Mavzu: Rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi reja
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi
Download 49.4 Kb.
|
14-mavzu
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (jo‘natish) bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qo‘yiladi. Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (jo‘natish) uchun mas’ul shaxslar vaqtinchalik bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan imzolangan dalolatnoma bo‘yicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak. 29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan mas’ul shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga ko‘ra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib ketiladi. 30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chog‘ida blankalar paketlari, to‘g‘ri joylanganligini aniqlash maqsadida, mas’ul shaxs tomonidan majburiy tartibda ko‘zdan kechiriladi, olingan o‘ramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda ko‘rsatilgan soniga muvofiqligi tekshirib ko‘riladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. 31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga olish va saqlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi. Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Daftarlarda o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. Rasmiy hujjatlar daftarlari ip o‘tkazib bog‘langan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Daftardagi jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. 32. Qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari po‘lat sandiqlarda yoxud yonmaydigan shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak. Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan po‘lat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki so‘rg‘ichlangan bo‘lishi kerak. Muhr yoki so‘rg‘ich rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanadi. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin. 33. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud bo‘lsa) jo‘natiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi. 34. To‘ldirish chog‘ida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha, har yili bir marta yo‘q qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga jo‘natiladi. Yo‘q qilish yondirib yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat bo‘lgan maxsus me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 36. Rasmiy hujjatlar yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishining har bir holati bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘riladi. Zarur hollarda, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslar bo‘yicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida Nizomga ILOVA Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling