Mavzu: Reaksiya tartibini topishning Ostvald-Noes, Vant Goff va boshqa usullari
MURAKKAB (YOKI QAYTAR) REAKSIYALAR
Download 34.78 Kb.
|
16.5. MURAKKAB (YOKI QAYTAR) REAKSIYALAR
Yuqorida ko’rib o’tilgan oddiy reaksiyalar orasida bir vaqtda boradigan faqat bitta reaksiyalar kam uchraydi. Ko’pincha bir vaqtning o’zida bir necha oddiy reaksiyalar yonma – yon, ketma – ket boradi. Bunday reaktsiyalar murakkab reaksiyalar deb ataladi. Murakkab reaktsiyalar kinetika ta’limotiga ko’ra yonma – yon yoki ketma – ket boradigan oddiy reaksiyalar bir – biriga bog’liq bo’lmaydi, balki har qaysi oddiy reaksiya bir vaqtning o’zida mustaqil (ya‘ni bir – biriga xalal bermasdan) boradi degan taxminga asoslangan. Bu taxminga ko’ra, ma‘lum sistemada bir vaqtning o’zida bir necha reaksiya borsa, bu reaksiyalarning har biri ham massalar ta‘siri qonuniga bo’yso’nadi. Murakkab reaksiyalardagi oddiy reaksiyalar yonma – yon borayotgan bo’lsa, bu murakkab reaksiyalarning umumiy tezligi oddiy reaksiyalar tezliklarining algebraik yig’indisiga, agar ketma – ket borayotgan bo’lsa, eng sekin borayotgan reaktsiya tezligiga teng. Qaytar reaksiyalar. Monomolekulyar ravishda chapdan o’ngga va o’ngdan chapga boruvchi reaksiyalar ham mavjud. Quyidagi reaksiyalar monomolekulyar qaytar reaksiyalardir: Ammoniy tiosionat tiomochevina NH4NCS (NH2)2 CS bir – biriga aylanuvchi izomerlar reaksiyasi, masalan: d – menton I – menton Bunday reaksiyalarni umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: Bunday reaksiyalarning umumiy tezligi: bo’ladi. Bu yerda К1 – to’g’ri reaksiyaning tezlik konstantasi, К2 – teskari reaksiyaning tezlik konstantasi. Bimolekulyar qaytar reaksiyalar. Bimolekulyar qaytar reaksiyalarga murakkab efirlarning ishqorlanishi, vodorod yodidning ajralishi misol bo’la oladi. Bunday reaksiyalarni umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: Bunday reaksiyalarning tezligi bo’ladi. Bu yerda, а, в, с, d – reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning dastlabki konsentrasiyalari. Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling