Mavzu: ravish so‘z turkumi sifatida. Mavzu rejasi
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari
Download 498.69 Kb. Pdf ko'rish
|
\'RUZA. RAVISH SO‘Z TURKUMI SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ravish tahlili namunasi 1. So`rog`i. 2. Ma’no turi. 3. Darajasi. 4. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari. Ravish tuzilishiga ko`ra: 1)
sodda, 2) qo`shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo`ladi. Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. 9 Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta- asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi. Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. Ravish tahlili namunasi 1. So`rog`i. 2. Ma’no turi. 3. Darajasi. 4. Otlashgan yoki otlashmaganligi. 5. Tuzilish turi. 6. Tub yoki yasamaligi. 7. Gapdagi sintaktik vazifasi. Takrorlash uchun savollar 1. Ravishning ta’rifi va so`roqlari haqida gapiring. 2. Ravishlar qanday so`zlarga boјlanib keladi? Misollar keltiring. 3. Ravishlarning daraja ko`rsatish xususiyatlari haqida gapiring. 4. Holat ravishlari haqida gapiring. 5. Payt ravishlari haqida gapiring. 6. O`rin ravishlari haqida gapiring. 7. Sabab ravishlari haqida gapiring. 8. Maqsad ravishlari haqida gapiring. 9. Daraja-miqdor ravishlari haqida gapiring. 10. Daraja-miqdor ravishlari qanday turlarga bo`linadi? 11. Ravishlar qo`shimchalar yordamida qanday so`z turkumlaridan yasaladi? 12. Qo`shma ravishlar qanday yasaladi? 13. Qo`shma ravishlar qaytarzda yoziladi? 14. Juft ravishlar qanday yasaladi? 10 15. Takroriy ravishlar qanday yasaladi? 16. O`rin-payt va chiqish kelishigi shaklida ravishga aylangan so`zlar haqida gapiring. 17. Qanday so`zlar ravishga ko`chadi? 18. Ravishlarning otlashishi haqida gapiring. 19. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring. 20. Ham holat, ham daraja-miqdor ravishlari guruhiga kiruvchi so`z haqida gapiring. 21. Sifatga boјlanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring. 22. Boshqa turkum so`zlari ravishga aylan-ganda qanday qo`shimchalarni olgan bo`ladi? Download 498.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling