Innovatsion tadbirkorlik


Download 150.4 Kb.
bet1/6
Sana22.03.2023
Hajmi150.4 Kb.
#1287032
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INNOVATSION TADBIRKORLIK


INNOVATSION TADBIRKORLIK
Kirish
Asosiy qism

  1. Innovatsion faoliyatning tadbirkorlik obyekti sifatida shakllanishi.

  2. Yangilik loyihalarining tarkibi va uni tayyorlash.

  3. Innovatsion lizing tushunchasi va uning qo‘llanilishi,

  4. Innovatsion faoliyatning effektivligini baholash va taxlili.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Korxona katta o‘zgarishlar qilishda strategik jihatdan harakatchan bo‘lishi, biroq ayni vaqtda o‘zining asosiy faoliyatini eng samarali darajada bajarish masalalari bilan shug‘ullanishi kerak. Innovatsiya jarayonining boshlang‘ich bosqichi haqiqatan ham tashkilotning strategik reaktivligi bilan bog‘liq: firma nima qilishni mo‘ljallamoqda? u yangi talablarga javoban o‘z faoliyatida yirik o‘zgarishlarni qanday amalga oshirishni rejalashtirmoqda?
So‘ngra joriy etish bosqichida operatsion muammolar hal etiladi. Qay tariqa o‘zgarishlarni tashkilotning amaldagi faoliyati bilan u eng samarali ishlaydigan tarzda birlashtirish mumkin? Yangiliklarning boshlanishi va joriy etilishini yakunlashga imkon beruvchi turli tuzilmaviy (strukturaviy) konfiguratsiyalar taklif etiladi.
Tashkilotlarning turli nazariyotchilari aytishlaricha, barcha masalalar uchun tashkilotlarni strukturalashtirishning bitta eng yaxshi usuli mavjud emas.
Endi innovatsiyaning boshlanishi va joriy etilishi bosqichlariga ta’sir ko‘rsatadigan bir qator tashkiliy xarakteristikalarga tavsif berish zarur. Innovatsiyaning boshlanishiga imkon beruvchi tashkiliy xarakteristikalar innovatsiyalarning joriy etilishiga xalal beradi, va aksincha. Shu bois yangiliklar kiritishning ikki turli bosqichida har xil tashkiliy tuzilmalardan foydalanish lozim.
Tashkilotlarning murakkablik darajasi innovatsiya kiritish jarayoniga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Murakkablik tashkilotdagi professional mutaxassislarning soni va mahorati, shuningdek juda tabaqalashgan (differensiallashgan) maqsad tuzilmasi nuqtai nazaridan aniqlanadi. Nihoyatda murakkab tashkilotda yo uning mahsuli (mahsuloti), yo texnologiya (mahsulot chiqariladigan jarayon) unchalik aniq belgilanmasligi mumkin. Shu bois Uilson (Wilson) yozganidek, tashkilotning har bir xodimi o‘z bilimlarini o‘z ehtiyojlariga moslashtirish uchun muayyan erkinlikka ega bo‘ladi. Xodimlarning topshiriqlari boshqacha belgilanadigan bo‘lsa, qattiq nazorat qilish nihoyatda qiyin bo‘ladi. Rahbar har bir xodimning o‘z ishini o‘z ehtiyojlariga qay tariqa moslashtirganligini bilmasligi mumkin. Natijada har bir xodim eksperiment uchun ko‘proq erkinlikka va, shu tariqa, yangiliklar sohalarini ochish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.


Download 150.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling