1
Mashg‘ulot turi: ma’ruza
Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish. Milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va
xristianlik:
Mavzu rejasi:
1. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari.
2. Milliy dinlar. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari.
Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti. Konfusiylik, daosizm, sintoizm
ta’limotlari
3. Jahon dini:Buddizm
4. Jaxon dini: Xristianlik
Adabiyotlar:
1. Yо‘ldoshxо‘jayev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar
matni). - Toshkent: ToshdSHI nashriyoti, 2000. (4-30 betlar)
2. Mо‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004. (
3-80 betlar
3. Ochildiyev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (о‘quv qо‘llanma). –
Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013. (
6-30, 68-142 betlar)
DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI. Din insoniyat ma’naviy hayotining
tarkibiy qismidir. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham о‘zining
о‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bо‘lishi,
ijtimoiy mohiyati va
jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bо‘lishi va
rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan
о‘rganadi. «Dinshunoslik» dinning paydo bо‘lishi
va rivojlanishi tarixini, uning
ijtimoiy,
gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining
vujudga
kelishi va shakllanishini о‘rgatuvchi fan, ta’limot va о‘kuv predmetidir. U
dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bо‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon
dinlari paydo bо‘lgan davrda yuz bergan jarayonni
hamda jamiyat taraqqiyotida
din bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ijtimoiy,
hodisalarni, ma’naviy omillarni -
mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab
va tartiblarini о‘rganish, taxlil qilishni kо‘zda tutadi.
Fanning maqsadi –talabalrda din
haqida ilmiy bilmlar berish, tо‘g‘ri
insonparval duyoqarashni shakllantirish, shaxsiy fikrlariga ega bо‘lishini
ta’minlash,
Ta’lim berish jarayonida talabalar ilmiy dunyoqarashinni shakllantirish, xolis
fikrlashga о‘rgatishdan iboratdir.