Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1374254
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Tavrot manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi о‘zining muqaddas 
yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bо‘lib, biri – mil. av. XIII asrda 
yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso 
payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah 
shebikhtav), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bо‘lgan yozma manba 
Talmuddir. Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas sanaladigan manba xristian 
Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil etadi. Xristianlar va 
yahudiylar Bibliya sо‘zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyas
(Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya 
sо‘zi ostida kо‘pincha о‘zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga 
tegishli bо‘lgan besh kitob «Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bо‘linadi: 
1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi 
qonun». 


18 
Qadimiy Ahdning ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag‘ishlangan eng asosiy 
va obrо‘li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga kо‘ra «Besh kitob», yahudiylar 
an’anasiga kо‘ra «Tora» (ta’limot) hisoblanadi. 
Qadimiy Ahddagi «ahd» sо‘zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini 
bildiradi. Qadimiy Ahd matni ibriy (eski yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U 
qadimgi payg‘ambarlarning kitoblari (Ketuvim), Sulaymon payg‘ambarning 
matallari (Nevi’im) va (Torah) nomli kitoblardan iborat. Unda «Xudo yarlaqagan» 
Isroil xalqining tarixi haqida hikoyalar beriladi. 
«Ibtido» mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga kо‘ra, Muso payg‘ambar 
tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yо‘sinda yaratgani, odamzotning 
gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va о‘lim kelishi haqida xabar 
beriladi. Shuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va jahonga 
tarqalishi tarixi bayon qilingan. Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va Qobil, Nuh, 
Lut, Ibrohim, Ishoq, Ismoil, YA’qub, Yusuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, Tо‘fon, 
Bobil minorasi va tillar chatishuvi, Sadom va Hamoraning xarob bо‘lishi singari 
eng qadimiy hodisalar ham Ibtidodan о‘rin olgan. 
«Chiqish» kitobida Muso payg‘ambarning tug‘ilishi, hayoti, Misr Fir’avni 
tomonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarni Yahve amri bilan xalos qilgani
unga Tur tog‘ida Yahve tomonidan о‘nta ”vasiyat” (zapoved)ning berilishi 
haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari yahudiylikning ibodatlari, rasm-
rusmlariga taalluqli kо‘rsatmalar berilgan. 
«Levit» kitobi turli tuman urf-odat va diniy marosimlarga oid kо‘rsatmalarni 
о‘z ichiga olgan. Unda, asosan, qurbonlik haqida sо‘z yuritilib, Xudo yо‘liga 
qanday hayvonni qurbonlik qilish yoxud, qay tarzda amalga oshirish lozimligi 
bayon qilingan. Shuningdek, yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan 
qaysilarining gо‘shtini yeyish mumkin va qaysilarini yeyish ta’qiqlangani hamda 
boshqa turli hayotiy masalalar yuzasidan kо‘rsatmalar berilgan. 
«Sonlar» kitobiga kо‘ra yahudiy xalqining Muso payg‘ambar boshchiligidagi 
Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqlik barcha erkaklarning 
hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg‘ambar rahbarligidagi 
yahudiylarning qabila, urug‘, avlodlar bо‘yicha asosiy namoyandalarining nomlari 
sanab о‘tiladi. Yana, unda Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso 
payg‘ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan 
janglari haqida sо‘z boradi. Yahve Musoga janglarda qо‘lga kiritilgan о‘lja va 
asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida kо‘rsatmalar beradi.
«Ikkinchi qonun» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari qolgan 
qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga kо‘ra, 
birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni mil. av. 
621 yilda Quddus (Iyerusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan. «Ikkinchi 
qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi. 
«Nevi’im» (Payg‘ambarlar) kitobi ikki qismga bо‘linadi. Birinchi qismga 
avvalgi payg‘ambarlarning kitoblari kirgan bо‘lib, ular: Iisus Navin, «hukmlar», 
Samuilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik», Ruf, Yesfir, Yezdra, Neyemiya, 
Paralifomenon kitoblari; ikkinchi qismga keyingi payg‘ambarlar kitoblari kirgan 


19 
bо‘lib, ular uchta katta payg‘ambar – Isaiya, Iyeramiya, Iyezekiil va 12 ta kichik 
payg‘ambar – Osiya, Ioil, Amos, Avdiy, Iona, Mixey, Naum, Avvakum, Sofoniya, 
Aggey, Zaxariya, Malaxiyalarning kitoblaridir. 
«Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning «qо‘shiqlar 
qо‘shiqlari», Ruf kitobi, «Iyeramiya yig‘isi», Yekkleziast, Yesfir, Daniil, Yezdra 
kitoblari va Solnomalar kitobini о‘z ichiga oladi.
Talmud. Milodning I-IV asrlarida yahudiy davlati boshdan kechirgan iqtisodiy 
va ijtimoiy tanazzuli xalq orasida ruhoniylar obrо‘yining benihoya oshib ketishiga 
sabab bо‘ldi. Ular о‘zlarini ravvinlar (hazrat, janob) deb atadilar. 66-70 yillardagi 
qо‘zg‘olonda Isroil xalqini halokatdan qutqarib qolgan Ioann ben Zakkai nomli 
shaxs yashirincha О‘rta yer dengizi bо‘yida Yavne (Yavneh) degan joyda diniy 
maktab (akademiya) tashkil qildi. Bu maktab ravvinlar ta’limotini tarqatish 
markazi bо‘lib qoldi. Natijada Lidda, Sepforis, Ush, Tiveriada degan joylarda 
shunga о‘xshash maktab – «akademiya»lar tashkil etildi. Bu akademiyalarning 
rahbarlari «nasi» (knyaz) yoki patriarx deb ataldi. Ular bu maktablarga rahbarlik 
qilish bilan bir qatorda о‘z hududlarida fuqarolik ishlari bо‘yicha hakamlik 
vazifalarini bajardilar hamda jamoaning barcha ishlarida rahbar, barcha 
yahudiylarning diniy rahnamosi hisoblanar edilar.
Talmud (qad. yahud. “lameyd” – “о‘rganish”) mil. av. IV asrlarda vujudga 
kelgan va yozma Toradan farqli о‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda о‘tib 
borgan. Shuning uchun Tora «yozma qonun» (Torah shebikhtav), Talmud esa 
«og‘zaki qonun» (Torah shebe’al peh) deb yuritilgan.
Savollar :
1. Iudaizm - yaxudiy milliy dini paydo bо‘lishi tarixi
2. Yaxudiylik ta’limoti.
3. Yaxudiylik muqaddas kitobi
4. Yahudiylik dini payg‘ambari xaqida nimalarni bilasiz
5. Yahudiylik dini qachon vujudga kelgan? 
6. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi? 
7. Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat? 
8. Yahudiylarning qanday diniy bayramlarini bilasiz? 
9. Mustaqil О‘zbekistonda yahudiy jamoalarining diniy hayoti qanday? 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling