Muqaddassan ayol


Download 20.68 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi20.68 Kb.
#101148
Bog'liq
142112 Bu mening onam tadbir ssenariysi


Muqaddassan ayol” nomli tadbir ssenariysi.

Boshlovchi: Onalar oyog’i ostidadir,

Ravzai jannatu jinon bog’i,

Ravza bog’in visolin istar ersang

Bo’l onaning oyog’in tufrog’i.

Assalomu alaykum aziz mehmonlar jonkuyar ustozlar, munis onajonlar-u, zukko o’quvchilar. Mana yurtimizga fasllar kelinchagi bo’lmish bahor kirib keldi. Bahorni kimdir uyg’onish, go’zallik fasli desa, yana kimdir yasharish fasli deb ataydi. Ushbu fasl bilan birga bizning eng sevimli bayramimiz “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” ham kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni, hamisha ezgulik va shaafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo’lgan siz azizlarni bugungi go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va sizlarni 4”B”-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Muqaddassan ayol” deb nomlangan musiqiy adabiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz. Marhamat.

**********

Har qadam oq olar boshdagi tola,

Ba’zan shod ko’rindim, goh chekdim nola.

O’zimcha hali ham bolaman, bola

Goh yolg’on, gohida rostdir bu dunyo,

Onamning poyidan pastdir bu dunyo.

Yugurib har yona baxtni izladim,

Yerdan izlolmay, ko’kni ko’zladim.

Qo’shiqlar kuyladim, ko’p bor bo’zladim

Topgan shuhratidan mastdir bu dunyo

Onamning poyidan pastdir bu dunyo.

Dunyoni boshingdan balandga qo’yib,

O’zing turgan shoxga olovlar qo’yib

Yig’lasang foyda yo’q so’ng to’yib-to’yib

O’zicha osmonga mosdir bu dunyo

Onamning poyidan pastdir bu dunyo

Navbat: “Muqaddas ayol” qo’shig’i.

She’rlar:

Mustafo: Umr bo’yi aslo ko’rmang dard

Yuraginigiz quvonchga to’lsin

Mana bugun 8-mart

Bayramingiz muborak bo’lsin.



Yusuf: Onajonlar, opa-singillar

Musaffo osmonday toza ko’ngillar.

Dunyoda eng sof toza dillar

Bayramingiz muborak bo’lsin.



Sarvar: Bugun jamshid bayram qilamiz

Ne dard bo’lsa hazm qilamiz

Tabrik izhor ta’zim qilamiz

Bayramingiz muborak bo’lsin



Asomxo’ja: Baxtimizga omon bo’linglar

Chaman bo’lsin bosgan yo’lingiz

Mudom zavq-u shavqqa to’linglar

Bayramingiz muborak bo’lsin



Diyorbek: Ko’ksidadir qo’li Diyorning

Qabul aylang tabrik izhori

Olib kelgan birga bahorning

Bayramingiz muborak bo’lsin



Bexruz: O’zingiz umringiz avvali boshi

Farzandlar qalbining porloq quyoshi

Hayot chamanining mohir naqqoshi

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.



Boshlovchi: Ayol hamma davrlarda ham ulug’langan va e’zozlangan. U Sharqda vafo, sadoqat, nazokat va nafosat timsoli sifatida vasf etilgan. Endi navbatni qizlarimiz ijrosidagi go’zal qo’shiqqa beramiz.

Navbat: “Non yopganda” qo’shig’i

Navbat: Ayolga ta’rif:

Bexruz: Ayol sha’niga so’z aytmoqlik uchun

Shart emas uzundan uzun rivoyat

Ayol sha’niga so’z aytmoqlik uchun

Ayol so’zin mag’zin chaqmoq kifoya

Ayol “A” harfida ajiblik, azizlig-u, ardoqlik, a’lolik

Abdulloh: “Yo” harfiga yoqimtoylik, yorug’lik,

Ishq o’tida yondirmoq-u, yoqmoqlik.



Begzod: “L” harfida bor latofat-u, latiflik,

Lutfikaram, lobarlik jamuljam.

Mo’jazgina shu bir so’zning o’zida

Yetti iqlim jozibasi mujassam.



Aygun: Dunyo beshigini ijod aylagin

O’sha mo’tabar zot ayoldir ayol

Barcha odomzotni bunyod aylagan

O’sha tabarruk zot ayoldir ayol



Muslima: Olloh mo’jizasi, naqshisan ayol,

Quvonch malikasi, taxtisan ayol.

Buyuk-buyuklikda sening tenging yo’q,

Bu yorug’ olamning baxtisan ayol.



Sevara: Ona azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ona deganda, avvalo, ko’z o’ngimizda ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Ona borki olam munavvar. Ona borki hayot go’zal va maftunkor. Biz barchamiz olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganamiz.

Boshlovchi: Izladim topmadi ko’ngil tasalli,

Yolg’izim, volidam umrini so’rdim.

Bu qanday hikmating, yo Haq Taolo

Onamning poyida Jannatni ko’rdim. Endigi navbat ajoyib hind raqsiga



Navbat: Hindcha raqs

Boshlovchi: Ayol. Uning qalbi jamiki ko’ngillarni mehru muhabbatining tafti ila isita oladigan muhabbat quyoshidir. Uning go’zal sifatlari shu qadar ko’pki, ularning barchasini sanab sanog’iga yetish mushkuldir. Ayni damda o’quvchilarimizdan onalarni tarannum etuvchi she’rlar tinglashda davom etamiz. Marhamat.

She’rlar:__Muslima'>She’rlar:

Muslima: Bisyor bo’lsa agar bol ham beqadr,

Takror aytilganda rangsizdir kalom,

Bu yorug’ olamda vatan bittadir,

Bittadir dunyoda ona degan nom.



Dilnoza: Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,

Siz umrim chirog’i, titiklar boshi.

Siz bilan munavvar jumlaiy jahon

Siz bu dunyoning buyuk sabr-bardoshi.



Zilola: Onam mening bahtim, mening hayotim

Mening borlig’im, ko’kdagi oyim

Yuragimda o’chmas mangu hayotim

Hudoyim onamni asragin doim



Umid: Tongda turib menga taxtlar tilagan,

O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan.

Yig’lasam yupatib boshim silagan

Hudoyim onamni asragin doim



Mansur: Qachon qaytmay eshig ochib kutganimsan

Mehring kabi qaynoq taom tutganimsan

Saksonda ham bolam deb g’am yutganimsan

Tanhoginam, mehriboning onajonim



Navbat: “Andijon polkasi” raqsi

Boshlovchi: Kuling kulgingizdan dunyo yasharsin,

Kuling kulgingizdan qalblar quvonsin,

Kuling kulgingiz samimiy bo’lsin,

Hayotingiz doimo quvonchga to’lsin.



Navbat: Endi navbat sinfimizning yosh iste’dodlariga. Ular o’zlarining kichkina sahna ko’rinishlarida sabr va bardoshli ayollarimizning bir kunlik mashaqqatli hayotlarini aks ettiradilar. (Sahna ko’rinishi)

She’rlar:

Shamsiddin: Beshik emas dunyo tebratgan

Qo’llarini o’psak bo’lur oz

Oyoqlaring ostida ekan

Jannar degan eng oliy e’zoz.



Ruxsora: Kimdir savol berdi aytgil Muhammad

Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga

Kimga ko’p yaxshilik

Aylay o’zing ayt

Ota-onamgami yoxud bolamga

Rasul javob berdi

Tingla birodar

So’zimni uch bora quloqqa ilgin

Imkon topa olsan dunyoda agar

Eng avval onangga yaxshilik qilgin.



Rayxon: Bir kuni devorga tekkanda boshing,

Ko’zingdan oqqanda achchiq ko’z yoshing.

Tog’lardek cho’ksa gar sabr-bardoshing

Kim tirgak bo’ladi swnga otangdek?

Kim kerak bo’ladi senga onangdek?

Har kimni do’st bilma, do’stligi yolg’on,

Davlating ketganda ketar begumon.

Yolg’izlik umringga bo’lganda mehmon

Kim yo’qlar holingdan bedor otangdek?

Kim bilar qadringni bemor onangdek?



Zarnigor: O’tguncha umringda g’amlar ziyoda,

Gohida otdasan, goho piyoda.

Bilginki, ey inson, bir kam dunyoda

Kim senga kuyadi ma’yus otangdek?

Kim seni suyadi munis onangdek?

Ranjitma ularni, ranjitmagin ko’p,

Sen emas ularning suyangani cho’p

Duoga ochilgan qo’llarini o’p

Hech kimsa kor bo’lmas senga otangdek,

Hech kimsa yor bo’lmas senga onangdek.



Navbat: “O’zbekistonim” qo’shig’i

She’rlar:

Yusuf: Tinglar do’stlar onajonlar so’zini,

Hech yoshlatmang ma’yus qora ko’zini.

Tirigida hurmat qiling o’zini

Keyin izlab topolmaysiz izini.

Onalarni siz ko’chaga tashlamang,

Tashlab ketib yuragini g’ashlamang.

O’lganida ko’zingizni yoshlamang

Keyin izlab topolmaysiz izini

Bahor kelsa bog’da bodom gullaydi,

Lekin onangiz hech qaytib kelmaydi.

Hayotligida qadrini siz bilmaysiz,

O’lganida izlab izlab yig’laysiz.



Zilola: Onajon yozmoqqa shoshildi qalam

Onajon men sizni juda so’g’indim

Faqat bitta narsa qiladi alam

Sizga o’xshamayman shunga og’rindim

Javobsiz savolga ko’mdim o’zimni

Qaldirgoch vadasi kuzgaacha ekan

Bir chetga qo’yayin q oshu ko’zimni

Xatto ko’nglimiz ham o’zgacha ekan



Gulchehra: Mayli kuling ustimdan

Yetmas qalbim nidosi

Madad bo’lar ortimdan

Onam qilgan duosi

Shodlik aylandsa g’amga

Ko’zlarim to’lsa namga

Kuch bo’lar deb bolamga

Onam qilgan duosi



Boshlovchi: Biz onalarga “Ona – buyuk zot”, “Ona muqaddas” , “Jannat onalar oyog’i ostida” deya ko’plab ta’rflar baeramiz, ularni hurmat qilamiz, e’zozlaymiz, jondan aziz ko’ramiz. Ammo ming afsuslar bo’lsinki bugungi kunda o’zini dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab, mehr berib voyaga yetkazgan o’z volidasini qarigan chog’ida beetibor mehrga zor qoldirib, zor qaqshatayotgan farzand deyishga ham noloyiq bo’lgan kimsalar uchramoqda. Hozir o’quvchilarimiz ijro etadigan sahna ko’rinishi mana shunday dolzarb mavzuga bag’ishlanadi. Marhamat tomosha qiling.

Navbat: “Onajon” sahna ko’rinishi

Navbat: arabcha raqs

Navbat: “Ona” qo’shig’i

Boshlovchi: Bugun o’quvchilarimiz o’z onalariga bo’lgan qalbidagi bor mehr-muxabbatini ko’rsatish, ularni xursand qilib, dillarini shod etishni niyyat qilishgan. Shu maqsadda ular siz aziz onajonlari uchun kutilmagan, ajoyib sovg’a tayyorlab kelishgan. Marhamat, bayram tabrigingizni qabul qiling, mehridaryo, aziz onajonlar.

Navbat: “Bu mening onam” qo’shig’i

Boshlovchi: Bugungi tadbirimiz uchun bizning dono o’quvchilarimiz faqatgina tabrik she’r-u qo’shiqlari bilan cheklanib qolmay, jamiyatimizning muhim muomolariga bag’ishlangan, pand-nasihatga yo’g’rilgan she’rlar ham tayyorlab kelishgan. Tinglang va xulosa qiling.

Navbat: she’r

Navbat: “Vatan” qo’shig’i

Boshlovchi: Umringiz bahordek bo’lsin-u, hech yomg’iri bo’lmasin,

Yozdek issiq bo’lsin-u, saratoni bo’lmasin,

Kuzdek to’kin bo’lsin-u, hech xazoni bo’lmasin

Qishdek oppoq bo’lsin-u, qaxratoni bo’lmasin.



Shuning bilan bugungi “Muqaddassan ayol” deb nomlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun tashakkur!
Download 20.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling