Mavzu: rangning xususiyatlari


Download 207.91 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi207.91 Kb.
#1479089
TuriKompozisiya
1   2   3
Bog'liq
RANGLAR

Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqqillik ruhi tobora mustahkamlanib, barcha sohalarda jahon andozasiga mos islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning uchun ta`lim olayotgan har bir talabani tasviriy san`atga moyilligini, mavjud iqtidorlilik qobiliyatini boyitib, uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta`limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi.
Tasviriy, amaliy san`at o`qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha amaliy va nazariy bilimlar ta`lim sifatida zarurdir. Bular asosan:
- qalamtasvir;
- rangtasvir;
- kompozisiya;
- amaliy bezak san`ati;
- haykaltaroshlik;
- san`atshunoslik asoslari;
- san`at tarixi
va eng asosiysi, bu bilimlarini o`rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. Ta`lim mazmunidagi bu bilimlarni egallash vositasida bo`lajak o`qituvchi o`z sohasining ustasi bo`libgina qolmasdan, ana shu san`at sirlarini o`quvchi va yoshlarga ulasha olish malakasiga ega bo`ladi.
Tasviriy, amaliy san`at ta`limi va tarbiyasi mazmunida milliy san`at merosimiz bilan birgalikda umum tasviriyot ta`limshunosligi va uslubiyatiga tayanish lozim. Pedagog-rassom
tayyorlashda ta`lim mazmunining muhim yo`nalishlari, umum tasviriyot va milliy an`analarning ustivorligiga amal qilish darkor.
O`qitishning barcha talablari uchun zaruriy shart tasviriy va amaliy san`at sirlarini o`zlashtirish bilan birga o`quvchi yoshlarga har jihatdan o`rgata olish usullarini egallashdir.
Tasviriy san`at va amaliy san`at pedagogikasi mutaxassisligida badiiy ta`lim mazmuni quyidagicha tarkib topadi.
Qalamtasvir – bo`lajak tasviriy san`at o`qituvchilari qalamtasvir (grafika) dan yetarli bilim, malaka hamda ijodkorlik saviyasiga ega bo`lishlari lozim. Ma`lumki, qalamtasvir tasviriy san`atni o`zlashtirishning bosh mezoni va asosi bo`lishi bilan birga alohida san`at turi sifatida ham xarakterlidir. Qalamtasvir sirlarini yaxshi bilgan amaliy san`at ijodkorlari hamda pedagogi o`z fikr-tuyg`ularini tezroq, shuningdek, aniqroq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Olimlarimizdan biri, - «Tasvirlash va kuzatish, yaratish, ixtiro qilish demakdir» - deb bejiz aytmagan. Bo`lajak rassom-o`qituvchilar qalamtasvirdan quyidagilarni bilishlari talab qilinadi:
- grafika san`ati haqida nazariy ma`lumotlar;
- qalamtasvirda ishlatiladigan materiallar, ularni tayyorlash qoidalari va yo`l-yo`riqlari;
- naturadan qalamtasvirda rasm ishlashning asoslari;
- tasvir qurish - qalamtasvirda perspektiva qisqarish qonuniyatlari borasidagi bilim va nazariy tushunchalar;
- qalamda bajarilayotgan tasvirning kompozision yechimi;
- qalamtasvirdagi ishni nihoyasiga yetkazish tajribasi va malakasi;
- qalamtasvirda qalam bilan bajarilgan ishga shakl berish yo`llari va uslublari kabi bir qator maqsad va vazifalari mavjud.
Bundan tashqari yuqoridagi ko`rsatilgan talab va qonun-qoida asoslarini mukammal bilgan holda bo`lajak rassom-pedagoglar oddiy fizik-geometrik shakllardan tortib, harakatdagi odam, hayvonlar hamda tabiatning turli ko`rinishlarigacha bo`lgan jarayonlarini qalamtasvirda bajara olish kerak. Bundan tashqari kitob, gazeta, jurnal bezash, muqovalash va boshqa grafik ishlarni bajara olish malakalarini bilishlari lozim.
Rangtasvir - tabiat, jamiyat, umumiy insoniyat turmush tarzini, xarakterini bilishda bo`yoqlar benihoyat katta rol o`ynaydi.
Ranglar hayotdagi har bir holatni ko`rish xarakterini ochib beribgina qolmay, uning siru asrorlarini ifodalab beruvchi ishonchli vositadir. Anna shuning uchun ham rangtasvir tasviriy san`atning o`ziga xos alohida bir turi hisoblanadi.
Tabiat va hayotdagi nafislik, go`zallik sirlarini rangtasvir san`ati darajasida boshqa biror-bir soha ochib bera olish imkoniyatiga ega emas. Bu borada o`quvchi-yoshlarga ana shu san`at sirlarini ulashish vazifasi tabiiyki, tasviriy san`at o`qituvchilari zimmasiga yuklanadi. Shu boisdan, bo`lajak tasviriy san`at

Download 207.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling