Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fanining maqsadi va vazifalari


Download 76.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.42 Kb.
#1831679
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- mavzu



Mavzu: Kirish.Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi 
Reja:
1. Raqamli qurilmalarni loyihalash haqida tushuncha 
2. Raqamli qurilmalar va signallar
Tayanch so’z va iboralar: Elektronika, mikroelektronika, signal, integral 
sxema, yarim o’tkazgich. 
Kirish 
Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining 
rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika 
maxsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq. 
Birinchi IMSlar 1958 - yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham
og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda 
uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, 
yarimo‘tkazgichli va gibrid. 
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida 
IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va 
axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi 
mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari 
haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim. 
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish 
 haqida tushuncha 
Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan 
ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar 
ko‘rinishida ifodalanadi. 
Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli 
(diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan 
bir signal ko

rinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta 
raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko

rinishida 
ifodalanadi. 
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga 
5


mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan 
tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli 
qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli 
qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarida 
ishlatiladigan 
raqamli 
qurilmalar 
turlarini, 
xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida 
yaratiladigan 
murakkab 
qurilmalarning 
texnologik 
va 
sxemotexnik 
xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va 
keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak 
bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. 
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, 
axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli 
qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. 
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda 
alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday 
elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari 
bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket 
tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar 
tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi: 
O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga 
yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki 
tezkor xotiraga «1» ni yozish. 

Download 76.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling