Mavzu: Reaktivlik va rezistentlikni shakllanishida nerv va endokrin sistemasini o’rni Organizmning reaktivligi


Download 0.89 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1176672
Bog'liq
rezistentlik


Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Kafedra Fakultet: Tibbiy profilaktika ishi va Jamoat salomatligi. Yo’nalishi: Tibbiy profilaktika ishi.
Mustaqil ish Mavzu: Reaktivlik va rezistentlikni shakllanishida nerv va endokrin sistemasini o’rni
Guruh: 720 Bajardi: Sattorov Jahongir

Mavzu: Reaktivlik va rezistentlikni shakllanishida nerv va endokrin sistemasini o’rni

Organizmning reaktivligi

  • Organizmning reaktivligi (lotincha reactio-qarshi ta'sir, aks ta'sir, javob berish demakdir) deganda,organizmning atrof muhit ta'siriga yaxlit-bir butun holda o'z hayot faoliyatini o'zgartirib o'ziga xos javob qaytarish qobiliyati tushuniladi.
  • Reaktivlik-butun tirik mavjudotning xuddi moddalar almashinuvi,o'sishi,ko'payishi kabi muhim biologik xususiyati hisoblanadi.

Organizm rezistentligi

  • Organizm rezistentligi (lotincha-resistentia-qarshilik ko'rsatishi,bardoshligi demakdir) deganda,organizmning har xil, ayniqsa shikastlovchi omillar ta'siriga bardoshligi,chidamligi tushuniladi.
  • Ikkala termin ham tirik organizmning asosiy xususiyatlarini aks ettiradi va bir-biriga uzviy bevosita bog'liq.
  • Ammo reaktivlik va rezistentlik tushunchalari aynan bir ma'noni bildirmaydi. Masalan, anafilaktik shokda organizmning reaktivligi oshgan,ammo rezistentligi, bardoshligi yoki shikastlovchi omilga nisbatan qarshilik qilish qobiliyati pasaygan bo'ladi. Ba'zi hayvonlarda qishki uyqu vaqtida organizmning umumiy reaktivligi pasayadi,ammo zararli omillarning (infektsiya) kasallik chaqiruvchi ta'siriga nisbatan rezistentligi, ya'ni qarshilik ko'rsatish qobiliyati yoki chidamliligi ortgan bo'ladi.Organizmga patogen qo'z atuvchilar ta'sir ko'rsatganida uning reaktivligini har xil o'zgarishlari asosan himoya va moslashuv xarakteriga ega.Demak, reaktivlik organizmning rezistentlik mexa- nizmlarini ham o'z ichiga oluvchi umumiy belgilanishidir,rezistentlik esa reaktivlik jarayonlarining himoya-moslanishuv tarzida ifodalanishi xolos.

Reaktivlik

  • Reaktivlik atrof-muhitning u yoki bu ta'siriga nisbatan hujayralarning to'qimalarning organlarning,sistemalarning va qolaversa yaxlit organizmning bir-butun holdagi reaktsiyasidir.Organizmning bu murakkab reaktsiyasi quyidagi tomonlarga yo'nalgan bo'ladi:
  • 1.Atrof-muhit bilan eng qulay o'zaro munosabatlarni saqlab turishiga;
  • 2. Organizmning ichki muhitning doyimiligi (gomeostazi) ni saqlashga:
  • 3.Bardoshlik, chidamlik yoki qarshilik qilish qobiliyatini ta'minlashga:
  • 4.Paydo bo'lgan patologik o'zgarishlarga himoya, moslashuv, kompensator va so ayishning tiklanish mexanizmlarini jalb qilib barham berishga.
  • Demak, organizm javob qaytarishining-reaktivligining asosiy mazmuni doimo o'zgarib turuvchi atrof-muhit sharoitlarida o'z hayotini va sog'liqni saqlash uchun kurashidan iborat.

Reaktivlik va rezistentlikning shakllari.


Reaktivlikni tashqi (qisman ichki) namoyon bo'lish darajasi o'lchamiga qarab shartli ravishda quyidagi shakllari farq qilinadi:
1.Normergik-javobning fiziologik me'yor chegarasida, ya'ni ta'sirga nisbatan reaktivlik mos holda ta'sirga nisbatan nihoyatda bo'rtgan holda javob bo'lishi.
2. Giperergik-javobning alomatlari (o'zgarishlari) past bo'lgan holda
3.Gipergik javobning alomatlari (o'zgarishlari) bo'lgan holda.
Butun organizm darajasida reaktivlikning u yoki bu shakli alohida holda hech qachon uchramaydi va shu sababli yaxlit organizmga reaktivlikning u yoki bu shaklini ustun bo'lishi haqida gapirish mumkin xolos. Organizmning ayrim sistemalari va organlariga nisbatan reaktivlik u yoki bu darajasida gipergiya yoki giperergiya namoyon bo'lishi mumkin.

Rezistentlikni faol va nofaol shakllari

  • Faol rezistentlik organizmning shikastlovchi omillar ta'siriga javobi shaklida adaptatsion mexanizmlarini rivojlanishi va bunda rivojlanishga javobgar» bo'lgan hujayralar, organlar to'qimalar va sistemalar faoliyatining zo'rayishi bilan xarakterlanadi. Masalan,gipoksiyaga nisbatan rezistentlik o'pka ventillyatsiyasi va qon aylanishi kuchayishi bilan, yuqumli kasalliklarda esa leykotsitlarning fagotsitar faolligini oshishi va antitelolar ishlab chiqarilishining kuchayishi bilan ta'minlanadi.

Nofaol rezistentlik

  • Nofaol rezistentlik organizmning himoya-to'siq, tuzilmalari va funktsiyalari bilan ta'minlanadi. Masalan,bosh miya kalla suyagi bilan orqa miya esa umurtqa po-onasi bilan yaxshi himoyalangan,o'pka,yurak,yirik tomirlar ko'krak qafasi bilan himoyalangan, jigar, buyraklar, me'da osti bezi taloq va boshqa organlar har xil mexanik ta'sirlardan qorin pardasi bosimi bilan to'silgan,bachadon va tuxumdonlar chanoq suyagi bilan o'ralgan,qon yaratuvchi organ-suyak ko'migi-suyaklarning ichiga joylashishi,tananing teri va shilliq pardalar bilan qoplanganki, ular turli ta'sirotlardan organizmni saqlaydi.Masalan,teri va shilliq pardalar turli patogen qo'z-atuvchilar uchun murakkab to'siq hisoblanadi,to'qimalar bilan qon o'rtasida esa gistogematik bar'erlar (to'siqlar) mavjud.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling