Mavzu: Real obyektlarni tanlash va ularni ishlash faoliyatini o’rganish


Obyektning matematik tavsifini tuzish


Download 0.56 Mb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1013815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdimuradov 1

Obyektning matematik tavsifini tuzish.

Obyektning matematik tavsifini tuzish.

  • Obyektning matematik tavsifini tuzish Matematik tavsifni tuzishda blokli tamoyil umumiy usul hisoblanadi. Bu tamoyilga muvofiq, matematik tavsifni tuzishdan oldin modellashtirish obyektida bo‘lib o‘tadigan alohida «elementar» jarayonlar tahlil qilinadi. Bunda har bir «efementar» jarayonni o‘rganish bo‘yicha tajribalar modellashtirish obyektning ishlash sharoitlariga maksimal yaqinlashadigan sharoitlarda o‘tkaziladi. Avval matematik tavsifning strukturasi asosi sifatida jarayonning gidrodinamik modeli tadqiq qilinadi. Keyin topilgan modelning gidrodinamik sharoitlarini hisobga olgan holda kimyoviy reaksiyalar, modda va issiqlik o‘tkazishIarning kinetikasi o‘rganiladi va bu jarayonlar har birining matematik tavsifi tuziladi. Bu holda barcha tadqiqlangan «elementar» jarayonlar (bloklar) tavsiflarini yakuniy bosqichi – modellashtirish obyektining matematik tavsifini yagona tenglamalar tizimiga birlashtirishdir. Matematik tavsifning qurislmi blokli tamoyilining yutug‘i shuki, undan apparaturali rasmiylashtirishning yakuniy varianti hali noma’lum bo‘lgan obyektni loyihalash bosqichida foydalanish mumkin.Matematik tavsifmi tuzish usullari. Ko‘rsatilgan usullarga analitik, tajribaviy va tajribaviy-analitiklar kiradi. Matematik tavsifini tuzishning analitik usullari deb odatda tadqiqlanayotgan obyektda bo‘lib o‘tayotgan fizik va kimyoviy jarayonlaming nazariy tahlili hamda qayta ishlanayotgan moddalarning tavsiflari va berilgan apparaturaning konstruktiv parametrlari asosida statika va dinamika tenglamalarini chiqarish uslublariga aytiladi. Bu tenglamalami chiqarishda modda va energiyani saqlash fundamental qonunlaridan hamda modda va issiqlik, kimyoviy o‘zgarishlar jarayonlarining kinetik qonuniyatlaridan foydalaniladi. Analitik usuilari yordamida matematik tavsifni tuzish uchun obyektda qandaydir tajribalar o‘tkazish kerak bo‘lmaydi, shuning uchun bunday usullar yangi loyihalanadigan fizik-kimyoviy jarayonlari yetarli darajada yaxshi o‘rganilgan, statik va dinamik tavsiflarini topish uchun yaroqli bo‘lgan obyektlarga qo‘llanadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling