Mavzu: Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish hisobiga energiyani tejash


Download 82.5 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi82.5 Kb.
#1209886
  1   2   3
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Mavzu: Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish hisobiga energiyani tejash

  • Reja:
  • Reaktiv quvvat tushunchasi. Reaktiv quvvat iste’molchilari
  • 2. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash. Tabiiy va sun’iy usullari.

Reaktiv quvvat tushunchasi.

  • Manba va yuklama o‘rtasida doimiy oqayotgan quvvat – Reaktiv kuvvat deb nomlanadi (Q).
  • Q = U I sinθ
  • Reaktiv quvvat – reaktiv hossalari tufayli iste’mol qilingan va keyin yuklama bilan qaytariladigan quvvat.
  • Reaktiv quvvat energiyasi avval to‘planadi, so‘ngra induktivlik shaklida magnit maydon orqali yoki kondensatorning elektr maydon orqali chiqariladi. Reaktiv quvvat induktivlik yuklamasi uchun musbat (+Ue) va sig‘im yuklamasi uchun manfiy (-Ue) bo‘lishi mumkin.
  • Reaktiv quvvatni o‘lchash birligi-reaktiv volt-amper (var):
  • 1 var = 1V · 1A.
  • Oddiy qilib aytganda, reaktiv quvvat birligi 1V · 1A tomonidan ishlab chiqarilgan magnit yoki elektr maydonining kattaligini aniqlaydi.

Reaktiv quvvat iste’molchilari

  • Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi iste’molchilarning elektr tarmoqlariga bir vaqtning o‘zida ham aktiv, ham reaktiv energiya ko‘rinishida uzatiladi. Iste’molchilarning bir qismi tarmoqdan sof aktiv quvvatni iste’mol qiladilar (elektr cho‘g‘lanma lampalar, isitish asboblari, qarshilik pechlari), bunda tok fazasi bo‘yicha qo‘yilgan kuchlanish bilan mos keladi. Iste’molchilarning zanjirida induktiv qarshilikka ega bo‘lgan boshqa qismi ish jarayonida faqatgina aktiv emas, balki elektr magnit maydonlarini hosil qilish uchun reaktiv quvvatni ham iste’mol qiladilar (elektr dvigatellar, payvandlash va kuch transformatorlari).
  • Elektr uskunalari tomonidan iste’mol qilinadigan aktiv elektr energiyasi energiyaning boshqa turlariga: mexanik, issiqlik energiyasi hamda siqilgan havo va gaz energiyasiga aylantiriladi. Aktiv energiyaning ma’lum foizi yo‘qotishlarga sarflanadi.
  • Elektr tarmog‘iga aktiv-induktiv yuklama ulanganida I toki U kuchlanishidan ϕ og‘ish burchagiga orqada qoladi. Ushbu burchakning kosinusi (cos ϕ) quvvat koeffitsienti deb ataladi.
  • Bunday yuklamali elektr qabul qilgichlar ham aktiv P, ham reaktiv Q quvvatni iste’mol qiladilar.
  • Reaktiv quvvat Q = U I sinθ
  • To‘lik quvvat S = U I
  • Aktiv quvvat P = U I Cosθ
  • Elektr tarmoqlarida reaktiv toklarning o‘tishi liniyalarda, transformatorlarda, elektr stansiyalarining generatorlarida aktiv quvvatning qo‘shimcha yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi, kuchlanishning qo‘shimcha yo‘qotishlari nominal quvvatning oshirilishi yoki transformatorlar sonining ko‘paytirilishini taqozo etadi, butun elektr ta’minoti tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi.
  • P, Q, S - tegishlicha aktiv, reaktiv va to‘liq quvvat; R va X - tegishlicha elektr tarmog‘i elementlarining aktiv va reaktiv qarshiligi; U - tarmoqning kuchlanishi.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling