Mavzu: “Raqamli iqtisodiyot” faniga kirish


Download 1.73 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1576438
Bog'liq
1-mavzu


P. OMIDYAR
eBay
JACK МA
Alibaba AliExpress
N. NEGROPONTE Digital economy
Д. БЕЗОС
Amazon.com
W. BUFFETT
Berkshire Hathaway
Mavzu: “Raqamli iqtisodiyot” faniga kirish .
1943 1930 1964 1964 1967
REJA:
  • 1. Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari
  • 2. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning xususiyatlari
  • 3. Innovatsion g‘oyalar, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga, jamiyat hayotiga izchil tatbiq etish
  • 4. Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish

Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi - kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi.
Raqamli iqtisodiyot - bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot- kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga xos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan.
Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi.
“postindustrial iqtisodiyot” (D.Bell),
“axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler),
“megaiqti
sodiyot” (V.Kuvaldi)
“axborot va aloqaga asoslan
gan iqtisodiyot” (I.Niniluto)
“texnoiqti
sodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts)
“bilimlarga asoslan
gan iqtisodiyot (D.Tapskot
Raqamli iqtisodiyotning rivojlamishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi:
1
    • real tovarlar va hizmatlar ta'minotchilari va xaridorlari sektori;

2

3
    • qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma'lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.

Raqamli iqtisodiyot quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
  • Big data;
  • sun'iy intellekt;
  • blokcheyn;
  • kvant texnologiyalari;
  • ishlab chiqarish texnologiyalari;
  • sanoat interneti;
  • robototexnika;
  • simsiz aloqa;
  • virtual reallik.

Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi noyob ma'lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot information texnlologiya xizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, bu e- segmentning ulushi YAIM 10%ini tashkil qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika va h.k.) bilan bog‘liq.
Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling