Yakuniy nazorat savollariga javoblar


Download 126 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi126 Kb.
#1165826
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YAKUNIY JAVOB o\'zbek tili


YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR

  1. O‘zbektiliningsohadaqo‘llanilishi” faniningmaqsadvavazifalariniayting.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “ Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda “O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANISHI” fanini o‘qitishdan maqsad bakalavrda til, atamashunoslik, matn, nutq asoslarini shakllantirishdan iboratdir.Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-manaviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.Fan deyarlibarcha fan sohalaribilanchambarchasbog‘liqdir.

  1. Ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aytib bering.

Fan, texnikavaishlabchiqarishbilanbog'liqbo'lganvazifaviyuslublardanbiri.
Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'rif) larga boy bo'lishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi.
Misoluchun: Yomg'ir- suyuq tomchi holida giatmosfera yog'ini. Tomchining diametri 0.5-0.6 mm bo'ladi.
XUSUSIYATLARI

  • Dalillarning aniqligi;

  • Mantiqiy asoslanganligi;

  • Tavsifiy izchillik;

  • Ilmiy terminlarning ko'proq qo'llanilishi;

  • Gap bo'laklarining tushib qolishi kam uchrashi;

  • Adabiy me'yorga rioya qilish;

  • Shevaga yo'l qo'ymaslik.



  1. O‘zlashgan so‘zlarga 9 ta misolayting.

O`zlashgan qatlam. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin:
1. Tojikcha so`zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.
2. Arab tilidan o`zlashgan so`zlar. Arabcha so`zlar o`zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog`, idora kabi.
3. Ruscha-internotsional so`zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o`zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko`plab so`zlar o`zlashdi.
4.Gibrid usulda (rus+o‘zb) yasalgan 9 ta terminyozing
 Turli tillarga mansub so‘z birliklardan hosil bo‘lgan (gibrid) qo‘shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so‘zlarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo‘shma so‘zlar3” yoki gibrid terminlar4 deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo‘ladi:
a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o‘zbekcha komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishga ega bo‘lgan so‘z-terminlardan iborat bo‘ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, yodmoy va boshqalar.
b) baynalmilal komponenti avto-, azo-, nitro-, psevdo- singari aniqlovchilar bilan ifodalangan gibrid terminlar. Masalan, avtosug‘orgich, agroqoida, azoqo‘shilma, allodolchin kislota, antixossa, aeropurkagich, geteroqutbiylik, gidroqurilma, izotuzilish, makrodunyo, mikroiqtisod, pnevmog‘ildirak, psevdoko‘paytma, protoyulduz, fotoqog‘oz, infraqizil, ultrako‘paytma, multiturg‘unlik, videoyozuv kabi.
5. Kafolatxatining zaruriyqismlariganimalarkiradi?

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling