Mavzu: Reaksiya tartibini topishning Ostvald-Noes, Vant Goff va boshqa usullari


Download 34.78 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1494400
1   2   3   4   5
NAZORAT SAVOLLARI
1. Kimyoviy kinetika nimalarni o’rganadi? Unga misollar keltiring.
2. Qanday kinetikaga rasmiy (formal) kinetika deyiladi?
3. Kimyovmiy reaksiyalar qanday sharoitlarda olib boriladi?
4. Reaksiya tezligi deb nimaga aytiladi? Uning mohiyatini tushuntiring.
5. Tezlik konstantasi nima? U nimalarga bog’liq bo’ladi?
6. Kimyoviy reaksiyalar qanday belgilarga ko’ra sinflanadi?
7. Mono– , bi– va trimolekulyar reaksiyalarni tushuntiring.
8. Qanday reaksiyalar oddiy reaksiyalar hisoblanadi? Unga misollar keltiring.
9. Murakkab reaksiyalarg qanday reatsiya kiradi? Misollar keltiring?
10. Monomolekulyar qaytar va bimolekulyar qaytar reaksiyalar qanday bo’ladi?
MAVZUGA OID IBORALARNING IZOHLI LUG’ATI
Kimyoviy kinetika – kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘limot bo’lib, u kimyoviy reaksiyalarning tezligiga turli omillarning ta‘sirini o’rganadi.
Rasmiy kinetika – kimyoviy reaksiyalarning o’zgarmas haroratda reaksiya tezligi bilan reagentlarning konsentratsiyasi orasidagi bog’lanishni tekshiradigan sohasidir.
Statik sharoitdagi reaksiya – berk idishda, ya‘ni o’zgarmas hajmda olib boriladigan reaksiyadir.
Dinamik sharoitdagi reaksiya – bu usulda reagentlar reaksiya borayotgan hajmdan (masalan, trubkadan) uzluksiz yuborilib turiladi.
Reaksiya tezligi – reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarishi bo’lib, vaqt o’tishi bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi kamayib boradi.
Tezlik konstantasi – massalar ta‘siri qonuniga muvofiq quyidagi reksiya borayotgan bo’lsa:
aА + вВ = dD + gG
reaksiyaning tezligi quyidagicha qayd etiladi:
V = K [A]а [В]в
Bu yerda, K – proportsionallik koeffisienti bo’lib, u reaksiyaning tezlik konstantasi deb ataladi.
Reaksiyalarning molekulyarligi – bir vaqtda to’qnashib kimyoviy reaksiyaga kiruvchi molekulalar soni bilan belgilanadi. Molekulyarligiga ko’ra reaksiyalar bir molekulali (monomolekulyar), ikki molekulali (bimolekulyar) va uch molekulali (trimolekulyar) sinflarga bo’linadi.
Oddiy reaktsiyalar – bir vaqtning o’zida bitta reaksiya borishi bo’lib, ularga mono–, bi– va ko’p molekulali reaksiyalar misol bo’lishi mumkin.
Monomolekulyar reaksiyalar – bunday reaksiyalar quyidagi sxematikaviy ravishda ifodalanadi: А  В + С + ... Bu xil reaksiyalarga ba‘zi ajralish reaksiyalari, molekulalar ichida atomlarning qayta guruhlanishi, izomerlanish reaksiyalari kiradi.
Bimolekulyar reaksiyalar – bunday reaksiyalarning sxematikaviy ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:
А + В = reaksiya mahsuloti.
Murakkab reaktsiyalar – bir vaqtning o’zida bir necha oddiy reaksiyalar yonma – yon, ketma – ket borishidir. Bunday reaksiyalar yonma – yon borishiga qaramasdan bir – biriga bog’liq bo’lmaydi, ularning har biri mustaqil tarzda amalga oshishadi.



Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling