Mavzu: Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar
Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar
Download 180.5 Kb.
|
3. Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak»17 Sho’rolar davrida iqtisodiyot yetmish yil hukmronlik qilib kelgan kommunistik mafkuraning siyosatning qurboniga aylangan edi. Natija ma’lum. Iqtisodiyot ham bamisoli tirik organizm - erkin harakat qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug’um ostida qolsa, o’zidagi mavjud imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi kabi qator iqtisodiy qonuniyatlar va prinsiplar orqali amalda markazga bog’lab qo’yilgan, hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.18 Sho’rolar davrida mavjud mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga ko’ra, sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta ishlash va konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib, nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta. 1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq 17 Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет. 18. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 4-бет ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoqrespublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. Ikkinchi tomondan. O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob-uskunalari, texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi asbob-uskunalari, texnologiya, fan-texnika yutuqlari tashqaridan olib kelinadigan mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir.Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Sobiq ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar natijasida O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka" chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi.Xalqaro tajribadan ma’lumki, bir turdagi mahsulot ommaviy ishlab chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi samara berishi mumkin. Mayda (bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980-yillarda AQShdagi barcha korxonalarning 26,1, Yaponiyada 49,4 va Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 kishigacha ishlaydigan korxonalar) mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga teng edi. O’rta korxonalar (bunga yuzdan 499 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat qiladigan yirik korxonalar 21,5, 8,2 va 12,1 foizni tashkil etardi. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiyotga ega Yaponiyada ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan. Mayda va kichik firmalar ish bilan band bo’lgan yaponlarning to’rtdan uch qismini birlashtirgan. Kichik korxonalar - iqtisodiyot poydevori, degan gapda hikmat ko’p.19 Yirik korxonalar mayda ishlab chiqarishga nisbatan bozor kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish jarayonida katta-kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositala ri bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim.Qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanishi o’rtasida ham nisbat buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta ishlanmagan yoki yarim tayyor mahsulot holida O’zbekistondan olib chikib ketilardi. Deyarli barcha kon-ruda, metallurgiya kombinatlarida xom ashyoni qayta ishlash darajasi g’oyat past bo’lgan. Buning sababi shuki, konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik korxonalarning asosiy faoliyati respublikamizda mineral xom ashyoni to’la qayta ishlash, 19Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 26-27 бетлар vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas, balki xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi.Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini mahalliy ishchi kadrlar bilan ta’minlashda ham ko’rish mumkin. Bu sohadagi vaziyat shunday ayanchli holga olib kelingan ediki, zamonaviy korxonalar narida tursin, nisbatan ancha past rivojlangan sanoat sektorida ham mahalliy ishchi kadrlarning umumiy miqdori juda kam edi. 50-60 yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak, Angren, Yangiyer singari industrial shaharlar sobiq markaz vazirlik va idoralariga buysunuvchi yirik sanoat korxonalari bazasida bo’lgani uchun ularga zarur ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan ko’chirib keltirildi. Xolbuki, O’zbekistonning o’zida ishchi kuchi, salohiyatli kadrlar va mutaxassislar kam emasdi. Kam bo’lsa, ularni o’qitish, tayyorlash va kasbga yunaltirish ham mumkin. Bu, bir tomondan, mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan, mustamlakachilikka asoslangan siyosatning natijasidir. Bunday yondashuv nafaqat mahalliy millat vakillari orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda rivojlanishiga ham monelik qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi o’tgan asrning 20-30-yillarda qanday dolzarb ahamiyat kasb etgan bo’lsa, keyinchalik ham shundayligicha qolaverdi. Maxalliy millat vakillari Toshkent samolyotsozlik birlashmasi, vagon ta’mirlash zavodida 20-30 foizdan oshmadi. Konmetallurgiya, mashinasozlik kabi tarmoqlarda ham vaziyat deyarli shundayligicha qoldi.Iqtisodiyotning mafkura va siyosat qurboni bo’lishi respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatida yanada kengroq namoyon bo’ldi. 1990 yilda O’zbekistonga tashqaridan olib kelingan mahsulotning 90 foizga yaqinini sanoat mahsulotlari tashkil etardi. Chetdan keltiriladigan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari mahsulotining 80 foizdan ziyodrog’i sobiq ittifoq respublikalari ulushiga to’g’ri kelardi. Keltiriladigan sanoat mahsulotlari tarkibida asosiy o’rinni mashinasozlik va metallga ishlov berish (27,7%), yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari egallagan.Mahsulotlar, asosan, respublikalararo ayirboshlash bo’yicha chiqarilar va kiritilar edi. Tashqariga chiqarilgan sanoat mahsulotlari orasida asosiy o’rinni (59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi.Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot chiqarishga nisbatan tashqaridan mahsulot kiritish ko’pchilik tarmoqlarda ancha yuqori edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi. Lekin, iqtisodiyotning eski tuzumdan qolgan bunday mustamlakacha tarkibi bilan bozor munosabatlariga asoslangan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etib bo’lmasdi. Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish lozim edi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin.Mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan izchil va tizimli chora-tadbirlar samarasida o’tgan 20 yil mobaynida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 17,6 foizdan 24,0 foizgacha ko’tarildi. Kishloq xo’jaligining ulushi esa qariyb 2 barobar kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga oshirildi.Istiqlol yillarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 barobar, uning o’tmishda juda zaif rivojlangan mashinasozlik va metallga ishlov berish tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat ko’rsatkichidan qariyb 4 barobar ko’pdir. Bunday ulkan yuksalishga mamlakatimizda avtomobilsozliq neft-gaz mashinasozligi, temir yo’l mashinasozligi kabi nisbatan yangi va zamonaviy sohalarni barpo etish va jadal rivojlantirish orqali erishilganini alohida ta’kidlash darkor.Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asos solingan mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq — avtomobil sanoati sohasida hozir 18 mingdan ortiq kishi ish bilan bandligi alohida ta’kidlash o’rinlidir. Ma’lumotlarga ko’ra, «O’zavtosanoat» kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalarda 2011 yilning o’zida 1,4 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilgai. Investisiya dasturi doirasida mashinasozlarimiz avtomobillar uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish ustida ish olib bormoqda. O’tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi. Bamperlar. avtoemallar, germetiklar, sanoat bo’yoqlari, tutun chiqargichlar. yonilg’i baqlari, yoqilg’i nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari, akkumulyatorlar, elektr o’tkazgichlar uchun jgutlar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, tashqi yoritish vositalari, yonilg’i moyi va havo filtrlari, kapsulalangan oynalar, generatorlar va kompressorlar, g’ildirak disklari va shassi uzellari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda o’tgan 29 yil ichida tashqi savdo aylanmasi 805,6 million AQSh dollaridan 21,8 milliard dollarga, ya’ni 27,1 barobar o’sdi. Jumladan, eksport hajmi 442,7 million dollardan 13,1 milliard dollarga, yoki 29,5, import 362,9 million dollardan 8,8 milliard dollarga yoki 24,2 barobar ko’paydi. Ayni paytda tashqi savdoning ijobiy saldosi 79,8 million dollardan 4,2 milliard dollarga, ya’ni 53 barobar ortdi. Bu oltin-valyuta zaxiralarimizning muttasil o’sishi va milliy valyutamiz barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Eksport va importning tarkibi keskin o’zgardi. Mustakillikkacha O’zbekiston chetga xom ashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan, iste’mol mollarini olib keladigan mamlakatdan bugun qo’shimcha qiymat yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlarni tobora ko’p va keng eksport qilayotgan, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizasiya kilishga muljallangan texnika va asbob-uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylandi. Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi izchil o’smokda: 1990 yilda 12,1 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 201 0 yilda 44,1 foizgacha yetdi.Eksportning tarkibi diversifikasiya qilinishi natijasida paxta tolasi ulushi jiddiy kamaydi. Uning eksportdagi ulushi 1990 yilda 59,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 11,3 foizdan oshmadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importa o’tgan davr mobaynida 48,9 foizdan 10,9 foizga tushdi.20 Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikasiyalashdi. Ilgari, birinchi navbatda, sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalar va sosialistik lagerga kiruvchi mamlakatlar, sosialistik yo’nalishni tanlagan davlatlar bilan tovayirboshlash va savdo-sotiq amalga oshirilishi shart bo’lgan.Bu ham mavjud xukmron mafkura va siyosatning amaldagi ifodasi edi, albatta. Xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin tashqi savdo doirasi keskin kengaydi va uning tarkibida uzoq xorij mamlakatlari soni orta boshladi. Agar 1990 yilda tashqi savdo aylanmasida uzoq xorij mamlakatlari ulushi 39,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda bu raqam 56,9 foizga yetdi. Eksportda ularning hissasi 37,7 foizdan 54,8 foizga, importda 42,6 foizdan 59,9 foizga yetdi.O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi, iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi. iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur» - deb ta’kidlaydi O’zbekistan Prezidenti Islom Karimov. Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq kuch, tizim yo’q edi. 20 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O`qituvchi» НМИУ, 2012. 36-бет Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham bo’lmasdi.Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining, ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuchqudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas xatolarga olib kelishi tayin edi. Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi bormi? Bu - juda nozik masala.O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neoliberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi. Iqtisodiy adabiyotlarda Yevropaning yetakchi mamlakatlari hisoblanadigan Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz, «superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi.Bu ko’rsatkichlar bozor mukammal, o’zini o’zi tartibga solib turuvchi tizim, davlatning unga aralashuvi iloji boricha past darajada bo’lishi kerak deb hisoblaydigan klassik bozor iqtisodiyotini ma’qul ko’radigan Shimoliy Amerika modeli ko’rsatkichidan ancha yuqoridir. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi muttasil kamayib bormoqda.2010 yilda mamlakatimizda davlat sektorining ulushi yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4, transportda 44,0, aloqada 3,9, chakana savdo aylanmasida 0,1, pullik xizmat ko’rsatishda 20,6, tashqi savdoda 8,3 va bandlikda 20,9 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni va roli ancha katta va rang-barangdir.Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni tartibga solish, qayta taqsimlash mexanizmi orqali aholi manfaatlarini himoya qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi, iqtisodiy erkinlik va tenglikni kafolatlashi, bozor institutlarini shakllantirishi, tadbirkorlik tizimlarini qaror toptirish va rivojlantirishga ko’maklashishi, raqobat muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur. Bunda davlat tartibga solishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish vositalaridan keng foydalanadi. Davlat yirik dastur va loyihalarni moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi.O’tish davrida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish roli nafaqat davlat sektori, balki xususiy sektorga nisbatan ham muntazam kuchayib bordi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan qonunchiliq ijroiya va nazorat harakteriga ega bo’lgan chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishdir.Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi. Bu - tabiiy. O’tish davrida qabul kilinadigan iqtisodiyotga oid qonun, uaror va qoidalarning ko’lami g’oyat keng bo’lib, ularning hayotga tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o’tish davri sharoitida bozor mexanizmining hali to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish o’z-o’zidan yuz bermaydi. Shuning uchun ham, davlatning asosiy vazifalaridan biri ushbu jarayonni tartibga solish, iqtisodiyotning bir maromda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir.Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonda davlat qo’yidagi asosiy iqtisodiy vazifalarni bajardi: -pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish; -fuqarolarning huquq va erkinliklarini. mulkdorlar va xo’jalik subyektlari huquqlarini kafolatlash; -makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; -monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish va raqobat muhitini yaratish; -ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; -faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish; -umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani rivojlantirish; -kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash; -atrof-muhitni muhofaza qilish; -iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish; -mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; -bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish; -ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish va hokazolar. O’zbekistonda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy usullar bilan birgalikda olib borildi. Turli mulk shaklidagi korxonalar va bozor institutlarining (bank, birja, aksionerlik jamiyatlari) faoliyat ko’rsatishi me’yorlarini ta’minlovchi, bozor sharoitiga mos yangi soliq sug’urta, aholini ijtimoiy himoyalash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunlar tizimi yaratildi.Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish va majburiy chora-tadbirlar orqali amalga oshirildi. Ma’muriy yo’l bilan Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish davridagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblandi. Shu maqsadda davlatning iqtisodiy siyosati (pul-kredit, moliya-byudjet, soliq, valyuta, bojxona, narxlar, amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek,davlat buyurtmasi, kvotalar, lisenziyalar, byudjetdan moliyalashtirish, prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng foydalanildi.2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan davlatning bosh islohotchi bo’lishiga oid tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global inqiroz sharoitida ko’plab davlatlar juda katta miqdordagi oltin-valyuta zaxiralari va jamg’armalarini o’z moliya-kredit tizimini saqlab qolishga sarflashga majbur bo’ldi. Shu yo’l katta bankrotliklarning oldini oldi, iqtisodiyotning arteriyasi hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal zaxira jamg’armasidan bir necha yuz milliard dollardan iborat mablag’ni inqiroz oqibatlarini yumshatishga sarfladi. 2010 yilning boshida Shveysariyaning Davos shahrida o’tgan an’anaviy xalqaro iqtisodiy forumda davlat arboblari va iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir zumda barbod bo’lar edi» deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz "eshik qoqqan" murakkab sharoitda mamlakatlar bank-moliya tizimiga davlat yordamga kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’iga g’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor. 21 O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorliq katta oltin-valyuta zaxiralarining mavjudligi, rivojlanish jamg’armasi imkoniyatlari, tashqi qarzning minimumga tushirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday murakkab masalarni o’z vaqtida samarali hal qilish imkonini berdi. Osiyo taraqqiyot bankining O’zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kazuxiko Xiguchi haqli ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa mikro darajada amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekistonda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mutanosib va barqaror rivojlanishga, sanoatni modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda".Erkin raqobat davrlaridan farqli o’laroq, bugun zamonaviy iqtisodiyotda miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat murakkab va ziddiyatli tus olmoqda. Agar o’tgan asrda monopoliyalar iqtisodiyotda noyob holat sifatida uchragan bo’lsa, endilikda har bir bozor, tarmoqlarning katta qismi monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va uniig segmentlaridan kattaroq ulush olish maqsadida keng tomir yoymoqda. Natijada, iqtisodiyotni muvozanatga keltirib turuvchi bozor mexanizmining to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash vazifalarining ahamiyati ortmoqda. 21 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog’liq shunday sohalar borki, ular odatda ulkan hajmlarda investisiyalar kiritishni talab qiladi. Oddiy tadbirkor va korxonalarning bunga qurbi yetmaydi. Ko’p hollarda bu sohalar daromad keltirmaydi yoki foydasi uzoq vaqtdan keyin kelishi mumkin. Odatda, bunday sohalar, masalan, transport, kommunikasiya, ekologiya, energetika xizmatlaridan barcha barobar foydalanadi. Davlat bozor tizimining samarali ishlashiga yordam ko’rsatuvchi muhit va poydevor yaratadi, iqtisodiyotiing barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar beruvchi yagona qoidalarni joriy qiladi, raqobatni rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi, keng aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadida uni qayta taqsimlaydi, iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo.Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi. O’zbekistonda davlat ijtimoiy sohadagi islohotlarga ham rahnamolik qilib kelmoqda. Shu maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport, kommunal xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga sarflanadigan mablag’lar hajmi yildan yilga oshirilmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va uy-joy bilan ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi g’oyat yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda. 2010 yilda O’zbekistonda 9860 umumta’lim maktabida 4676,1 ming o’quvchi, 1539 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1623,1 ming o’quvchi, 66 oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi. 22 1997 yildan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi izchillik bilan va samarali amalga oshirilmoqda. 2004-2010 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va aloqa vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi. 1998-2010 yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida 2,5 trillion so’m mablag’ sarflandi.23 22 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 126 бет 23.Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиѐтини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O`qituvchi» НМИУ, 2012. 46 бет 1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p sarf-harajat talab etadigan va samarali bo’lmagan tibbiy yordamdan yangi zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat turlariga o’tish boshlandi. Sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina 2010 yilda 2 trillion so’mdan ziyod mablag’ sarflandi. Bu sohodagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza qilishdir. Mamlakatimizda davlatning bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati yaratildi.Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi amalga oshirildi. O’tgan davr mobaynida davlat kafolati bilan kommunal soharivoji uchun 700 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan ziyodrog’i ijtimoiy sohaga sarflanmoqda. Birgina ta’lim sohosiga ajratilayotgan mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu qadar keng ko’lamli harajatlarni faqat davlat kuchi va imkoniyatidan foydalanib amalga oshirish mumkin, xolos.Bundan tashqari davlat iqtisodiy erkinlikni ta’minlaydi, iqtisodiy-ijtimoiy va institusional islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsad va vazifalarini belgilaydi, raqobat va tadbirkorlik tuzilmalarini shakllantiradi va rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarishning tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit, soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi.Global moliyaviy iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kuchaytirdi. Bu sharoitda davlat bankrotlik yoqasiga kelib qolgan korxona va xizmat turlarini qayta milliylashtirib, «tiriltirib» yana o’z tasarrufidan xususiy qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi.24 Iqtisodiyotni modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni diversifikasiyalash jarayonida davlatning o’rni va roli katta. Modernizasiyalash ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo’lib, iqtisodiyotning asosiy negizini o’zgartirmasdan turib, muttasil takomillashtirish bo’yicha davlat tomonidan jahon taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ko’riladigan chora-tadbirlar tartibotidir. Modernizasiyalash davlatning investision va ijtimoiy siyosatini o’zida ifoda etib, soliq tartibini takomillashtirishni, iqtisodiyot tarkibini davlat tomonidan boshqarishni, 24И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет boshqaruv organlari vazifalariga o’zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. Modernizasiyalash milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni tarkibiy, institusional, texnologik takomillashtirish jarayoni sifatida davlatning islohotchiligiga tayanadi. Davlat modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, uni amalga oshirish sur’atlari, resurslari va innovasion asoslarini belgilaydi. Modernizasiya ilmiy va mehnat sig’imi yuqori bo’lgan texnologiyaga o’tishni anglatadi va ishlab chiqarishning innovasion yo’nalishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Qonun ustuvorligini ta’minlash. O’zbek modelining yana bir harakterli tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni -ularga rioya etishni talab qiladi.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek,«ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish - bu faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir». Bu xulosadan ko’rinib turibdiki, bozorga o’tish sharoitida xo’jalik yuritishning muayyan yo’nalishlarini tartibga solish bo’yicha qabul qilinadigan qonunlar qisqa muddatga yoki tor sohalar bilan cheklanib qolmasdan, uzoq muddatlarga muljallangan jamiyat hayotining barcha jihatlarini huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda Prezidentimiz qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan kelib chiqmog’i, qonun xujjatlarining bevosita ta’sir kuchi shunga muvofiq fukarolarning ham huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. «Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha katnashchilari esa xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».25 25 Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat ... barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir»40 deb mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».26 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida» (1990), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtrish to’g’risida»gi (1991) O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa qonunosti hujjatlari qabul qilindi.«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida» (1996), «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996), «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi (1997) qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini rivojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishda huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotir. Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy asoslarini yaratish va takomillashtirish maqsadida 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-1999 yillarda esa «Xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida», «Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000-yilda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi ham tadbirkorlik faoliyatining yanada kengayishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.Qonun ustuvor bo’lmagan joyda korrupsiya va boqimandalik, o’g’irlik yulg’ichlik g’aznani talash, tayyorga ayyorlik kabi jamiyat me’yoriy holatiga zid illatlar tomir otadi. Iqtisodiyotni moliyalashtirishga ketadigan byudjet harajatlari hissasi barcha byudjet 26Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет. 27Ўша жойда. 12-бет harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz.Davlat hamma vaqt davlag byudjeti daromad va harajat qismlarining muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan harajati oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi amal qilib kelmoqda.Pul resurelaridan foydalanishni tashkil etishning davlat va mahalliy byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud. Davlat sug’urta fondi, davlat bandlik, salomatlik, "Sog’lom avlod uchun‖ fondlari va boshqalar shular sirasiga kiradi. Ular davlat byudjeti mablag’larining harakatchanligini oshirishga, zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat qiladi. Ammo mavjud mablag’larni qayta taqsimlash chog’ida ijtimoiy ehtiyojlar zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan harajatlar miqdori kamaymasligi lozim. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida aniq yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari maxsus fondlar tashkil etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi mumkin.Masalan, ijtimoiy sug’urta fondi turli xil nafaqalarni to’lash uchun pul resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik,homiladorlik va tug’ish, sanatoriy va kurort xizmatlarini moliyalashtirish va boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Bu fond harajatlarining asosiy qismi turli nafaqalarga sarflanadi. U sug’urta yo’li bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda turli mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, ayrim shaxslar, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi.Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan kishilarni moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni boshqa mutaxassisliq kasbhunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil etiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xodimlarning malakasi va ma’lumotiga qarab ish joyi bilan ta’minlash kafolati o’z ahamiyatini yo’qotsa-da, ammo fuqarolarning o’z ish joyini egallash, mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi.Ko’rinib turibdiki, byudjet va undan tashqari fondlar, vosita va mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz soni va tarkibiga qarab, har birimiz ulardan manfaatdorlik bilan, imtiyoz asosida foydalanish huquqiga egamiz. Shunday ekan, byudjet va fondlarga to’lovlardan bosh tortish yoki ulardan ozod bo’lishga urinish davlat hisobidan o’ziga moddiy qulaylik va ungaylik yaratish, oxir-oqibatda esa davlat oldidagi boqimandalikdan boshqa narsa emas.Soliq to’lamaslik yoki firibgarlik bilan unga chap berish yoki o’ziga noqonuniy imtiyoz yaratib olish - jinoyatdir. Bo’larning hammasi «O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida» (15.02.1991), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida» (7.05.1993), «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar to’g’risida»gi (28.12.1993) qonunlarimiz hamda O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (24.04.1997) va Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonunqoidalarni qo’pol ravishda buzishdir.Agar bunday qulayliklarga ega bo’lish uchun shaxs, korxona yoki tarmoq «indulgensiya»ni qo’lga kiritsa, ya’ni o’zi uchun "zarur" qo’shimcha imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi boshqa turdosh korxonalarga nisbatan past bo’ladi. Natijada, yuqori daromad (foyda) oladi.Bugun byudjet hisobidan nafaqa yoki imtiyoz olib turgan fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan, kolaversa, nafaqa jamg’armasini shakllantirishga o’z hissasini qo’shgan. Maktab yoki undan kichik yoshdagilar, talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi.Mamlakatimizda ijtimoiy ishlab chiqarishni, qo’shma va xususiy tadbirkorlikni, xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirishning iqtisodiy-moliyaviy mexanizmlari, huquqiy va moddiy asoslari yaratilgan. Ularning to’la ishlashi, davlat va maxalliy byudjetlarni, ijtimoiy fondlarni mablag’ bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymokda. Bular masalaning asosiy tomoni. Uning boshqa muhim tomoni ham bor: jamiyatda yaratilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularning ixtiyoridagi vosita va mablag’larni aniq maqsadga yo’naltirish va bu borada xudbinlikka yo’l qo’yilmasligi kerak. Eng asosiysi, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, faqat uyushgan bozorgina xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yuqotilgan egalik tuyg’usini qayta tiklaydi.Muhimi, kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim. Ana shundagina ular o’zlarining huquq va burchlarini to’laroq anglaydi, qonunbuzarliklarning oldi olinadi. Qonun ustuvor joyda esa adolat barqaror bo’ladi.Kuchli ijtimoiy siyosat: O’zbek modelining asosiy tamoyillaridai biri kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyagamuxtoj qismini qo’llab-quvvatlashdir. Bu tamoyil, birinchidan, o’zbek xalqining mentalitetidan, tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchidan, o’tish davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush darajasi hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham nazarda tutadi. Bu vaqtda O’zbekiston aholisi jon boshiga to’g’ri keladiran real daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy ehtiyoj buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muassasalar, maishiy xizmat bilan ta’minlanish darajasi bo’yicha sobiq ittifoq rsspublikalari o’rtasida oxirgi o’rinlardan biriga tushib qoldi. Mavjud demografik vaziyat - aholi sonining muttasil usib borishi yuqoridagi ko’rsatkichlarga yanada kuchliroq ta’sir o’tkazayotgan edi. Uchinchidan, o’tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham berildi. Bu ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo bo’ldi. Bunday vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov «shok terapiyasi» to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasligini, "bozor ko’pchilik uchun ozor" bo’lmasligini, O’zbekistonga xalqimizning nogironlar, nafaqadorlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchilardan iborat nochor tabaqalarini ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi...»28 deb alohida uqtirib o’tdi.Mustaqillik arafasida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha sobiq ittifoqda 12-o’rinda turardi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoq ko’rsatkichidan ikki barobar past edi. Aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi. Daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi.29 Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlarning past darajasiga keskin demografik vaziyat ham o’zining jiddiy ta’sirini o’tkazayotgan edi. Agar 1979-1991 yillarda O’zbekiston aholisi 34,7 foiz o’sgan bo’lsa, bu borada o’rtacha ittifoq ko’rsatkichi 10,5 foizga to’g’ri keldi. Bunda O’zbekiston ko’rsatkichlari Tojikistondan pastroq (40,9%) Turkmaniston bilan barobar turardi. Aholi o’sish sur’atlari bu yillarda Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Latviya va Estoniyada 10 foizdan pastroqni tashkil 28Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 323-бет. 29Ислом Каримов. Узбекистон мустак,илликка эришиш остонасида, Т., ―Ўзбекистон‖, 2011, 5-бет etdi.Tug’ilishning yuqori darajasi mamlakat aholisining yosh bo’yicha tarkibiga ham ta’sir ko’rsatdi.O’zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat asosan ikki yo’nalishda amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot.Ijtimoiy himoya bozor islohotlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy xolati hamda xayot kechirishning zarur vositalariga ega bo’lmaganligi sababli yordamga muxtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg’armalari tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir. Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib borish, kashshokdanishning oldini olish, aholi turli kaglamlari o’rtasidagi ta’lim olish, madaniyat va san’at yutuklaridan bahramand bo’lish, kasb malakasini oshirish va daromadlarni ta’minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat.Ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni ta’minlash, ish bilan bandlik, o’qish va ta’lim olish, daromadlarni kafolatlash, iste’molchilar huquqlarining himoyasi va iste’mol kafolatini ta’minlash, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi.Islohotlarning dastlabki yillarida ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib, asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab berildi.Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning oldini olish choratadbirlari, kichik va xususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shartsharoitlar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning mahalla tizimini rivojlantirish, eng kam ish haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va xizmatchilar ish haqining oshirib borilishi ijtimoiy himoya tizimining tarkibiy qismlariga aylandi.Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi ijtimoiy himoya qilish tizimidan uning manzilli va maqsadli tizimiga o’tildi. Bu tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar va ko’p bolali oilalar hisobidan yuz minglab oilalar moddiy yordam olmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning milliy dastur darajasiga olib chiqilishi ibu tizimning muayyan yo’nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko’rinadi. Ayollar, bolalar, qariyalar, ko’p bolali oilalar, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda.O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, nafaqa ta’minoti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz keksalarga xizmat ko’rsatish. nogironlarni tibbiy anjomlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam ko’rsatish shaklida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri davlat tomonidan, xususan, byudjet mablag’lari hisobidan keksaygan, mehnatga layoqatsiz, boquvchisini yo’qotganlarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy ta’minoti tizimi bo’lib, o’z ichiga ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi.Ijtimoiy ta’minot bevosita davlat va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan mablag’lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag’lari hisobidan amalga oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga ko’ra shakllantirilgan.Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogironlar va keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir.Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish. muxtojlarni tibbiy anjomlar bilan ta’minlash, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yo’llanmalar joriy etish, jamoat transportida yurish imtiyozlari berish, turarjoy, soliq va maishiy xizmatlarning imtiyozli shakllarini joriy etish kabilar respublikamizda ijtimoiy ta’minotning keng tarqalgan shakllari hisoblanadi.Ijtimoiy ta’minotning huquqiy asoslari, muhim tamoyillari 1993 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti to’g’risida»gi qonunida ifodalangan. Ushbu hujjatga ko’ra nafaqalar miqdori mehnat staji va ish haqiga uzviy bog’liq. Bugungi kunda 1,3 millionga yaqin pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda.Mustaqillik yillarida davlat ijtimoiy ta’minot turlari ortib borayotir. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini va shunga muvofiq davlat byudjeti daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi.Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish va bu sohada davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy-ma’muriy islohotlar ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat va notijorat ijtimoiy jamg’armalar tashkil etildi. 2001 yil Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi birlashtirilib, ularning nsgizida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi. Joylarda davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati, sanatoriylar, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari. nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi.O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy jamg’arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda. Ijtimoiy jamg’armalar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat yuritish orqali jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o’tgan ijtimoiy jamg’armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg’armalar o’z faoliyatlari orqali ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi.Ammo ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan qatlamlari hisoblanadigan - bolalarni, nafaqadorlarni, nogironlarni, talaba va o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashdangina iborat emas. Kuchli ijtimoiy siyosat mehnat bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham o’z aksini topali.Ma’lumki. o’tish davrida ishsizlar sonining ortishi, ishchi kuchi tarmoq tarkibining o’zgarishi, ishchi kuchi eksportining kuchayishi, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda hududiy tafovutlarning ortishi, yashirin ishsizlikning ko’payishi kabi salbiy xolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni yumshatish maqsadida O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va uni boshqarishni takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil sa’y-harakatlarda ham o’z ifodasini topdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida to’liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta’minlaydi. Lekin ular samarali yoki ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanmasa, bunday bandlik mehnat unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi.Samarali bandlikni ta’minlash va mehnat resurslaridan foydalanishning ahamiyati, ayniqsa modernizasiyalash, innovasion texnologiyalarga o’tish jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan mehnatdan mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o’tishni, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishni, iqtisodiy faol aholini korxonalar, tarmoqlar va xuludlar o’rtasida maqsadga muvofik qayta taksimlashni, ish bilan band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi.Aholini ijtimoiy himoyalashning bosh maqsadi mamlakat aholisining manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga aholi daromadlarini uzluksiz oshirib borish va daromadlar tarkibini takomillashtirish orqali erishish mumkin.Misol uchun, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo’yicha) 1990 yilda 1328 AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 3271 AQSh dollariga teng bo’ldi, ya’ni 2,5 barobar oshdi.31 31Аҳолини ижтимоий ҳимоялашга оид рақамлар -Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустакиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари» Статистик тўплами буйича келтирилди. Т., 2011, 73-96-бетлар XULOSA Ushbu kurs ishi orqali xalqimiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlar, avvalambor, Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya qilish borasida o’z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir.Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har qancha faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90-yillarida sobiq sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan, faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan umidini uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanishyo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta.Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqin tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi dahshatli. Unday holatda xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi?Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan, mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi!Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har tomonlama o’zini oqlagan, to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga xos va o’ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l -iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi, jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdiBu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar davomida namoyon bo’laveradi! Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling