Mavzu: Radioktiv metallar. Reja: Radioktiv metallar haqida umumiy ma’lumot


Download 115 Kb.
bet3/6
Sana17.11.2023
Hajmi115 Kb.
#1782516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Radioktiv metallar.

Atom tuzilishi. Odatdagi sharoitda metallarning simobdan, boshqa hammasi qattiq moddalardir. Metallar kristall moddalardir. Metall kristallardagi panjara tugunlarining bir qismida atomlar, bir qismida esa ionlar turadi. Metallarning sirtqi elektronlari atom yadrosi bilan kuchsiz bogʻlanganligi uchun oson uziladi. Atomlardan uzilgan elektronlar atom va ionlar orasida erkin harakat qiladi. Metallarning atom va ionlari bir tekis kattalikda boʻlganliklari uchun zich taxlangan. Elektronlar esa gʻoyat kichik boʻlganligi sababli panjara ichida oson harakat qiladi. Biror elektronini yoʻqotgan atomga, ya’ni ionga yaqin kelib qolgan elektron unga bogʻlanib, ya’ni neytral atom esa oʻz elektronini yoʻqotib, ion holiga oʻtishi mumkin. Erkin xoldagi elektronlar goh bir ion atrofida, goh ikkinchi ion atrofida aylanib yuradi. Metall zarrachalari bir-biriga elektronlar vositasi bilan bogʻlanib turadi. Bunday bogʻlanish metall bogʻlanish deyiladi. Kristallar ichida erkin yurgan elektronlar elektron bulut deb ataladi. Metallar qizdirilganida metal atomidagi elektronlarning uzib chiqishi tezlashadi. Metallarning elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi uning kristalida erkin elektronlarning borligidir. Erkin elektronlari boʻlgan metallarning metallik xossalari kuchli boʻladi. Metallarning eng muhim xossalaridan biri valent elektronlarini yoʻqotib, musbat zaryadli ionga aylanishi, kation hosil qilish xossasidir. Elektronlarini yoʻqotgan elementlar qaytaruvchi boʻladi. Demak metallar kuchli qaytaruvchidir. Bu esa metallarning aktiv ekanligini koʻrsatadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar aktiv qaytaruvchilardir. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarning aktivligi yuqoridan pastga tomon ortib boradi, chunki ularning atom radiuslari kattalashib boradi. Buning natijasida elektronlar atomdan oson uziladi. Davriy sistemada davrlar boʻylab chapdan oʻnga borgan sari metallarning ogʻirligi ortib, aktivligi kamayib boradi. Bir davrda joylashgan elementlarning soni oʻzgarmasdan, yadro zaryadlari ortib boradi. Bu bilan valent elektronlarning yadroga tortilishi kuchi ortadi. Metallarning qaytarish xossalari va aktivligi kamayadi. Eng passiv metallar bu – asl metallardir. Ular elektronlarini nihoyatda qiyin yoʻqotadi.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling