19.2-rasmda ba’zi bir burchak ostida sochilgan nurlanish spektri - intensivlik taqsimoti egri chizig‘i ko‘rsatilgan. Kompton effekti 1923 yilda A.Kompton va P.Debay (mustaqil ravishda) tomonidan nurlanish tabiati, haqida kvant tasavvurlari asosida tushuntirib berildi. Agar nurlanish bu fotonlar oqimi deb qabul qilinsa, unda Kompton effekti - bu rentgen fotonlarini moddaning erkin elektronlari elastik to‘qnashuvi natijasidir. Moddalarning yengil atomlarida elektronlar atomlar yadrolari bilan kuchsiz bog‘langan, shuning uchun ularning erkin deb hisoblash mumkin. To‘qnashish jarayonida foton elektronga saqlanish qonuniga binoan o‘z energiyasining va impulsining bir qismini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |