Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi
Tavrot manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi о‘zining muqaddas
yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bо‘lib, biri – mil. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah shebikhtav), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bо‘lgan yozma manba Talmuddir. Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil etadi. Xristianlar va yahudiylar Bibliya sо‘zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya sо‘zi ostida kо‘pincha о‘zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bо‘lgan besh kitob «Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bо‘linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun». 18 Qadimiy Ahdning ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag‘ishlangan eng asosiy va obrо‘li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga kо‘ra «Besh kitob», yahudiylar an’anasiga kо‘ra «Tora» (ta’limot) hisoblanadi. Qadimiy Ahddagi «ahd» sо‘zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini bildiradi. Qadimiy Ahd matni ibriy (eski yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U qadimgi payg‘ambarlarning kitoblari (Ketuvim), Sulaymon payg‘ambarning matallari (Nevi’im) va (Torah) nomli kitoblardan iborat. Unda «Xudo yarlaqagan» Isroil xalqining tarixi haqida hikoyalar beriladi. «Ibtido» mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga kо‘ra, Muso payg‘ambar tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yо‘sinda yaratgani, odamzotning gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va о‘lim kelishi haqida xabar beriladi. Shuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va jahonga tarqalishi tarixi bayon qilingan. Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va Qobil, Nuh, Lut, Ibrohim, Ishoq, Ismoil, YA’qub, Yusuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, Tо‘fon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, Sadom va Hamoraning xarob bо‘lishi singari eng qadimiy hodisalar ham Ibtidodan о‘rin olgan. «Chiqish» kitobida Muso payg‘ambarning tug‘ilishi, hayoti, Misr Fir’avni tomonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarni Yahve amri bilan xalos qilgani, unga Tur tog‘ida Yahve tomonidan о‘nta ”vasiyat” (zapoved)ning berilishi haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari yahudiylikning ibodatlari, rasm- rusmlariga taalluqli kо‘rsatmalar berilgan. «Levit» kitobi turli tuman urf-odat va diniy marosimlarga oid kо‘rsatmalarni о‘z ichiga olgan. Unda, asosan, qurbonlik haqida sо‘z yuritilib, Xudo yо‘liga qanday hayvonni qurbonlik qilish yoxud, qay tarzda amalga oshirish lozimligi bayon qilingan. Shuningdek, yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan qaysilarining gо‘shtini yeyish mumkin va qaysilarini yeyish ta’qiqlangani hamda boshqa turli hayotiy masalalar yuzasidan kо‘rsatmalar berilgan. «Sonlar» kitobiga kо‘ra yahudiy xalqining Muso payg‘ambar boshchiligidagi Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqlik barcha erkaklarning hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg‘ambar rahbarligidagi yahudiylarning qabila, urug‘, avlodlar bо‘yicha asosiy namoyandalarining nomlari sanab о‘tiladi. Yana, unda Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso payg‘ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan janglari haqida sо‘z boradi. Yahve Musoga janglarda qо‘lga kiritilgan о‘lja va asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida kо‘rsatmalar beradi. «Ikkinchi qonun» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari qolgan qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga kо‘ra, birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni mil. av. 621 yilda Quddus (Iyerusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan. «Ikkinchi qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi. «Nevi’im» (Payg‘ambarlar) kitobi ikki qismga bо‘linadi. Birinchi qismga avvalgi payg‘ambarlarning kitoblari kirgan bо‘lib, ular: Iisus Navin, «hukmlar», Samuilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik», Ruf, Yesfir, Yezdra, Neyemiya, Paralifomenon kitoblari; ikkinchi qismga keyingi payg‘ambarlar kitoblari kirgan 19 bо‘lib, ular uchta katta payg‘ambar – Isaiya, Iyeramiya, Iyezekiil va 12 ta kichik payg‘ambar – Osiya, Ioil, Amos, Avdiy, Iona, Mixey, Naum, Avvakum, Sofoniya, Aggey, Zaxariya, Malaxiyalarning kitoblaridir. «Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning «qо‘shiqlar qо‘shiqlari», Ruf kitobi, «Iyeramiya yig‘isi», Yekkleziast, Yesfir, Daniil, Yezdra kitoblari va Solnomalar kitobini о‘z ichiga oladi. Talmud. Milodning I-IV asrlarida yahudiy davlati boshdan kechirgan iqtisodiy va ijtimoiy tanazzuli xalq orasida ruhoniylar obrо‘yining benihoya oshib ketishiga sabab bо‘ldi. Ular о‘zlarini ravvinlar (hazrat, janob) deb atadilar. 66-70 yillardagi qо‘zg‘olonda Isroil xalqini halokatdan qutqarib qolgan Ioann ben Zakkai nomli shaxs yashirincha О‘rta yer dengizi bо‘yida Yavne (Yavneh) degan joyda diniy maktab (akademiya) tashkil qildi. Bu maktab ravvinlar ta’limotini tarqatish markazi bо‘lib qoldi. Natijada Lidda, Sepforis, Ush, Tiveriada degan joylarda shunga о‘xshash maktab – «akademiya»lar tashkil etildi. Bu akademiyalarning rahbarlari «nasi» (knyaz) yoki patriarx deb ataldi. Ular bu maktablarga rahbarlik qilish bilan bir qatorda о‘z hududlarida fuqarolik ishlari bо‘yicha hakamlik vazifalarini bajardilar hamda jamoaning barcha ishlarida rahbar, barcha yahudiylarning diniy rahnamosi hisoblanar edilar. Talmud (qad. yahud. “lameyd” – “о‘rganish”) mil. av. IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli о‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda о‘tib borgan. Shuning uchun Tora «yozma qonun» (Torah shebikhtav), Talmud esa «og‘zaki qonun» (Torah shebe’al peh) deb yuritilgan. Savollar : 1. Iudaizm - yaxudiy milliy dini paydo bо‘lishi tarixi 2. Yaxudiylik ta’limoti. 3. Yaxudiylik muqaddas kitobi 4. Yahudiylik dini payg‘ambari xaqida nimalarni bilasiz 5. Yahudiylik dini qachon vujudga kelgan? 6. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi? 7. Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat? 8. Yahudiylarning qanday diniy bayramlarini bilasiz? 9. Mustaqil О‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy hayoti qanday? Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling