- Axborot tizimi - boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborotlar bilan ta`minlovchi ob`yekt haqidagi axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo`yicha ma`lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon etadi.
Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko`ra belgilanadi: - a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin;
- b) axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;
- v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;
- g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;
- d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson-kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi - Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta`minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta ishlaydi.
Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: - dastlabki ma`lumotni kiritish,
- unga ishlov berish,
- natijaviy ma`lumotni iste`molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish,
- teskari aloqani ta`minlash, ya`ni natijani tahlil qilib dastlabki ma`lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish.
Axborot tizimi - Axborot tizimidagi uchta jarayonlar tashkilotga qarorlar qabul qilish, boshqarish, muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish uchun zarur bo`lgan axborotlarni yaratadilar
- - bu kiritish, ishlab chiqish va chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |