Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1374254
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

 
О‘tilgan mavzu bо‘yicha savollar: 
1. Konfusiychilik nima asosida vujudga kelgan? 
2. Konfusiychilik hozirgi Xitoyda qanday mavqega ega? 
3. Konfusiychilik ta’limoti nimalardan iborat? 
4. Konfusiyning g‘oyalari qaysi asarlarda ifodalangan? 
5. Konfusiy shaxsi qaysi davrdan ilohiylashtirila boshladi? 
6. Mazkur dinning qanday marosimlarini bilasiz? 
 
DAOSIZM 
Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning 
о‘rtalarida konfusiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bо‘ldi. Bu ta’limot 
dastavval bir muncha mavhum xarakterga ega bо‘lib, din bilan hech qanday 
aloqasi bо‘lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfusiychilar kabi о‘z 
zamonalaridagi harakatlarga qarshi bо‘lganlar. Daosizm targ‘ibotchilari ham 
hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa bir qator 
falsafiy ta’limotlar qatori orqaga – «Oltin asr»ga – qaytishga chaqirar edilar.
Daosizm о‘zining ilk kо‘rinishida nazariyadan kо‘ra kо‘proq amaliyotga 
aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bog‘liq edi. Chunonchi 
qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, daosizm falsafasi bilan chambarchas 
bog‘liq bо‘lgan. Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni 
tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan 
keng foydalanganlar.
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bо‘la boshladi. 
Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik 
muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi 
tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Szis faylasuflar akademiyasida 
daosizm nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va 
boshqalar tо‘plangan bо‘lib, ular inson va uni о‘rab turgan borliq xususida 
betо‘xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi 
kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan 
«Daodetszin» risolasida о‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Szi 
hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. 
Afsonalarga qaraganda, Lao-Szi onasining qornida bir necha о‘n yillar yashab
keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Szi» – «Keksa 
donishmand», «Qari bola» deb atadilar. 
Lao-Szi mil. av. VII da tug‘ilgan, Konfusiyning zamondoshi hisoblanadi. 
Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfusiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi, uning 
donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi. 
Lao-Szi ta’limotiga kо‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug‘ 
Dao» hisoblanadi (dao, tao «yо‘l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi 
ta’limot konfusiychilikda bо‘lgan. Chunki dao tо‘g‘risidagi fikrlar konfusiychilik 
va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki 
ta’limotning о‘xshash jihatlari kо‘p. Konfusiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni 


24 
yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan. Boshqacha aytganda, dao 
– ijtimoiy meyorlar, intizom va axloqning yig‘indisidir. Daosizm vakillari uchun 
dao о‘zgacha mazmunga ega: dao umumiy tabiat qonuni va ibtido intihoning 
о‘zagidir. Umumiy mazmunda dao – butun borliq demakdir. Daoni hech kim 
yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech 
kimga kо‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani kо‘rish, eshitish, 
sezish, anglash mumkin bо‘lsa, u dao emas.
Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat 
falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, 
hayot va о‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy 
hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari – Xan asriga kelib, 
abadiy hayot masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi 
va sо‘nggi masala uvey prinsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti 
Xan asriga kelib daosizm dinining shakllanishiga asos bо‘ldi. 
1. aosizm asoschisi kim? 
2. Daosizmning qanday asotirlarini bilasiz? 
3. Daosizmda axloq masalalari qanday о‘rinni egallaydi? 
4. Hozirgi davrda Tayvanda daosizm qanday maqomga ega? 
5. Diniy marosimlar qanday tashkil etiladi? 
6. Daosizmda qanday sektalar mavjud? 
7. Daosizm inqirozi nima bilan bog‘liq? 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling