Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fanining maqsadi va vazifalari


Download 76.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.42 Kb.
#1831679
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- mavzu

kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi 
diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret 


qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar 
ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan 
raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi. 
Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi. 
Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr 
kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema 
bo‘lishi talab qilinadi. Kattalikning biri – 0 ga, ikkinchisi – 1 ga mos kelishi 
kerak bu esa hozirgi zamonaviy raqamli texnika mana shu kabi ifodalanish 
tizimiga asoslanganligini ko‘rsatadi. 
Integral mikrosxemalarning asosiy tushunchasi va klassifikatsiyasi 
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi 
bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar. 
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish 
bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa 
funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret 
elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi. 
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik
Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida 
yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga 
joylashtirilgan bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki 
bir qismi va elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. 
Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga 
ega. 
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra 
IMSlarning uchta prinsipial turi mavjud: yarim o‘tkazgichli, pardali va gibrid
Har bir IMS turi konstruksiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va 
komponentlar sonini ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. 
Element deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor
kondensator va boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga 
aytiladi va u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruksiyada yasaladi. 

Download 76.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling