Mavzu: Rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi reja
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan talablar
Download 49.4 Kb.
|
14-mavzu
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan talablar
9. Matbaa korxonalarida qat’iy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini ta’minlaydigan qat’iy tartib o‘rnatiladi. 10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. 11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib bo‘yicha mas’ul shaxs javob beradi. Matbaa korxonasida tartibning holati uchun mas’ul shaxs bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli bo‘linmalarning rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar. 13. Maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarning tezkor hisobi o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qat’iy hisobda turadigan maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq boshqa shaxslar javob beradilar. 14. Qat’iy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash bilan bog‘liq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari to‘g‘risida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi to‘g‘risida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak. 15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va uning tepasiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. O‘chirib yozish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun mas’ul shaxs qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni o‘rganishni tashkil etadilar hamda bir yilda kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qo‘ygan holda ushbu tartib bo‘yicha bilimlarni tekshiradilar. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qo‘yilishi oldidan uning tartib bo‘yicha bilimlari jurnalga belgi qo‘yilgan holda albatta tekshiriladi. 17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi. Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 18. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan sexlar binolarini, ustaxonalar, bo‘limlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli bo‘linmalarning boshliqlari, o‘rinbosarlari yoki katta smena ustalari, qo‘riqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin muhrlarning butunligi puxta ko‘zdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi. Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qat’iy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir bo‘lmagan taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi. 19. Ish tamom bo‘lgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq omborxonalar yong‘indan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda qo‘riqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, o‘rinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi. Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qo‘riqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan mas’ul shaxsga saqlash uchun topshiriladi. 20. Sexlar, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar shaxslar hozir bo‘lmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning o‘rinbosari yoki korxona bo‘yicha mas’ul navbatchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga beriladi. 21. Qat’iy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan, matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 22. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli alohida qo‘riqchi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 23. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar: xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm o‘lchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri bo‘ladi). Ruxsatnomalar nazorat-o‘tkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda o‘zining tartib raqamini aytadi, qo‘riqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda bo‘ladi). Ish tugagach nazorat o‘tkazish punktidan o‘tayotganda xodim ruxsatnomani qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi uni kartotekaga biriktirib qo‘yadi. 24. Maxsus uchastkaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun mas’ul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda kiritiladi. 25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bug‘ qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga ma’muriyat ruxsati bilan ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar bo‘yicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi bo‘lmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos bo‘lgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri bo‘ladi. Ruxsatnomada nazorat koreshogi bo‘ladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar ko‘rsatiladi. Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma “yirtib olingan” joyiga yopishtirib qo‘yiladi. Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish chog‘ida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani to‘g‘risida (vaqtini ko‘rsatgan holda) belgi qo‘yadi. Qo‘riqchiga belgi qo‘yilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa qo‘riqchidagi alohida kartochkada qoladi. Keluvchining uncha katta bo‘lmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida bo‘lishiga uning ma’muriyati vakili ishtirokida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat ko‘rsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va xo‘jalik sumkalari bo‘lgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qat’iyan taqiqlanadi. 26. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus uchastka derazalari maxsus to‘siqlar va qoidaga ko‘ra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qat’iy hisobda turadigan qog‘ozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor matbaa va shaklli buyumlarning yo‘qolishiga hamda o‘g‘irlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling