Mavzu rejasi: Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri


Download 41.42 Kb.
bet6/15
Sana11.05.2023
Hajmi41.42 Kb.
#1452781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu rejasi Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri-fayllar.org

Bu davrda muhrlar asosan tosh, qisman bronza va misdan yasalgan. Muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Mesopotamiya muhrlariga o‘xshash. Dastlab muhrlarga geometrik shakllar tushirilgan. Keyinchalik hayvonlar yoki fantastik mavjudotlar aks ettirilib, ularning ramzi murakkablashadi va guruh tasvirlar ko‘paygan. Oltintepa manzilgohidan topilgan ayrim sopollarning sirtiga Qadimgi Sharq markazlarining (Shumer, Elam, Hindiston) ilk yozuvlarga o‘xshash belgilar chizilgan. Bu belgilar ilmiy jihatdan maxsus o‘rganilmagan. Terrakota haykalchalarining sirtiga chizilgan turli xil belgilarni olimlar hafta, oy va yillarni ifodalovchi taqvim bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.


  • Bu davrda muhrlar asosan tosh, qisman bronza va misdan yasalgan. Muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Mesopotamiya muhrlariga o‘xshash. Dastlab muhrlarga geometrik shakllar tushirilgan. Keyinchalik hayvonlar yoki fantastik mavjudotlar aks ettirilib, ularning ramzi murakkablashadi va guruh tasvirlar ko‘paygan. Oltintepa manzilgohidan topilgan ayrim sopollarning sirtiga Qadimgi Sharq markazlarining (Shumer, Elam, Hindiston) ilk yozuvlarga o‘xshash belgilar chizilgan. Bu belgilar ilmiy jihatdan maxsus o‘rganilmagan. Terrakota haykalchalarining sirtiga chizilgan turli xil belgilarni olimlar hafta, oy va yillarni ifodalovchi taqvim bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

  • Bronza davrida ayol maʼbudalarini yangi shakldagi obrazlarda tasvirlagan haykalchalar paydo bo‘lgan. Erkaklarning haykalchalari kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida ayol haykalchalarining bir necha turlari paydo bo‘lib, ular aholisi orasida bir necha ayol maʼbudalarga eʼtiqod qilish odati tarqalganligidan dalolat beradi.

  • Oltintepada fil suyagi va lazurit toshidan yasalgan buyumlarning soni eneolit davrdagiga qaraganda ko‘proq uchraydi. Oltintepa manzilgohi uchraydigan naqshli sopollariga o‘xshash sopollar Moxenjadaro manzilgohidan ham topilgan. Ular bevosita savdo va madaniy aloqalarning rivojlanganligidan dalolat beradi.

Download 41.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling