Mavzu: Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar
Download 180.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Mavzu:Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar MUNDARIJA Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan mamlakatimiz O’zbekistoda raqamli O’zbekiston modelini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish.Raqamli O’zbekiston modelini qulayligi va yangi imkoniyatlaridan foydalanish.Bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishi zarurligi.Raqamli O’zbekiston modelini barcha sohalardagi beqiyos o’rni. Kalit so’zlar: raqamli O’zbekiston, raqamli texnologiyalar, kommunikatsiya, infratuzilma, elektron tijorat,investitsiya,logistika, aloqa operatorlari, innovatsiyalar. KIRISH
1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modelining o’rni va ahamiyati 3. Raqamli O’zbekiston modeli va undagi afzalliklar XULOSA. ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o’zini to’la oqladi. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. ¹Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda.²Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashida avvalo juda tez o'zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda.Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan salkam 29 yil muqaddam Birinchi ¹Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси"мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет. ²Н.Тўхлиев. Тараққиѐтнинг ўзбек модели.- Т.:2012. 4-бет. Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir.³ "O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil salkam 29 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi "O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiy iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi.29 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari" asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy 3 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан". 2011. 223- бет inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O’zbekiston iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa edi.⁴ Ishni bajarishda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" (Toshkent., 2010), "Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir" (Toshkent.,2012), "Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan"(Toshkent., 2011), "Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston" (Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida" (Toshkent., 2011), N.To’xliyevning "Taraqqiyotning o’zbek modeli" (Toshkent.,2012) va davriy matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish 4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет bilan uyg’unlikda olib borildi.Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan.To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun mohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi.Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishningbozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi.Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi6Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shovshuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shovshuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi.Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv xo’jalik yuritish mexanizmining 6 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pulkredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8 millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, 550 millard rubldan oshib ketdi7 Surunkali inflyasiya hammaning tinkasini qurita boshladi. Natijada shusiz ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz qisqarishi, ayniqsa, O’zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan respublikalardagi aholi turmush darajasiga yanada og’irroq ta’sir ko’rsatdi. O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar, ish haqi, mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari bo’yicha sobiq shuro respublikalari orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi.Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta’kidlagan edi: "O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda 12-o’rinni egallab turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".8 Bu davrda sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan O’zbekiston o’rtacha ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada edi. Respublika aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.9 Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari zamon talablariga mutlaqo javob berolmasdi. Mamlakat xo’jaligining amal 7 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 156-бет. 8 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 167-бет. 9 Ўша аср, 167- бет qilib kelgan tarkibi ekstensiv rivojlanish mahsuli bo’lgan bu tizim iqtisodiy zarurat emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi. Qat’iy reja asosiga qurilgan iqtisodiyot esa rivojlanishga qodir emasligi bugun ko’pchilikka ma’lum. Rejali iqtisodiyotning tanqislik, ishlab chiqarish monopolizmi kabi "surunkali kasalliklar" doimiy hamroxidir. Sobiq sho’rolar bmamlakatida ijtimoiy ahamiyati kam bo’lgan, xalq ehtiyojlarini bevosita qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar, korxonalar behad ko’payib ketgan edi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini xalq extiyojlari tomonga burmasdan turib tanqislikka barham berib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o’z-o’zidan barham topadi. Davlat bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va korxonalarni qo’llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan, xaridorgir, byudjet uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa rag’batlantiriladi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov uzoqni ko’zlab, oqilona yuritayotgan siyosati samarasida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishda bunday katta yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin tabaqalanishiga yo’l qo’yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyusion, bosqichma-bosqich yo’li tanlandi. Bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashda davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zining iqtisodiy siyosatga bag’ishlangan asarlarida bozor iqtisodiyotining shakl-shamoyillari, unga o’tishning zarurati, shart-sharoitlari va omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb yozgan edi davlatimiz rahbari, - o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o’rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni asrab avaylash va yanada mustaxkamlash asosida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azmu qaror qildik».10 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi. O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining asosiy 10 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд - Т.: "Ўзбекистон", 2011, 324-бет. qismi ana shu uch yo’nalishni rivojlantirishga qaratilganini alohida ta’kidlash darkor. Bu yillarda minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari sifatida qayta tashkil etildi. Natijadanodavlat sektorining ulushi 1995 yilga kelib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda 58,4 foizni tashkil etdi. 2010 yilda esa bu ko’rsatkich 81,7 foizga yetdi.11 Ular xo’jalikbirlashmalari, qo’shma korxonalar, xususiy fermer xo’jaliklari, aholi xususiy mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita boshladi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish samarasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam mulkdorlar paydo bo’ldi. Qimmatli qog’ozlar va kuchmaye mulk bozori kabi yangi bozorlar paydo bo’ldi12 O’zbekistonda 2000 yilda bozor munosabatlariga xos institusional qayta qurishning tugallanishi bilan o’tish davri nihoyasiga yetdi va aralash iqtisodiyot asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi.2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning o’rni va ahamiyati Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, ―o’zbek modeli" deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham, mustaqillik qo’lga kiritilgan davr o’ta murakkab bo’lib, u paytda sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi. O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan oqilona ish tutib, qat’iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatimizni chuqur tanazzuldan olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 11 Ўзбекистан Республикаси иқдисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари (Кейинги ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет. 12Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-22 бет. iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi.Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib o’tgan edi13 I.A.Karimov "O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o’sha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, eski tuzumdan meros bo’lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi14 Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; 13.Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси"мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет. 14 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-бет uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi ―inqilobiy sakrashlar‖siz, ya’ni evolyusion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo’lib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o’zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi: - ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; - ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; - korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish; - iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish; - kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish. Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi: - totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; - respublikaning o’ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: - o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash; - mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; - ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shartsharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi: - davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; - milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash; - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish. O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek, mazkur bosqichda ―erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir"15 Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi: - iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; - xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish; - mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin egallashiga erishish; - mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrasiyalashuvini ta’minlash; - demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda. 16 15.Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.: ―Ўзбекистон‖, 2000, 15-бет. 16 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖ мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет. Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling