Mavzu: Reja: Kompton effekti


Download 249 Kb.
bet15/30
Sana25.06.2020
Hajmi249 Kb.
#121665
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Tashqi foto effekt. Kompton effekti

De-Broyl gipotezasi materiyaning simmetrik xususiyatlari fikriga asoslangan bo‘lib, o‘sha vaqtlarda tajribada tasdiqlanmagan edi. Lekin, material obektlar haqidagi yangi tasavvurlarni rivojlanishida kuchli inqilobiy turtgi bo‘ldi. Bir necha yillar davomida XX asrning bir qator kuchli fiziklari – V.Geyzenberg, E.Shredinger, P.Dirak, N.Bor va boshqalar kvant mexanikasi deb nomlanuvchi yangi fanning nazariy asoslarini ishlab chiqishdi. De-Broyl gipotezasi 1927 yilda amerikalik fiziklar K.Devisson va L.Jermer tomonidan birinchi marta eksperimental tasdiqlandi. Ular nikel kristallida sochiluvchi elektronlar oqimi qisqa to‘lqinli rentgen nurlanishining kristallarda sochilishida paydo bo‘ladiganga o‘xshash aniq difraksion manzara hosil qilinishini aniqladi. Bu eksperimentlarda kristall tabiiy difraksion panjara rolini o‘ynadi. Difraksion maksimumlar qonuniga binoan de-Broyl formulasiga to‘liq mos tushadigan elektron oqimining to‘lqin uzunligi aniqlandi.

1928 yilda ingliz fizigi Dj.Tomson (bundan 30 yil oldin elektronni kashf etgan Dj.Tomsonning o‘g‘li) De-Broyl gipotezasining yangi tasdig‘ini oldi. Tomson oltindan yasalgan yupqa yarim kristall folga orqali elektronlar oqimi o‘tishida hosil bo‘ladigan difraksion manzarani tajribada kuzatdi.

rasm.

Elektronlar difraksiyasi bo‘yicha Dj.Tomson tajribalarini soddalashtirilgan chizmasi Kqizidiriladigan katod, A – anod, F – oltin folga

Folga orqasiga o‘rnatilgan fotoplastinkada radiuslari elektron tezligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradigan, ya’ni to‘lqin uzunliklari de-Broyl to‘lqin uzunligiga mos ravishda oq va qora konsentrik halqalar aniq kuzatildi.


Download 249 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling