Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Braxmanlik (Braxmanizm): ta’limoti va tarixi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

Braxmanlik (Braxmanizm): ta’limoti va tarixi 
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. О‘z hayotlarini ibodat qilish
ilohiyot ilmini о‘rganish, murakkab marosimlarni о‘tkazish va xalq ruhoniy 
hayotini boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. 
Dinda ilohiy tilni о‘zgartirib bо‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib 
qolishi brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bо‘lgan. 
Oriylar kо‘chmanchilikdan о‘troq hyotga о‘tib davlatdagi hukmron sinfga 
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bо‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib, 
boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. 
Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, 
mavqeini kо‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bо‘ldi. 
Keyin о‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda kо‘proq 
ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli 
sutralardir. Sutralar san’atning alohida kо‘rinishi bо‘lib, sanskrit tilida yozilgan. 
Unda ma’lum tabaqaga yuqori о‘rin berilgan.
Braxmanlar о‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari 
bо‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom 
ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy 
(jangchilar) tabaqasi e’tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta’siri 
kuchliroq bо‘lgan tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, 
urf-odat kabi sohalaridan ham xabardor edilar.
Brahmanlarning hayoti tо‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga etib, muqaddas 
bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi. 
Brahmanning yoshligi birorta donishmand brahman xuzurida vedalarni yodlash
uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish, 
uning uchun sadaqa yig‘ish bilan о‘tadi. Brahman bu bosqichda “braxmacharin” 
deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xо‘jayini vazifasini bajarib, 
uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani 
eyish, nimani echish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday 
kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga 
munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.



Uchinchi bosqich “vanaprastha” (о‘rmon zohidi) davri bо‘lib, unda oilasi yoki 
yolg‘iz holda о‘rmonga ketishi kerak. Braxman u erda “о‘z nafsini jilovlab” 
ildizlar, mevalarni eb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda 
bir qator mashaqqatlarni о‘z boshidan kechiradi. 
Tо‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” 
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga etishish, u bilan 
qо‘shilib ketish, bu dunyo va о‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. 
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga 
bir marta ovqatlanib kun kechiradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling