Mavzu: Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fanining maqsadi va vazifalari
Download 76.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu
(
rinishida ifodalanadi. Analog ko‘rinishdagi signallarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalar, analog elektron qurilmalar (AEQ) deb ataladi. Signalning nazariy tomondan shaklla- nishi va uzatilishi mumkin qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshiriladi. AEQlar nisbatan sodda tuzilganiga qaramasdan, signalni ixtiyoriy funksional o‘zgartirishga qodirdir. AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega: 1. xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar qo‘shilishi, yoki temperatura va boshqa omillar ta’sirida qurilma parametrlarining o‘zgarishi natijasida signal boshlig‘ich ko‘rinishidan farqlanadi; 2. uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi; 3. axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi; 4. FIK qiymatining kichikligi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda AEQlardan foydalaniladi. Bunda AEQda axborot differensial tengla- malar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim o‘rin egallamoqda. Buning uchun analog ko‘rinishdagi birlamchi axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash. Uzluksiz signal x(/)ni ma’lum nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirishga kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi analog ko‘rinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kuchlanish U(t) yoki tok I(t) qiymatlarini mos ravishda o‘rnatilgan Uo va Io qiymatlardan qisqa vaqt- larga og‘ishi elektr impuls deb ataladi. Kvantlash natijasida signal ixtiyoriy emas, balki aniq, diskret deb ataluvchi qiymatlarni oladi. Uzluksiz kattalikdan farqli ravishda diskret kattalikning qiymati cheklangan bo‘lib, unda axborotning ma’lum qismi yo‘qolishi mumkin. Analog signallarni kvantlash natijasida hosil bo‘lgan elektr signallarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish uchun mo‘ljallangan qurilmalar - diskret elektron qurilmalar (DEQ) deb ataladi. Shu sababli DEQlarda kvantlangan signallar uchun elektron kalit sifatida tranzistorlardan (tranzistorning to‘yinish yoki berk rejimlari) foydalaniladi. Natijada, ularda sochiluvchi quvvat eng kichik bo‘ladi, issiqlik uzatilishining kichikligi sababli tranzistorlar qizishi kamayadi. Natijada, ular parametr- larining nobarqarorligi ham kamayadi. Impulslarni uzatishda signalga ta’sir ko‘rsatuvchi xalaqit yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqt qisqa bo‘lganligi sababli, DEQlarning xalaqitbardoshligi AEQlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Kvantlash turiga qarab DEQlar uch guruhga bo‘linadi: impulsli, releyli va raqamli. Impulsli elektron qurilmalar (IEQ)da birlamchi signal vaqt bo‘yicha kvantlanadi va odatda, o‘zgarmas chastotadagi impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiriladi. Bu jarayon impulsli modulatsiyalash deb ataladi. Impulslar ketma-ketligi to‘rtta parametrga ega: impuls amlitudasi, impuls uzunligi, impuls chastotasi va impuls fazasi (impulslar vaqt momentlari taktiga nisbatan olinadi). Shu sababli modulatsiyaning to‘rtta turi mavjud: • amplituda - impulsli modulatsiya (AIM); • kenglik - impulsli modulatsiya (KIM); • chastota - impulsli modulatsiya (CHIM); • faza - impulsli modulatsiya (FIM). Download 76.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling