Mavzu: rdb stanoklarning koordinat tizimi


RDB dastgohlarini texnologik imkonini quyidagicha shakllantirish mumkin


Download 95.27 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi95.27 Kb.
#1588652
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RDB STANOKLARNING KOORDINAT TIZIMI.

RDB dastgohlarini texnologik imkonini quyidagicha shakllantirish mumkin:


  1. Murakkab shakldagi detallarni, bitta o‗rnatishda, avtomatik boshqarish (ma‘rom) da ishlov berish imkoni;

  2. Yordamchi ishlarni (keskichlarning siljitishini va ularning almashtirish) avtomatlashtirish;

  3. Ishchining malakasi, tajribasi va bilimidan qat‘iy nazar kesish ma‘romini boshqarish;

  4. Ko‗p dastgohlarni boshqarish;

  5. Bir detaldan boshqa detalga ishlov berishga o‗tish uchun tez sozlanuvchanligi;

  6. Ishlov beriladigan o‗lchamlarni sifatini o‗zgarishsiz qaytarilishi, ishchining malakasiga bog‗liq emasligi;

  7. Ishlov berish vaqtining doimiyligi.

RDB dastgohlarida detallarga ishlov berish texnologik jarayonlarning loyihalashni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:


  1. RDB dastgohida ishlov beruvchi detallar sonini tashkiliy texnik talablarni hisobga olingan holda aniqlash;

  2. Chizmalarni texnologik nazoratdan o‗tkazish;

  3. Har bir ishlov berish uchun texnik sharoit ishlab chiqilib, so‗ng texnologik jarayonning marshrutini loyihalash;

  4. Zagotovkani o‗rnatish sxemasini, dastgoh modeli va texnologik o‗tishlarni hisobga olib, texnologik jarayonlarning operatsiyalarnini loyihalash.

  5. Kesuvchi asboblarni tanlab, kesish ma‘romi hisoblanib olish o‗tishlararo texnologik jarayonni loyihalash;

  6. Keskichning harakatini hisoblash va uning trayektoriyasini qurish;

  7. Hisob-texnologik karta (HTK)ni to‗ldirish;

  8. Boshqaruvchi dasturni kodlashtirish;

  9. Dasturni qamrovchi sistemaga dasturni yozish;

  10. Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun olingan detalga ishlov berish orqali) o‗tkazish.

Bosqichlarni mazmuniga asosan to‗liq ko‗rib chiqamiz. Tannarxni yuqoriligi, detallardagi egri chiziqlarni va shakldor yuzalarning mavjudligi, ularning shaklini murakkabligi boshqaruvchi dasturlarni tayyorlashni murakkabligi hisobiga bunday detallar, universal dastgohlarga nisbatan olinganda, RDB dastgohlarda ishlov berish maqsadga muvofiq, ya‘ni detalning shakli qancha murakkab bo‗lsa, qoplash davri shuncha kam bo‗ladi. Bu borada zagotovkani dastgohga o‗rnatish qulay bo‗lishi va bu o‗rnatishda uning bir necha tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur.
Odatda, RDB dastgohlarida ishlov berish xolatini kamaytirish uchun bunday yuzalarni oldindan boshqa, universal dastgohda ishlov berilib,
zagotovkani shu ishlov berilgan (toza) yuzasi bilan RDB dastgohiga o‗rnatish qulay va lozim. Detallarga ishlov berishni RDB dastgohiga o‗tkazish natijasida, universal dastgohlar uchun tuzilgan texnologik operatsiyalar soni 3-4 va undan ortiq operatsiyalarga qisqartirilgan bo‗lish kerak. RDB dastgohining aniqligi detal chizmalarini aniqligiga mos kelishi, ishlov berishda bajariladigan ishning hajmi, 0,1 soatni tashkil etishi ko‗p dastgohdan foydalanish imkonini yaratadi.
Shuni aytib o‗tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan partiyadagi detallarning soni 30-80 donani tashkil etib ularning bir yildagi qaytarilishi 8-10 marta bo‗lishi iqtisodchilar tomonidan hisoblanib qulayligi isbot qilingan.
Detallarning chizmalarini texnologik nazoratdan o‗tkazib, uning alohida elementlarini o‗zgartirish yo‗li bilan RDB dasturiga kiritish va uni avtomatik ravishda ishlov berishga moslash uchun quyidagi o‗zgartirishlar kiritish mumkin:

  1. Tokarlik ishlov berish uchun dumaloq bo‗rtiq (galtel) va Lx45 faska bilan almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga o‗xshashlar bir ko‗rinishga olib kelinadi;

  2. Parmalash, texnik yo‗nish va frezerlashda (texnik diametri va chuqurligi, aylanmalar radiusi va ularning konturlarini biriktirish va sh.o‗.) ishlov beriladigan o‗lchamlar bir ko‗rinishga keltiriladi:

  3. Yo‗niluvchi teshiklarda ariqchalar, ichki toreslarga ishlov berish, M6 va undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga to‗g‗ri kelmaydi.

RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan o‗lchamning aniqligini, kesishlar ma‘romini va dastgohlarni tanlashda hisobga olinada.
Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal konturi bo‗ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash asosiy bosqichlardan biri bo‗lib hisoblanadi.
Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida olingan kadrlarga – qayta ulashni (qayta ishga solish) boshqalarini buyrug‗i, keskichni elementar siljishi, uni almashtirish va sh.k. birin-ketin imkonga qarab joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan. Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish harakatga mos keluvchi impulslar orqali tasvirlanadi. Boshqaruvchi buyruqlarning hamma kadrlar RDB dastgohini texnik pasportida ko‗rsatilgan bo‗ladi.
Boshqarish dasturiga, dasturchi tomonidan, elektron qurilmani (masalan, EHM) klaviatura (tugmachalar)si yordamida yozib olinidi. So‗ng, shu qurilma yordamida, dastur magnitlashgan impuls ko‗rinishi (magnit tasmaga) yoki
kadrlararo joylashtiriluvchi teshiklar bilan qog‗oz tasmaga (dastur qamrovchi sistemaga) o‗tkaziladi.
Boshqaruvchi dasturiga ma‘lumot RDB dastgohini elektron sistema orqali o‗qilib, kadrma-kadr dastgohni ish bajaruvchi organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‗g‗ri yozilganligi, masalan frezerlash dastgohlarida chiziq (iz) qoldirish usulida tekshiriladi. Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog‗oz mahkamlanadi. Qog‗ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni to‗g‗riligiga ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali to‗g‗rilanadi.
RDB dastgohlar uchun detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida bajariluvchi o‗tishlarning mumkin qadar maksimalligini ta‘minlashuviga intilish lozim, ya‘ni birgina operatsiyada qancha ko‗p yuzalarga ishlov berilsa, universal dastgohlarda ishlov berishga nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar ko‗p o‗tishlarni to‗plash (bajarish), oldinda aytib o‗tilganidek, dastgohda zagotovkani o‗rnatish sxemasini to‗g‗ri tanlash uchun qulay shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Operatsiyalarda o‗tishlarni ketma-ketligini bajarishda RDB dasturiga kiritilgan avtomatik va tiniq ishlov berish sikllarini va yuqor ish unumdorligini ta‘minlay olish imkonini beruvchi qisqichini harakatlanish ish sxemasini hisobga olish kerak. Shuni hisobga olib, frezerlash va parmalash-frezerlash- teshik yo‗nish dastgohlarda doiraviy - yo‗li bilan qora va toza teshik yo‗nishi o‗rniga teshik diametiridan kichik bo‗lgan konussimon freza bilan teshik diometirini konturi bo‗ylab bir marta o‗tish tavsiya etiladi. Bu ishlov berish uchun unumdorligini oshiradi va sozlovchi asboblar sonini kamaytiradi.
Bir turdagi bir xil o‗tishlarni bajarish uchun kesuvchi asboblarni tanlashda bitta asbob (masalan, utuvchi keskich) dan foydalanish foydali bo‗ladi. RDB dastgohlaridigi asboblar kallagini imkoni asboblarning sonini oshirishini cheklab qo‗yadi. Asboblarning sonini kamaytirish uchun ko‗p asbob o‗rnatish joyiga ega bo‗lgan – ikkita kesuvchi plastina o‗rnatiluvchi plastinali parmaladan (parmalash, texnik yo‗nishda) foydalaniladi. Mexanik ishlov berish jarayonining o‗tish ishonchliligini oshirish maqsadida RDB dastgohlarninig kesish ma‘romini normativdagilarga nisbatan 10-15 pasaytirilib qo‗llaniladi.
RDB dastgohlarni o‗ziga xos xususiyatlaridan biri ishni bajarish boshlang‗ich nuqtasini tanlash yoki detal va asbobning koordinata sistemasini dastgohni koordinata sistemasi bilan bog‗liqligini ta‘minlashdan iborat.
Keskichni joylashib turgan o‗rnidan, dasturda berilgan buyruqqa asosan, ishni boshlash nuqtasiga boshlang‗ich nuqta deyiladi. Uning koordinatalari dastgohni no`l nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Dastgohni no`l nuqtasi bu uning koordinatalar sistemasini boshlanishidir. RDB dastgohlardan o‗ng tomonli to‗g‗ri burchakli XYZ sistema qabul qilinib, bunda Z o‗qi har doim shpindelni aylanish o‗qiga parallel yo‗nalgan va uni musbat yo‗nalishi parma yoki frezani detaldan chiqish yo‗nalishiga mos tushadi.
Dastgohlarning no`l nuqtasi stnadartlashtirilgan. Shuning uchun u moslamani bazalash yuzasiga, yoki stolni aylanish markaziga va sh.k. nisbatan qabul qilinadi. Dastgohni no`l nuqtasi to‗g‗risidagi ma‘lumot, uni elektron sistemasiga ―dastgoh absalyut no`l‖ holati deb kiritiladi. Bunda detal qilinishi mumkin. Buning uchun absalyut no`l nuqtaning koordinatasini absolyut no`l nuqtaga nisbatan qayta hisoblab chiqish kerak.
HTK ni tayyorlashda har bir keskichning traektoriyasi alohida chiziladi. Farqlash uchun keskichni tezlashtirilgan va ishchi siljishlari boshqa-boshqa rangli chiziqlar bilan chizilishi tavsiya etiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi dasturni tuzishda dastgohda tartib bilan bajarish mumkin bo‗lgan, bajariladigan ishlarni va o‗tishlarning kadrlararo kodlashtirilgan ro‗yxati tuzilishi zarur.
Download 95.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling