Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
Download 8.26 Kb.
|
Ravish so\'z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIBoshlang’ich ta’lim yo’nalishi2-bosqich216-guruhAxrarova ZiyodaRavish so’z turkumiRavish turkumi Ravish harakat va holatning belgisini yoki belgining belgisini ko’rsatuvchi so’z turkumidir. Ravishlar o’zbek tilida ko’pincha fe‘lga bog’lanib, harakatning bajarilishidagi turli xil belgi va holatni anglatadi; gapda hol vazifasida keladi:O’zbek tilida ravishlar anglatgan ma‘nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Holat ravishlari : asta, sekin,tez, darrov, darhol; arang, zo’rg’a , to’satdan,qo’qqisdan, behosdan; birga — do’stona kabi.O’rin ravishlari : oldinga, olga ; nariga, u yerga ; u yoqqa, bu yoqqa ; bu yerda, shu yerda ; bu yerdan, shu yerdan ; har yerda, har qaerda; allaqaerga; allaqaerda; allaqaerdan - kabi. Bunday ravishlar qayerga? qayerdan? so’roqlariga javob bo’ladi.Payt ravishlari : hozir , bugun,endi, kecha, ertaga, doim, har vaqt, hamisha, oldin, avval , keyin, so’ngra kabi.Sabab va maqsad ravishlari : noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan , atayin, ataylab qasddan- kabi. Miqdor-daraja ravishlari — yana, tag’in — oz, kam, picha, oz-moz —, ko’p, mo’l — qisman — juda, g’oyat, eng — ; sal-pal — ; haddan tashqari — , kabi.O’zbek tilida holat ravishlarining ko’pchiligida formal ko’rsatkich yo’q. Ravishlar, asosan, harakatning belgisini bildirib, gapda hol bo’lib keladi: U tez yurdi. Men ko’p ishladim kabi. Ammo ravishlar ba‘zan otga bog’lanib, gapda aniqlovchi bo’lishi ham mumkin: U tez odam. Hozirgi vaqtda ko’p mutaxassislar oliy ma‘lumotga ega.O’zbek tilida bu xil ravishlar yo’q, shu sababli bunday ma‘no sanoq songa marta, karra kabi numerativ so’zlarni biriktirish bilan ifodalanadi. Har ikki tilda ayrim ravishlar daraja kategoriyasiga ega: tez —, sekin, tezroq, sekinroq— kabi. O’zbek tilida bunday ravishlarning ma‘nosi turli leksik va sintaktik vositalar yoki hatto shaxsli gaplar orqali beriladi: — Bugun issiq. Bu yerda hamma shodu xurram.Ravish turkumi bo`yicha test savollari: 1. Rahim yugurib keldi-yu, birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da, shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan? A) yugurib, birpas, shoshib B) yugurib, shoshib, birpas, shuondayoq C) shuondayoq D) birpas, nari-beri, shu ondayoq 2. Chang va tutundan mashina va odamlar zo‘rg‘a ko‘rinar edi. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning turini aniqlang. A) holat ravishi B) payt ravishi C) daraja-miqdor ravishi D) sabab ravishi3. Salimaning ko‘ngli joyiga tushdi va aybdorlarcha tabassum bilan yigitga qaradi. Ushbu gapda ravish qanday vazifada kelgan? A) hol B) sifatlovchi-aniqlovchi C) ega D) qaratqich-aniqlovchi 4. - Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib (A.Qahhor) Ushbu gapdagi axir so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub? A) yuklama B) ravish C) sifat D) modal so‘z5. Dam o‘tmay, a’lochi o‘quvchilarni birin-ketin nom-banom chaqirishib, xonalarga taklif qilishdi. Shugapdagi ravishlarni toping.A) dam o‘tmay B) nom-banom, birin-ketin C) xonalarga, nom-banom, a’lochi D) dam o‘tmay, nom-banom, birin-ketin6. Qaysi javobda ravish qatnashgan? A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman. B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim. C) Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb turibdi. D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar. 7. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? A) yugurib, harsillab, shoshib B) arang, mardlarcha, jim C) dir-dir, kuyinib, yumshoq D) olg‘a, qiynalib, ko‘p8.Qaysi gapda sodda yasama holat ravishi ishtirok etgan? A) Dushman bilan tortishayotganingizda ham mardlarcha fikr bildiring. B) Ular asta-sekin ko‘zdan olislab borishardi, biz esa ularni kuzatib qoldik. C) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda yanada tezroq yuguradi. D) Kemtik oy cho‘qqilar orasidan mo‘ralaydi, Jamila esa oyga termilib zavqlanardi. 9. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan? A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. B) Tong otgach, yo‘lga tushdik. C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda. 10. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan? A) G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi. B) U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi. C) Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman. D) Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi.E’tiboringiz uchun raxmatDownload 8.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling