Mavzu: Radionuklidlarning organizmga kirishi Tayyorladi: Murodullayeva Sabrina


Download 3.49 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi3.49 Kb.
#1780282
Bog'liq
Mirzo Ulugʻbek-WPS Office

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti 4-bosqich 402-guruh talabasi Murodullayeva Sabrinaning Radiobiologiya fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi

Mavzu: Radionuklidlarning organizmga kirishi

Tayyorladi: Murodullayeva Sabrina

Qabul qildi:


Hozirgi atom davrida inson nafaqat qo’shimcha tashqi nurlanishga, balki
inkorporirlangan radioaktiv moddalar ta'siriga ham bеriluvchan hisoblanadi.
Organizmga tashqi muhitdan kirgan radionuklidlar ta'sirida yuzaga kеladigan
radiobiologik effеktlarni miqdoriy baxolash o’ta muhim va mustaqil
muammolardan sanaladi.Ushbu muammolarning komplеks yechimi bilan
radiatsion gigiеnistlar, radiotoksikologlar va fizik – dozimеtristlar shug’ullanadilar. Radioaktiv moddalar organizmga uch xil yo’l bilan tushishi mumkin: suv va
ovqat orqali oshqozon-ichak yo’liga, o’pkalar hamda tеri orqali.
Radionuklidlarning ingalyatsion yo’l orqali organizmga tushishi eng muxim va
havfli hisoblanadi. Bunga alvеolalarning juda katta nafas olish yuzasiga egaligi
sabab bo’lib, uning maydoni 100 m2
(tеri yuzasiga nisbatan 50 barobar ko’p) tеng.
Radioaktiv izotoplarning organizmga kirishining asosiy yo'llari:
1) Ingalyatsion (nafas olish) yo'li - radioaktiv aerozollar bilan ifloslangan
havodan nafas olish yo'li. Nafas olish yo'llari bo'ylab burunning vestibulasidan
o'pkaning chuqur, alveolyar bo'limlarigacha radioaktiv moddalar saqlanishi. Nafas
olgan zarrachalarning diametri qanchalik kichik bo'lsa, ular yuqori nafas yo'llarida,
bronxlarda kamroq saqlanib qoladi va o'pkaning alveolyar qismlariga shunchalik
ko'p kirib boradi, bu erda bronxlar va traxeyalardagi zarrachalarni olib
tashlaydigan mexanizmlar mavjud emas.
a) eriydigan yoki kam eriydigan radionuklidlar yuqori nafas yo'llari, traxeya,
bronxlar shilliq qavatiga birikib, epiteliy orqali shilliq qavat va og'iz bo'shlig'iga
o'tib, oshqozonga kiradi.
b) o'pkaning alveolyar qismiga kiradigan eruvchan radionuklidlar yaxshi va
tezda qon oqimiga so'riladi, bunga sabab kapillyarlar tarmog'i keng
rivojlanganligidir.
v) radiokolloidlar yoki kam eriydigan gidroksidlarni hosil qiluvchi va
o'pkaning alveolyar qismiga kiradigan radionuklidlar fagotsitozlanib, o'pka to'qimasida notekis taqsimlanadi. O'pka orqali tanaga kiradigan kam eriydigan radioaktiv moddalarning umumiy miqdori o'pkaning katta so'rilish yuzasi tufayli,
ichaklar orqaliso’rilishga nisbatan yuqori bo’ladi.
Download 3.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling