Mavzu. Quvur va neft haydovchi stansiyaning birgalikdagi ishi


Download 0.63 Mb.
Sana02.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1320906
Bog'liq
14-Mavzu.Quvur va neft haydovchi stansiyaning birgalikdagi ishi.





  1. Mavzu.Quvur va neft haydovchi stansiyaning birgalikdagi ishi.

Bu texnologik quvur uzatma tizimi yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: rezervuarga neftni qabul qilish va navbatdagi stansiyasiga kerakli bosimda yetkazib berish; magistral neft uzatmasidan qabul qilib olish va uni stansiyani to'xtatniasdan kirishga qo'yish; avtomatik holda navbatdagi oraliq stansiyasiga uzatish; kutilmaganda qayta uzatish, bosim ko'tarilib ketganda neftli tizimdan rezervuarga to'kish. ichki parklarga qayta uzatish, yuvuvchi boshchalar orqali parafin va rezervuarlarni tozalash uchun neftni uzatish kabi jaravonlar amalga oshiriladi. Asosiy magistral nasoslar bosh yoki oraliq stansiyalarining rezervuarlariga o'rnatilishi bilan birgalikda sinxron to'sinli nasoslar ham ishlatishga qo'shiladi, y a’ni nasosga kirishda to ‘sin paydo qilishga m o'ljallangan, neft va neft mahsulotlari bug'larining elastik ta ’sirini salbiy holatlarini oldini oladi. Nasoslar alohida binolarga joylashtiriladi va to ‘sin bilan ajratiladi. 5.2-rasmda oraliq stansiyasining texnologik sxemasi tasvirlangan bo'ladi va magistral neft uzatmaning diametri 1220 mm. Bu stansivaning tarkibiga ham bosh stansiya kabi bir nechta qismlar kiradi.

Oraliq nasos stansiyasining texnologik sxemasi:
1-RVS rezervuari; 2-botma nasosli yig‘ma rezervuarlar; 3-nasos stansiyasining binosi; 4-nasos agregatining to‘sini; 5-asosiy nasos agregatlari; 6-boshqaruv bloki xonasi; 7-bloklarni ishga qo‘shish va ishdan to‘xtatish maydonchasi; 8-loyqalarni tutuvchi filtrlar maydonchasi; 9-1220 mm.li bosh magistral neft uzatma.
Neftni qayta uzatuvchi nasos stansivalari asosiy hamda yordamchi jihozlar bilan ta’minlanadi. Asosiy jihozlarga nasos stansiyasi mansub boMib (nasoslar va dvigatellar komplekti), neft va neft mahsulotlarini magistral quvur uzatmaga uzatishni amalga oshiradi, yordamchi jihozlarga-asosiy agregatlarga xizmat ko‘rsatiladi. Masalan: suv va yoqilg‘i nasoslari, kompressorlar va boshqa havo bilan ta’minlash qurilmalari, tizimni moylash uchun xizmat qiluvchi yog‘ ta ’minlovchi qurilma, shamollatgichlar, ta’minlovchi baklar, issiqlik almashtirgichlar va boshqalar kiradi (5.2-rasm). Nasosning asosiy turi markazdan qochma nasos bo‘lib, napori 200 metrdan yuqori, uzatish imkoniyati 10000 - 12000 m3/soat. Hisobi vaamaliyotda qo‘llanilishi shuni ko'rsatadiki, hamma vaqt ikkita yoki uchta nasoslarni biriktirib ishlatish maqsadli va iqtisodiy samara!idir. Shuning uchun magistral nasoslar ikkita yoki uchta nasoslar ketma-ket ulanib guruhli ishlatish har bir nasosni uzatish va elektr dvigatelni minimal quvvati saqlangan holda 400 - 600metr bosimni ta’minlaydigan qilib o'rnatiladi. Nasoslarni soni hisobiy bosim, nasos tavsifi va uzatish rejimidan kelib chiqib tanlanadi. Zamonaviy markazdan qochma nasoslarga quyidagi talablar qo'yiladi: tugunlarida to'liq germetiklikni ta’minlash, ishonchli va doimiy ishlaganda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinishi, oraliq masofadan ishdan to‘xtatuvchi boshqaruv qurilmasi. avariyadan avtomatik himoya qilinishi va yuqori FIK da ishlatilishini kafolatlanganligi

Magistral quvur uzatmalarida «nasosdan nasosga» haydashda markazdan qochma nasoslarning o‘rnini almashtirib bo’lmaydi, qaysiki nasos ishchi g‘ildiragini qirqib mos keladigan napor boshqarish mumkin. Nasos stansiyalarni soni to‘liq qurilmagan bo‘lsa, neft uzatmalarni ishlatishda markazdan qochma nasoslarni ishchi g‘ildiraklari almashtirilib foydalaniladi, past miqdorli uzatmada yuqori FTK ni ta'niinlash mumkin. Magistral nasoslar zavoddan elektr dvigatel, poydevor ramasi, yordamchi quvur uzatmalari, avtomatik asboblar va boshqalar bilan jamlanadi.

To'sin nasoslari sifatida (magistral nasoslarga kirishda napor kerak) markazdan qochma NDvN va NDsN nasoslar qoMlaniladi .
Markazdan qochma magistral uzatmalar uchun sinxronli elektr dvigateli (SED) va asinxron (ATD) turidagi dvigatellar qo’llaniladi. Sinxron elektr dvigatelli konstruksiyasi bo‘yicha portlashga xavfli hisoblanadi, shuning uchun u nasosdan alohida xonaga o ‘rnatiladi. Asosiy agregatlar sifatida markazdan qochma N M -1 0000-21 nasos STD -sinxron elektr dvigatelli 6300kvt.li ochiq turdagi alohida xonaga o‘rnatiladigan nasoslar qo’llaniladi.
Bosimli uzatma tizimi bitta, ikkita va uchta ketma-ket ulangan nasoslar quvur uzatma tizimini ta’minlaydi. Bosimli quvur uzatmadan eltuvchi quvurga neftni oqib o ‘tishini chetlashtirish uchun biriktiruvchi tugunlarga 4 ta teskari klapanlar o’rnatilgan bo’ladi, boshqa nasoslarning ishini ta’minlaydi, har qanday nasosni qo‘shish va ajratish hamda nasosni uzatishini pog‘onali (bosqichli) boshqarish mumkin. Quvur uzatmaning to ‘g ‘ri uchastkasida teskari klapandan keyin uzatmani o’lchash uchun sarf o’lchagichlar o ‘rnatiladi. Nasos binosiga bosh mashina xonasidan tashqari (nasos va motor bosimi) yordamchi xonalar, moylovchi va sovutuvchi asosiy agregatlar, shamollatgichlar va nazorat xonasi joylashtiriladi.


182



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling