Mavzu. Rejalashtirishning qulayligi va harakatliligi. Reja. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari. Rejalashtirishning qulayligi
Tashish jarayonining tarkibiy elementlari va ularning
Download 164.4 Kb.
|
MAVZU- 7
12.2. Tashish jarayonining tarkibiy elementlari va ularning
ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish Elementar tashish jarayoni yuk va yo‘lovchilar tashiladigan har xil marshrutlar , avtotransport vositalari , yuklar va manzillar uchun turlicha bo‘ladi. Ma’lum bir marshrut (qatnov)da ishlayotgan tur-dagi avtomobil faoliyati quyidagi doimiy va tasodifiy xarakterdagi ko‘rsatkichlar ta’sirida shakllanadi. Bu erda - avtomobilni nominal yuk ko‘taruvchanligi, - yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsienti, - yukli va yuksiz qatnov uzunliklari, - yuk jo‘natish va qabul qilish manzillarida avtomobillarni turib qolish vaqti, - yukli va yuksiz qatnovlarda o‘rtacha texnik tezlik. Doimiy va tasodifiy ravishda ta’sir etuvchi yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar turdagi avtomobilni marshrutda yuk tashilayotganda yuk jo‘natish va qabul qilish manzillarida turib qolish ( ) va yukli hamda yuksiz qatnovlarda harakatlanish vaqtlari ( )ni shakllantiradi. YUqorida ta’kidlangan har bir elementar jarayon va uni natijasini xarakterlovchi ko‘rsatkich ma’lum bir tashqi sharoit (yo‘l sharoiti, yo‘l harakatini tashkil etish va hokazo) ta’sirida kechayotgan texnik-texnologik, tashkiliy va boshqaruv jarayonlari oqibatida ro‘yobga chiqadi. Avtotransport vositasini yuk jo‘natish manzilida turib qolish vaqti ( ), masalan, avtomobilni yuk jo‘natish korxonasi maydonida harakatlanish ( ), yukni ortish ( ), yuksiz va yuklangan avtomobilni’ umumiy og‘irligini tortish ( ), tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ( ) va yuk ortilishini, yuklangan va yuksiz avtomobil og‘irligini o‘lchashni tegishli hujjatlarda rasmiylashtirilishini kutib qolish ( ) vaqtlarining yig‘indisidan iborat bo‘lishi mumkin, ya’ni (12.1) YUkni qabul qilish manzilida ham yuqorida qayd etilgan turdagi elementlar paydo bo‘lishi mumkin, bunda faqat yukni ortish vaqti o‘rniga uni tushirish vaqti ( ) namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, avtomobilning yukni qabul qilish manzilida turib qolish vaqti ( ) quyidagicha aniqlanadi: (12.2) Yuqoridagi misolda keltirilgan yukni (masalan, paxta xom ashyosini) haydovchi (yoki ekspeditor) tomonidan tashishga qabul qilinishi va tashish mobaynida, uni saqlanishini ta’minlab iste’molchiga topshirish mas’uliyati mazkur yukni og‘irligini o‘lchab tegishli hujjatda belgilab qo‘yilishi orqali amalga oshiriladi. Bunda haydovchi yuk miqdorini (og‘irligini) kamaytirmasdan iste’molchiga etkazib berish uchun mas’uldir. Boshqa bir hollarda, masalan, bir xil turdagi sanaladigan yuklarni (konteynerlar, tirik mollar va shunga o‘xshash) tashishga qabul qilish va iste’molchiga topshirish ularning sonini belgilab qo‘yilishi orqali amalga oshirilishi mumkin, Ayrim holatlarda tashiladigan yuk miqdorini saqlash javobgarligi, masalan, konteynerlarda yoki refrejiratorlarda yuk tashilganda, ularni eshiklarini, qulflab tamg‘alash va to yukni iste’molchiga topshirmaguncha, bu tamg‘alar buzilmasligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar tashish marshrutidagi manzillarda avtomobilni turib qolish vaqtlarini shakllanishi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Marshrutning boshlang‘ich va oxirgi bekatlarida avtobusni turib qolish vaqti asosan uning uchun belgilangan harakatlanish jadvalida ko‘rsatilgan vaqt doirasida bo‘ladi. Boshlang‘ich yoki oxirgi bekatlarda -tipdagi avtobusni turib qolish vaqti ( yoki ) mobaynida haydovchi ma’lum qatnov-reys bajarilganini dispetcherlik jurnalida va boshqa hujjatlarda qayd etadi ( yoki ), avtobus salonidan yo‘lovchilarni tushirish ( , ) va salonni yo‘lovchilar bilan ma’lum darajada to‘lguncha kutib turadi, ( , ), ma’lum bir muddat davomida o‘ziga dam beradi, ovqatlanadi ( , ), avtobusni bekat maydonida harakatlanishiga ham ma’lum vaqt sarf bo‘ladi ( , ). SHunday qilib, avtobusning marshrutni boshlang‘ich va oxirgi bekatida turib qolish vaqti quyidagicha ifodalanadi: ; (12.3) ; (12.4) Ta’kidlash lozimki yuqorida keltirilgan tenglamadagi ayrim elementlar avtobusni bekatda turib qolish vaqti mobaynida o‘zaro parallel ravishda (bir vaqtda) bajarilishi va shu tufayli ularni har biri alohida element sifatida vaqt egallamasligi mumkin. Masalan, haydovchi bekatda ma’lum muddat davomida dam oladi va ovqatlanadi, bu vaqtda yo‘lovchilar esa avtobusga chiqib, salonni to‘ldira boshlaydilar. Ammo boshqa bir holatlarda esa har bir element alohida bajariladi. Masalan, oldin haydovchi dam oladi va ovqatlanadi, keyin esa avtobusni yo‘lovchilar chiqishi uchun bekatga qo‘yadi. Marshrutni oraliq bekatlarida, aniqrog‘i -raqamli oraliq bekatda avtobusni turib qolish vaqti ( ) esa uni bekat bandligi tufayli bekatga kirishni kutib qolish vaqti ( ), avtobusdan yo‘lovchilarni tushirish vaqti ( ), avtobusga yo‘lovchilarni chiqarish ( ) va uni bekatdan chiqishni kutib qolish ( ) (agar bekatni chiqish yo‘lakchasi band bo‘lsa) va avtobusni bekatga kirgandan chiqib ketguncha harakatlanish vaqtlari ( ) dan iborat bo‘ladi , ya’ni , (12.5) bu erda 1-chi va oxirgi bekat raqamlaridan iborat to‘plamga tegishlidir, ya’ni .Tashish marshrutining yuk jo‘natish yoki qabul qilish manzillarida, avtobus to‘xtash bekatlarida yuz beradigan jarayonlarni tizimli tahlil etish, ularni tarkibini aniqlash va tashkil etuvchi elementar jarayonchalarga ajratish uchun graflar nazariyasining holatlar grafi (graf sostoyaniy) tushunchasi va yondashuvidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda yondashuv yuk jo‘natish (qabul qilish) manziliga yoki avtobus to‘xtash bekatiga kirib kelgan avtomobil shu manzildan (bekatdan) chiqib ketgungacha bajariladigan va bir-birlaridan mazmuni, shakli va texnologiyasi bilan farq qiluvchi elementar jarayonlar tarkibini aniqlashga imkon beradi. Elementar jarayonlarni har birini asosiy ob’ekt bo‘lmish “avtomobil-haydovchi” elementini ma’lum bir holatda bo‘lishini, masalan, hujjatlarni rasmiylashtirish, yuk ortilish jarayonida turib qolish, avtomobilni yuk bilan birgalikdagi og‘irligini o‘lchash yoki avtobusni bekatga kirishni kutib turishi, bekatga kirishdagi harakatlanishi, yo‘lovchilarni salondan tushib ketishi jarayonida turib qolishi, yo‘lovchilarni salonga chiqarish jarayoni va shu kabi har bir holatda bo‘lishini taqozo etadi. Download 164.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling