boburnoma» orqali ko‘z oldimizga qayta tiklay olamiz.
Zahiriddin Muhammad Bobur merosi, insoniy oliyjanobligi, tarixiy-ma’rifiy, shu bilan birga, juda katta ijtimoiy-tarbiyaviy va estetik ahamiyati bilan kadrlidir. Komillik belgisi bo‘lgan- insonparvarlik, xalqlar do‘stligi, osoyishtalik va birodarlik uchun kurash g‘oyalarini xormay-tolmay kuylagan Bobur, mustaqil Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qushadigan, qushayotgan barkamol yoshlarimizni tarbiyalashda, tinchlik, demokratik jamiyat qurish uchun kurashayotgan,bir so‘z bilan aytganda, salohiyatli, qobiliyatli xalqimiz farzandlari o‘tmish merosiz hamda o‘z tariximizni o‘rganishda dasturul amal vazifasini o‘tashi ajab emas.

Download 110.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling