- ma`lumotlar, xodimlar, axborot texnologiyalari va foydalanuvchiga yo`riqnomalardan iboratdir
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi - (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
- Axborot tizimining dasturiy ta`minoti deganda, kompyuter texnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
- Dasturiy ta`minotni bajaradigan funksiyalariga bog`liq holda uchta sinfga ajratish mumkin: tizimli dasturiy ta`minot, tadbiqiy dasturiy ta`minot va dasturlash tizimlari
Texnik ta`minot. Matematik ta`minot . Dasturiy ta`minot - Texnik ta`minot - axborot tizimlari ishi uchun mo`ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
- Matematik ta`minot - axborot tizimlarida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik uslublari majmui.
- Dasturiy ta`minot - bu axborot tizimlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek, texnik vositalar kompleksining me`yorida ishlab turishi demakdir.
- Uslubiy ta`minot va tashkiliy ta`minot - axborot tizimlarini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o`zaro ta`sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
- Ergonomik ta`minot (sharoit) - ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to`plamidir. Maqsad - xodim ishining yuqori samaradorligini ta`minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |