Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

Buddizm ta’limoti. Buddizm qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida 
vujudga kelgan, о‘ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bо‘lgan diniy tizimdir. 
Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir 


26 
inson tug‘ilish va о‘lim mashaqqatlaridan qutilishi uchun amal qilishi lozim 
bо‘lgan bir necha kо‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning 
xayolida, ishlarida va о‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi. 
U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon 
qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan 
ustunligini inkor qildi.
Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. 
Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob, uqubat» va «najot yо‘li mavjud» 
degan g‘oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga kо‘ra, inson о‘ziga xos mavjudot 
bо‘lib, tug‘iladi, о‘zini о‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk 
da’vatida ta’birlangan tо‘rt haqiqatda о‘z ifodasini topgan.
Birinchi haqiqat – «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon uni boshidan 
kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug‘ilish – qiynoq, kasallik – azob, о‘lim – kulfat, qiyinchilikka duch kelish – 
mashaqqat, ayriliq – ezilish, orzu-havasga yetolmaslik – uqubat. Dunyo 
tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog‘liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz 
yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash 
mumkin emas. Shuning uchun buddizm dunyoni shu holicha qabul qilishga 
chaqiradi.
Buddizm ta’limotiga kо‘ra, har qanday narsa yoki hodisa u xoh moddiy, xoh 
ma’naviy bо‘lsin, dharma (element)lardan tashkil topgan. Ular, о‘z xususiyatiga 
kо‘ra, harakatsiz bо‘lib, dharmalarni qо‘zg‘atuvchi kuch insonning xayol va 
sо‘zlaridir. Obyektiv haqiqat bu doimiy ravishda о‘zgarib turuvchi dharmalar 
oqimidir. Harakatdagi dharmalar о‘z mavjudligining besh shakli – tana, sezgi, his-
tuyg‘u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson 
ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada bо‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni 
bajaradi. Besh elementning о‘zaro mavjudligi insonning о‘limi bilan barham 
topadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl (skandx) о‘z navbatida qayta tug‘iladi. 
Yangi tananing xususiyatlari asos bо‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat, 
gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu jarayon «hayot g‘ildiragi»ni tashkil qiladi. 
«Hayot g‘ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor 
bо‘ladi. 
Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar 
yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi 
hamda doimo ularga ega bо‘lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib 
boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va 
intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, 
qaytadan qiynoqlarga duchor bо‘lish davom etadi. Aksariyat buddistlar fikricha, 
Buddadan keyin hech kim nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon 
niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda 
inson qayta tug‘ilishdan tо‘xtaydi. Buddistlar fikricha, nirvana holati, «hayot 
g‘ildiragidan» tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy 
tuyg‘ularini tо‘la tugatishdir.


27 
Tо‘rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutilish yо‘li mavjuddir». Bu yо‘l sakkizta 
narsaga amal qilish, tо‘g‘ri tushunish, tо‘g‘ri harakat qilish, tо‘g‘ri muomalada 
bо‘lish, fikrni tо‘g‘ri jamlashdir. Bu yо‘ldan borgan inson Budda yо‘lini tutadi. 
Buddizm ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) 
donolik.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling