Mavzu: Reja: Kompton effekti
Download 249 Kb.
|
Tashqi foto effekt. Kompton effekti
Mavzu:Reja:Kompton effektiMikrozarralarning to‘lqin xususiyatlariElektron difraksiyasiFotoeffekt qonuniyatlari. Tashqi fotoeffekt. A.G.Stoletov tajribalari va qonunlari. Eynshteyn tenglamasi. 1905 yil A.Eynshteyn tomonidan taqdim etilgan fotoeffektning tushuntirilishi amerika fizigi A.Kompton (1922 yil) tajribalarida o‘zining eksperimental ifodasini topdi. Kompton moddaning erkin (yoki atomlar bilan kuchsiz bog‘langan) elektronlarida qisqa to‘lqinli rentgen nurlanishini elastik sochilishini tadqiq qildi. U tomonidan kashf etilgan, keyinchalik Kompton effekti deb nom olgan effekt, sochilishda nurlanish to‘lqin uzunligining o‘zgarishi mumkin emas – degan to‘lqiniy nazariyaga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. To‘lqin nazariyasiga binoan, elektron yorug‘lik to‘lqinining davriy maydoni ta’siri ostida, to‘lqin chastotasida majburiy tebranish hosil qiladi va shuning uchun shu chastotadagi to‘lqinlarni nurlantiradi. Kompton effekti chizmasi 19.1-rasmda berilgan. R Rentgen trubkasidan chiqadigan 0 to‘lqin uzunligidagi monoxromatik rentgen nurlanishi qo‘rg‘oshin diafragmalar orqali o‘tadi va ingichka dasta ko‘rinishida nishon modda R (grafit, alyuminiy) ga yo‘naladi. Qandaydir burchak ostida tarqalgan S rentgen nurlari stolchaga buriluvchan qilib maxkamlangan difraksion panjara rolini o‘ynaydigan K kristall o‘tadigan nurlanish Rentgen spektrografi yordamida tahlil qilinadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, sochilgan nurlanishda to‘lqin uzunligining o‘zgarishi tarqalish burchagiga bog‘liqligi kuzatiladi: =-0=2sin2(/2), bu yerda =2,4310-3 nm - sochadigan modda xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan Kompton to‘lqin uzunligi deb ataladi. Sochilish nurlanishida to‘lqin uzunlikli spektral chiziq bilan bir qatorda (0 to‘lqin uzunlikli siljimagan chiziq ham kuzatiladi. Siljigan va siljimagan chiziqlar intensivliklari munosabati modda turiga bog‘liq.
Download 249 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling