Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari


Download 0.81 Mb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1776593
  1   2   3
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning avzalliklari

Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari

Bajardi: Ermatov Doston

REJA


1 .Raqamli islohatlar
2. Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda yaralmoqda
3. Raqamli sektorning iqtisodiy ahamiyati

Raqamli islohatlar

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yilga Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif etdi. Buni butun o‘zbek xalqi iliq va xursandchilik bilan kutib oldi.

Xo‘sh, raqamli iqtisodiyotning nima afzalliklari bor?

  • Birinchidan, xufyona iqtisodiyotga chek qo‘yiladi. Tranzaksiyalar raqamli shaklda amalga oshirilganda ularni boshqarish oson bo‘ladi. Xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi har qanday to‘lovlar rasmiylashtiriladi. Shu yo‘l bilan har qanday g‘ayri qonuniy tranzaksiyalarga chek qo‘yiladi. Naqd pul shaklidagi tranzaksiyalarni cheklagan hamda faqatgina elektron to‘lovlarni amalga oshirgan holda hukumat xufyona iqtisodiyotga barham berishi mumkin. Bunday to‘lovlar o‘z navbatida, soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Chunki raqamli shaklda amalga oshirilgan har bir tranzaksiya qayd etib boriladi.
  • Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.

Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling