Mavzu: Raqamli texnologiyalarni energetika tizimida qo‘llashning tajribasi


Byuro va uning hududiy tuzilmalariga energiya resurslarini etkazib berish hamda iste‟mol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar beriladi


Download 143 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi143 Kb.
#1587437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
вариант 17

Byuro va uning hududiy tuzilmalariga energiya resurslarini etkazib berish hamda iste‟mol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar beriladi:

  • energiya resurslari etkazib berilishi va iste’molini hisobga olishning to’liqligi hamda haqqoniyligi, hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan, shu jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishmagan holda tekshirishlar o’tkazish;

  • etkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning (keyingi o’rinlarda iste’molchi – yuridik shaxslar deb ataladi) bank hisobraqamlaridan so’zsiz undirish haqida bajarilishi majburiy bo’lgan inkasso topshiriqnomalari qo’yish;

  • etkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko’p bo’lmagan miqdordagi qarzdorlikni xodim – iste’molchilarning ish haqidan ushlab qolish haqida ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo’lgan talabnomalar yuborish;

  • energiya resurslari iste’moli, to’lovlarning o’z vaqtida va to’liqligini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar va fuqarolardan talab qilib olish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarga energiya resurslari uchun qarzdorlikni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy bo’lgan talabnomalar yuborish;

  • energiya resurslarini etkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiya qo’llash;

  • vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga energiya resurslarini etkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, energiya resurslari uchun hisobkitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmayotgan iste’molchilarga nisbatan jamoat ta’sir choralarini ko’rish haqida taqdimnomalar kiritish;

  • energiya resurslari uchun hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilmagan, Byuro talabnomalari ijro etilmagan hollarda, shuningdek, elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlari aniqlanganda, iste’molchilarni elektr hamda gaz tarmoqlaridan uzish;

  • energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bartaraf etilgan hamda to’lovlar to’liq amalga oshirilganda, ilgari elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo’yilgan iste’molchilarni qayta ulash;

  • e nergiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko’rish;

  • energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisoblash tizimini hamda uskunalarining sozlik holatini monitoring qilish.

«O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi energiya resurslarini etkazib berish, iste’mol qilish va o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga so’zsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini, shuningdek, energiya resurslari iste’molchilarining mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin», deyiladi farmonda.
Sud departamenti tugatiladi va uning davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan 1.301 ta bo’shatilayotgan shtat birliklari Byuroga o’tkaziladi.
Adliya vazirligi bir oy muddatda Sud departamenti balansida bo’lgan va u foydalanayotgan binolar, vositalar hamda boshqa moddiy-texnika qimmatliklarini Byuro balansiga o’tkazishni ta’minlaydi.
Tugatilayotgan Sud departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo’yicha Byuro uning huquqiy vorisi hisoblanadi.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling