Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu о‘quv maqsadi
Jahoni dini: Xristianlik
28 Tayanch tushunchalar: Missiya, Ota–Xudo, О‘g‘il–Xudo, Muqaddas ruh, xristianlikning oqimlarga ajralishi, Pravoslavlik, Katoliklik, sirli marosimlar, chо‘qintirish (xristianlik diniga kiritish), prichastiye (non bilan tamaddi qilish), cherkovda gunohlarga tavba qilish, nikoh ahdi, badanni yog‘ bilan ishqalash (soborovaniye), chо‘qinuvchining peshonasiga muqaddas yog‘ surkash, ruhoniylik, Isoning tug‘ilishi, Xudoning uch qiyofasi, Protestantlik, indulgensiya (pul evaziga gunohlarni kechirish), a’rof», Injil, Qadimiy Ahd, Yangi Ahd. Mavzu о‘quv maqsadi: Xristianlik dinining tarixi, Iso Masih va uning havoriylari faoliyatlari, ta’limoti, kо‘zga kо‘ringan namoyandalari, muqaddas kitoblari,yо‘nalishlari, diniy urf– odatlari haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish. Xristianlik. Paydo bо‘lishi. Xristianlik dini buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ularning miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng kо‘p bо‘lib, bu kо‘rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (taqriban 28 %) tashkil etadi. Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan. Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga kо‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bо‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq. Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan kо‘mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar о‘rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bо‘ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiy xususida diniy va diniy bо‘lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristian manbalarida Isoning о‘zi xudo bо‘la turib, insoniyatning gunohlarini о‘ziga olish uchun odam qiyofasida tug‘ilgani, uning hayot tarzi, insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar qayd etilsa-da, diniy bо‘lmagan manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor. Iso nomiga qо‘shiluvchi “Masih” sо‘zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax sо‘zidan olingan bо‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon tilida bu sо‘z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu sо‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i – «Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan. 29 Iso Masih о‘z ta’limotini о‘zining 12 о‘quvchisi apostollar – havoriylarga о‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi Ahd» qismini tashkil etadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling