Mavzu. Rejalashtirishning qulayligi va harakatliligi. Reja. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari. Rejalashtirishning qulayligi


Download 164.4 Kb.
bet1/5
Sana02.04.2023
Hajmi164.4 Kb.
#1319401
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU- 7


MAVZU. REJALASHTIRISHNING QULAYLIGI VA HARAKATLILIGI.
Reja.
1. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari.
2. Rejalashtirishning qulayligi
3. Rejalashtirishning harakatliligi.
12.1. Tashish marshruti va jarayoni tushunchalari.
Avtotransport vositalarining ish ko‘rsatkichlarini har bir tashish marshrutiga nisbatan me’yorlashtirish maqsadga muvofiqdir. CHunki “haydovchi-harakatlanuvchi tarkib”ni (H-HT) yuk yoki yo‘lovchi tashish faoliyati mana shu marshrutda kechadi va bu faoliyatning nechog‘lik “og‘ir” yoki “engilligi”, “harajatdorligi” va shu kabilar aynan marshrutning ko‘rsatkichlariga (uzunligi, yo‘l sharoitini og‘ir yoki engilligi, harakatni tashkil etishga qo‘yilgan talablar va shu kabi ko‘plab faktorlar) bog‘liqdir.
Marshrut tushunchasi yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini boshqarish masalalarini qo‘yilishida va echishda muhim ahamiyatga ega.
Yuk tashish marshruti - bu yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzillar-korxona va tashkilotlararo ma’lum bir muddat davomida tashish jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar (yuk ortish, tushirish manzillari, texnika va texnologiyasi, mazkur manzillarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari va harakatni tashkil etuvchi vositalar va uslublar) majmuidir.
Bunda tashish jarayoni yukni avtotransport vositasiga ortish vajo‘natish, yuklangan avtomobilni jo‘natuvchi manzildan qabul qiluvchi manzilga harakatlantirish, yukni tushirish va qabul qilish hamda avtomobillarni yana yuk jo‘natish manziliga keyingi qatnovni bajarish uchun harakatlantirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Avtobuslarda yo‘lovchi tashish marshruti esa ma’lum bir boshlang‘ich va oxirgi manzillarni bog‘lovchi yo‘l tarmog‘i bo‘ylab yo‘lovchi tashish va mazkur yo‘l tarmog‘i bo‘ylab belgilangan oraliq manzillarda to‘xtab, yo‘lovchilarni avtobusdan tushirish va avtobusga chiqarish hamda barcha manzillarni o‘zaro bog‘lovchi avtoyo‘llar bo‘ylab, yo‘lovchilar bilan yuklangan avtobusni harakatlantirish jarayonlarini tashkil etuvchi ob’ektlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Marshrutda yuk yoki yo‘lovchilar tashishda avtotransport vositasi tomonidan ma’lum bir hajmda transport ishi bajariladi. Mazkur transport ishining hajmi ma’lum bir muddat uchun (bir soatlik, bir kunlik, o‘n kunlik yoki bir oylik) hisoblanadi va bunday hisob-kitoblar asosida bir qatnovda bajariladigan transport ishini me’yorlashtirish yotadi.
Qatnov – bu marshrutda bajarilayotgan tashish jarayonini (transport ishini) tugallangan bitta siklidir.

Download 164.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling