Mavzu: ravish so‘z turkumi sifatida. Mavzu rejasi
Download 498.69 Kb. Pdf ko'rish
|
\'RUZA. RAVISH SO‘Z TURKUMI SIFATIDA
Ravishlarning yasalishi. O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul,
affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi. Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: -an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi. -cha: o`zbekcha, yangicha, boshqacha, o`zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. 7 -incha: ko`pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -larcha: o`rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo`lligicha kabi. Bu affiks sifat, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi. -ona: do`stona, fidokorona, g`olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi. -lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko`plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo`shiladi. -siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo`shilib ravish yasaydi. -siz, be-: tinimsiz, to`xtovsiz, beto`xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. -day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo`shilib ravish yasaydi. Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan qo`shma va juft ravishlar yasaladi. Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi: 1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi; 8 2) ko`rsatish olmoshlariga yon, yer, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu yer, shu yoqqa, shu yonda, bu yerda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u yerdan kabi; 3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi; 4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi. Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi. Juft ravish quyidagicha yasaladi: 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam- badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi; 4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar- bilinmas kabi. Boshimga olma o'raydigan yog'och qirindisidan yostiq qilib rohat-rohat uyquga ketdim. Download 498.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling