Mavzu: Quvurlarda suyuqliklarning harakati
Download 1.97 Mb.
|
Jalol
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat !
212-21 guruh talabasi Saidxonov Jaloliddinning suv va energiya resurslari muhiti fanidan tayyorlagan slaydiMavzu:Quvurlarda suyuqliklarning harakati reja 1. Suyuqliklarda yopishqqliokning mavjudligi 2.laminar oqim 3.turbulent oqimSuyuqliklarda yopishqqliokning mavjudligi suyuqlik qatlamlarining bir-biriga nisbatan siljishiga qarshilik ko‘rsatadi.Boshqacha qilib aytganda, laminar (qatlamli) oqimlarda yopishqoqlik evaziga ichki ishqalanish paydo bo‘ladi, u qatlamlar chegaralaridagi urunma kuchlanishlar miqdori bilan ifodalanadi, ya’ni, birlik yuzaga to‘g‘ri keladigan urunma kuch miqdori bilan xarakterlanadi.Suyuqlikning ayrim konsentrik qatlamlari bir-biriga nisbatan shunday harakatlanadiki, bunda suyuqlik tezligi asosiy o‘q bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Bunday turdagi suyuqlik harakati laminar oqim deyiladiReal suyuqliklarning harakati ko‘pgina hollarda laminar oqim harakatidan keskin farqlanadi. Ular shunday maxsus xususiyatga ega bo‘ladiki, u turbulentlik deb ataladi.Trubalar, kanallar va chegaraviy qatlamlardagi real suyuqlik oqimlarida Reynolds sonining ortib borishi bilan laminar formadagi oqimning turbulent oqimga aylanishi yaqqol kuzatiladi.Laminar oqimning turbulent oqimga bunday o‘tishini ba’zan turbulentlikning paydo bo‘lishi deb ham atashadi, u butun gidrodinamika sohasida fundamental ahamiyatga ega.Dastlab bunday o‘tish to‘g‘ri truba va kanallardagi oqimlarda kuzatilgan. O‘zgarmas ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan silliq devorli to‘g‘ri trubada Reynolds sonining unchalik katta bo‘lmagan qiymatlarida suyuqlikning har bir zarrachasi to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘ylab harakatlanadi.Yopishqoqlik mavjud bo‘lganligi sababli, suyuqlikning devorga yaqin joylashgan zarrachalari devordan uzoqda joylashgan zarrachalarga nisbatan sekin harakatlana boshlaydi. Oqim tartiblangan holda bir-biriga nisbatan siljuvchi laminar oqim (qatlamlar) sifatida harakatlanadiReynolds sonining katta qiymatlarida oqim tartiblanmagan holatga o‘tadi, ya’ni turbulent oqimga aylanadi. Oqimda kuchli aralashish sodir bo‘ladi, buni trubadagi suyuqlikka bo‘yoqli oqim kiritish orqali ko‘rinarli tarzda ifodalash mumkin.Bu tajribani amalda kuzatish dastlab O. Reynolds (1883-1912) tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda oqim tarkibiga rangli bo‘yoq kiritilganSuyuqlik tezligining asta-sekin ortib borishi bilan D trubada shunday holat paydo bo‘ladiki, tekis harakatlanayotgan rangli bo‘yoqli oqim yo‘qoladi va butun harakatlanayotgan suyuqlik tekis bo‘yalgan holatga o‘tadi.Dastlab tajriba D trubaga past tezlikka ega bo‘lgan suyuqlikni kiritishdan boshlanadi. Aynan bir vaqtda C idishdan rangli buyoq E trubacha orqali qo‘shiladi.E’tiboringiz uchun rahmat !Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling