Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari


Raqamli İqtisodiyotning Tarkibiy Qismlari Tavsifi


Download 1.23 Mb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1002835
1   2   3   4
Bog'liq
Abduraimov Kamron

Raqamli İqtisodiyotning Tarkibiy Qismlari Tavsifi


Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni umumiy bir ma’noda tushunish mavjud emas, shunday bo‘lsada, uning ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, raqamli iqtisodiyot– jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Bizning fikrimizcha, ushbu ta’rif juda to‘g‘ri, lekin foydalanish uchun biroz noqulay. Aynan shu sababli, biz quyidagi funksional ta’rifni ifodaladik: Raqamli (elektron) iqtisodiyot hamda elektron tijorat bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish o‘ziga xosxususiyati bo‘lgan iqtisodiyot turidir.
Buyumlar Interneti (IoT) esa – ko‘plab texnologiyalarni birlashtiradigan, datchiklar bilan jihozlanganlik va internetga barcha uskunalarning ulanishini ko‘zda tutadigankontseptsiya bo‘lib, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitorig va nazorat qilish va buning asosida ularniboshqarishga imkon beradi.Bugungi kunda ushbu sohada ikkita yirik yo‘nalish shakllangan: buyumlar Interneti (IoT - Internet ofThings) va buyumlar sanoatInterneti (IIoT - Industrial Internet of Things).Instrumental jihatdanushbutexnologiyalar bir-biriga juda o‘xshashib ketadi, asosiy farq esa bajarilishi lozim bo‘lgan vazifada:agar buyumlar internetining asosiy vazifasi bu - xilma-xil (modellar va bashoratlar tuzishda ustuvor foydalaniladigan) ma’lumotlar to‘plash bo‘lsa, buyumlar sanoat Internetining bajarishi lozim bo‘lgan vazifasi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan iborat (datchiklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha resurslar va quvvatlarni masofadan turib boshqarish). OVUM, Mashine Research va Nokia kompaniyalari tahlilchilarining bashoratlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib,tarmoqqa ulangan sanoat qurilmalarining soni 530 mlnbirlikdan ortadi, 2025 yilga kelib esa ularning soni 20 dan 200 mlrd birlikkacha bo‘lishi kutilmoqda.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling