Mavzu. Rejalashtirishning qulayligi va harakatliligi. Reja. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari. Rejalashtirishning qulayligi


Tashish jarayonining tarkibiy elementlarini statistik kuzatish va tahlil etish


Download 164.4 Kb.
bet5/5
Sana02.04.2023
Hajmi164.4 Kb.
#1319401
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU- 7

12.4. Tashish jarayonining tarkibiy elementlarini statistik kuzatish va tahlil etish.
Elementar tashish jarayonlari tarkibini yuqorida keltirilgan tarzda holatlar graflari ko‘rinishida asoslash, ularni tahlil etishni muhim ilmiy, amaliy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan qismidir.
Birinchidan, holatlar grafi ko‘rinishida ifodalangan jarayonni tarkibi oydinlashadi, elementar jarayonlar va holatlar, ularni o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi.
Ikkinchidan, holatlarni o‘zaro bog‘lanishi elementar jarayonlar bajarilishidagi ketma-ketlikni turli variantlarini aniqlashga imkon beradi.
Uchinchidan esa butun bir jarayon uning uchun asosiy bo‘lgan ob’ektlarning holatlari va bir holatdan ikkinchi holatga, undan esa yana keyingi holatlarga o‘tish ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Bunda ob’ektni har bir holatda bo‘lish muddati jarayon nuqtainazaridan uni shu holatga kirish va bu holatdan chiqish vaqtlari orasidagi farq bilan belgilanadi.
SHunday qilib, yuk yoki yo‘lovchilarni jo‘natish, qabul qilish, oxirgi va oraliq bekatlarda yo‘lovchilarni avtobusga chiqishi va undan tushishi jarayonlarini tizimli tahlil etish va mazkur jarayonlar tarkibini asoslash uslubiyati quyidagilardan iborat bo‘ladi.

  • Har bir jarayonda ishtirok etuvchi dolzarb ob’ektlar (elementlar) ni aniqlash: masalan, bekat, avtobus, yo‘lovchi, yo‘lakcha, dispetcherlik punkti va shu kabilar.

  • Har bir jarayonni dolzarb ob’ektlardan lozim bo‘lganlari ishtirok etadigan va ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladigan elementar jarayonlarga, ya’ni asosiy ob’ekt (haydovchi, avtobus) ni ma’lum bir holatda bo‘lishini va elementar jarayon bajarilgandan keyin esa yana boshqa bir holatga o‘tishini (yuk ortish, tarozida o‘lchash va sh.k. holatlar) va shu kabi oldinma keyin keluvchi holatlarga, ajratish.

  • Ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladigan jarayonlar (ro‘y beradigan holatlar) ro‘yhatini tuzish. Agar asosiy ob’ekt ma’lum bir holatda juda kam vaqt davomida (aytaylik bir necha soniyalar) bo‘lsa, uni boshqa bir o‘xshash holat tarkibiga kiritish mumkin.

  • Umumiy jarayonni, ob’ektni ma’lum holatda qandaydir muddat davomida bo‘lishi va ma’lum jarayon bajarilgandan so‘ng, keyingi holatga o‘tishi ketma-ketligi tarzida namoyon bo‘ladigan holatlar grafini tuzish.

  • Ob’ektni ro‘yxatdagi har bir holatga kirish va chiqish vaqtlarini statistik kuzatishlar (xronometraj) asosida belgilashga imkon beradigan jadvallar tuzish. Bu jadvallarda ob’ektni ma’lum bir holatga kirish vaqti uni oldingi holatdan chiqish vaqti ekanligini va ma’lum holatdan chiqish vaqti esa keyingi holatga kirish vaqti ekanligini inobatga olish.

  • Asosiy ob’ektni har bir holatga kirish va undan chiqish vaqtlarini xronometraj kuzatishning statistik ishonchli natijalar olishga imkon beradigan hajmlarni aniqlash.

  • Statistik kuzatishni belgilangan hajmda amalga oshirishni tashkiliy, texnik va texnologik jihatdan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.

Download 164.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling