Mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari Reja


Download 421.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi421.62 Kb.
#1134794
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu



Mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari 
Reja: 
1. Rasmiy uslub va uning ahamiyatli jihatlari. 
2. Rasmiy-idoraviy uslubning leksik, semantik, morfologik xususiyatlari. 
3.Rasmiy- idoraviy hujjat turlari
Rasmiy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va 
davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq 
uslubidir. Mazkur uslub hujjatchilik xarakteri bilan boshqa uslublardan ajralib 
turadi. Rasmiy yozishma va hujjatlar iqtisodiy, yuridik va diplomatik 
munosabatlarda, ma’muriy - davlat idoralarida ishlatiladi. Shunga ko‘ra rasmiy 
uslubda yuridik qonunlar, diplomatik yozishmalar, farmonlar, qarorlar, 
ko‘rsatmalar, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e’lon va xabarlar, yozishmalar va shu 
kabi hujjatlar yoziladi. 
Rasmiy yozishma va hujjatlar tilining qo‘llanish doirasi keng va xilma-xil 
bo‘lganligidan, uning tarkibi ham turlichadir. Fikrning sodda, qisqa, aniq ifoda 
etilishi rasmiy ish qog‘ozlari uslubining asosiy talabidir.
 O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan bugungi kunda o‘zbek tilida 
mukammal hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi. 
Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardan ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga 
muvofiq tashkil etishda,umuman,boshqaruv sohasida hujjatlarning o‘rni va 
ahamiyati beqiyosdir. Ayni paytda hujjatlar matnini tuzish boshqaruv apparati 
faoliyatidagi eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir. Bu jarayonning oqilonaligi 
va samaradorligini oshirmasdan turib umumiy boshqaruv madaniyatini yuksaltirib 
bo‘lmaydi. 


Rasmiy-idoraviy 
hujjatlarni 
tayyorlashda 
tinish 
belgilarining 
qo’llanilishi. 
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn 
mazmuni 
tarkibiy 
qismlarining 
ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri 
qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. 
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: 
- bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan 
yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi; 
- hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan 
yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi
- hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qo‘shimcha 
qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi; 
- shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan 
so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ... 
Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining 
to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali 
vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va 
matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va 
ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. 



Download 421.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling