Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari
Konfusiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi
Konfusiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari
KONFUSIYCHILIK Konfusiychilik falsafiy g‘oya sifatida maydonga kelgan. Uning asoschisi Konfusiy (Kun Szi) mil. av. 551 yilda tug‘ilib, mil. av. 479 yilda vafot etgan. Konfusiy otasidan erta ajrab, onasi qо‘lida tarbiyalanadi. Onasi ham kо‘p о‘tmay dunyodan о‘tadi. Konfusiy ilm tahsilini olgach, 19 yoshida uylanadi. Birinchi marta u omborchi vazifasiga ishga tayinlanadi. U bir necha yillar davomida turli podshohlar qо‘l ostida ishlagandan keyin yoshlarga ta’lim berishga 20 kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi fikrlari, chuqur ma’noli sо‘zlari mamlakat bо‘ylab keng tarqaladi. Shundan sо‘ng Konfusiy huzuriga mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar. U ilm istab keluvchilarga hech qachon rad javobini bermas edi. Konfusiyning 3000 ga yaqin shogirdlari orasida 72 eng kо‘zga kо‘ringan izdoshlari orasida mamlakatning obrо‘li xonadonlaridan bо‘lgan kishilar bilan bir qatorda kambag‘al, oddiy kishilar ham bо‘lgan. Konfusiy maktabi qadimgi Xitoyda asta-sekin katta ta’sir doirasiga ega bо‘lib bordi. Uning kо‘plab shogirdlari qadimgi Xitoy podshohliklarida e’tiborli mansablarni egalladilar. Konfusiy yoshlar tarbiyachisi va ustozi sifatida keng shuxrat qozonib, ilk Xitoy ma’rifatparvari nomiga sazovor bо‘lgan bо‘lsa, u tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga oshirilishida buning aksi bо‘ldi. Garchi Konfusiy о‘zining ish faoliyatida podshohlar xizmatida bо‘lgan paytlarida ba’zi islohotlarni amalga oshirishga harakat qilgan bо‘lsa-da, ammo uning kо‘pchilik takliflari amaldorlar va hukmdorlar tomonidan qо‘llab- quvvatlanmadi. Konfusiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa о‘z zamonasining kamchiliklari va aybu nuqsonlari edi. Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar о‘rtasidagi о‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish – bularning hammasi Konfusiyning keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga kelishiga turtki bо‘ldi. U mavjud muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish lozimligini anglab yetdi. Biroq u о‘z fikrlarining jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun hamma e’tirof qilgan obrо‘ga ega bо‘lish kerak edi. Konfusiy xuddi ana shu obrо‘ni uzoq о‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfusiy vafotidan bir necha asr о‘tgach, uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismiga aylandi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling