Mavzu. Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
Download 220.18 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq. Quyidagi matnni o’rganing va o’g’zaki bayon qiling.
11-MAVZU. RASMIY – IDORAVIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Mashg’ulot rejasi: 1. Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari. 2. Hujjat va uning turlari. 3. Hujjatlarning zaruriy qismlari. 4. Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi.
Ish yuritish hujjatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: 1.Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar). 2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, farmoyish). 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). 4.Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar). Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Yo`riqnoma qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Korxona, tashkilot, muassasaning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o`rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Nizom-ustav tashkilot yoki uning tarkibiy bo`linmalari, kichik yoki qo`shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibini bеlgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nizom turli tadbirlarga nisbatan
ham tuzilishi mumkin. Nizom muassasalar tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi.
Download 220.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling