Mavzu: Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari


Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi


Download 1.23 Mb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1002835
1   2   3   4
Bog'liq
Abduraimov Kamron

Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi
Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning
ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam miqdordagi mijozlar bilan ham startap (yangi loyiha)larni qo‘rqmasdan boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham, maxsulot ham, tendensiya ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir- biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar.
The Economist ning ta’kidlashicha, blokcheyn ishonch xosil qilishga imkon beruvchi texnologiya bo‘lib, bitkoin asosida turuvchi ushbu ishonch mexanizmi hozirgi zamon iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Xuddi o‘sha 2015 yilning oktyabridan boshlab, ommaviy axborot vositalari tomonidan blokcheyn mavzusi bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlar kamaymadi, balki borgan sari ko‘payib, blokcheyn texnologiyalari, raqamli valyutalar va boshqa taqsimlangan reestrlarga asoslangan ko‘plab miqdordagi loyihalar vujudga keldi. Shunday qilib, birgina obruli jurnalda nashr qilingan maqola tufayli blokcheyn, bitkoin, kriptovalyuta va taqsimlangan konsensus bo‘yicha ko‘plab qizg’in muhokamalar boshlandi va jahon bo‘ylab yangi texnologiyaning inqilobiy yurishi boshlandi. Shuni ham tushunish lozimki, blokcheyn – jamiyat va iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi, ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar, blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi, investorlar buni tushungan xolda o‘z kuch-g’ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish uchun quyida uning turli xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi:
Blokcheyn – bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan komp’yuterlarda joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (grossbux) bo‘lib, unga har bir inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o’qishi mumkin.
Blokcheyn – tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini (raqamli konveerni) anglatadi.
Blokcheyn – bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo‘lib, tranzaksion dasturlarning yangi avlodini ishlatadi.

Etibotingiz uchun raxmat!

Bajardi:Abduraimov Kamron


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling